Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A



Download 0,95 Mb.
bet57/182
Sana05.11.2022
Hajmi0,95 Mb.
#861056
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   182
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A ,

«Xaktivist». Xaker aktivistlarning uyushmasi bo‘lib, ular asosan siyosiy masalalar bo‘yicha harakat qilishadi;

  • Radikal ekologlar (etakchi Ralf Nayder va nazariyotchi Myurrey Bukchin). Ular faqat bozor iqtisodiyotiga qarshi kurash orqali total ekologik talofatlarni oldini olish mumkin degan g‘oyani ilgari surishadi.

    Antiglobalistlar globallashuvning asosan quyidagi salbiy oqibatlarini dalil sifatida keltirishadi:

      • boy va kambag‘al davlatlar daromadlari orasidagi farqning kattalashib ketayotganligi;

      • ayrim madaniyatning ustunligi, erkin ijodning kamayishi, standart fikrlashning ko‘payishi;

      • tabiatga nisbatan yirtqichlarcha munosabat, ekologik muammolarni “chetlab o‘tish”, iflos ishlab chiqarishlarni “uchinchi dunyo”ga ko‘chirish;

      • kapitalni oshirish maqsadida neoliberalizm g‘oyalarining ravnaq topishi, rivojlanmagan mamlakatlarni xomashyo bazasiga aylantirish.

    Ma’lumki, har qanday ijtimoiy-siyosiy harakat samaradorligi uch omilga bog‘liq: olg‘a surilayotgan fikrlarning mashhurligi yoki qanchalik zamondan orqada qolganligiga; tashkiliy tuzilmasiga; moliyaviy manbasining barqarorligiga.
    Odatda ommaviy axborot vositalarida birinchi ikkita omil ko‘p talqin qilinsa- da, harakatning kuchini ko‘proq uchinchi omil aniqlaydi. Har qanday ijtimoiy- siyosiy harakat singari, antiglobalistik harakatning ham moliyaviy manbasi quyidagilar:

      • majburiy yoki ixtiyoriy a’zolik badali;

      • tarafdorlarning qo‘shgan hissalari;

      • harakatga oid adabiyot va tovarlarni sotishdan tushgan mablag‘ (simvollar va agitatsion materiallar)

      • davlat va turli xil fondlarning grantlari;

      • madaniy va ta’limga oid tadbirlarni amalga oshirishdan tushgan mablag‘ (filmlarni namoyish qilish, adabiyotlarni sotish, festivallar, konferensiyalar, treninglar, seminarlar va h. k.)

    Antiglobalistlar ham, odatda, buyurtma asosida namoyish, norozilik, festival va boshqa tadbirlarni o‘tkazishadi. Odatda, bunday namoyishlar Jahon savdo tashkiloti, Xalqaro Valyuta fondi, Jahon Banki, Katta sakkizlik, NAFTA va Yevropa Ittifoqining yig‘ilish sammitlariga qarshi uyushtiriladi. Antiglobalistlarni bezovta qiladigan yana bir masalalardan biri bu “yuqumli” moliyaviy inqirozlardir. Antiglobalistlar, asosan, G‘arbning katta kapitalistik guruhlariga va TMKlariga qarshi turmoqdalar. Ularning fikricha, liberalizm g‘oyalari orqali TMKlar butun dunyoni boshqarishga intilishadi va shu bilan birga milliy qadriyatlarni toptashadi. Antiglobalistlar XVF va Jahon Banki tavsiya etgan siyosatni amalga oshirgan mamlakatlar ko‘pincha achinarli holatlarga tushib
    qolayapti, deb hisoblaydilar.

    Download 0,95 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   182




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish