Globallashuv tarixining 1-davri (sikli)
XII asr o‘rtalari – XV asr oxiri.
Jahon iqtisodiyotining markazi – Italiya va uning Venetsiya, Genuya, Florensiya, Piza kabi savdo davlatlari.
Globallashuv tarixining 2-davri (sikli)
XVI asr o‘rtalari – XVII asrning ikkinchi yarmi.
Globallashuv markazlari – Niderlandiya va Gabsburg imperiyasi (keyinchalik Ispaniya va Avstriya imperiyalariga bo‘linib ketgan).
Globallashuv tarixining 3-davri (sikli)
XVIII asr.
Globallashuv markazlari – Buyuk Britaniya va Fransiya.
Globallashuv tarixining 4-davri (sikli)
1840-1920-yillar.
Globallashuvning asosiy markazi Buyuk Britaniya bo‘lib, u o‘sha davrga kelib sanoat inqilobini amalga oshirgan va boshqa barcha mamlakatlar ustidan katta raqobat ustunligiga ega bo‘lgan.
Globallashuv tarixining 5-davri (sikli)
1960-yillarning oxiri – hozirgi davr.
Globallashuv global iqtisodiyotning sobiq markazlari – AQSh, G‘arbiy Yevropaning pasayishi va yangi markazlar – Yaponiya, Janubi-Sharqiy Osiyo, Xitoy va Hindistonning paydo bo‘lishi bilan birga kechdi.
4.2-rasm. Globallashuv tarixining asosiy bosqichlari Globallashuv tarixining 5-davri. 1960-yillarning oxiri – hozirgi davr.
Siklning boshlanishi rivojlangan g‘arb mamlakatlarining proteksionizmdan erkin savdo siyosatiga o‘tishi bilan belgilanadi (zamonaviy JST tizimiga asos solgan Kennedi raundidan keyin). Globallashuv global iqtisodiyotning sobiq markazlari – AQSh, G‘arbiy Yevropaning pasayishi va yangi markazlar – Yaponiya, Janubi-
Sharqiy Osiyo, Xitoy va Hindistonning paydo bo‘lishi bilan birga kechdi. 2008 yildagi jahon moliyaviy inqirozidan so‘ng global turg‘unlik davri boshlandi.
Yuqoridagi davrlarning barchasida globallashuv sikli boshlanishining asosiy belgisi – xalqaro savdoning keskin o‘sishi bo‘ldi. Globallashuvning butun sikli davomida yoki, hech bo‘lmaganda, birinchi bosqichida bu ko‘rsatkich manfaatdor mamlakatlarning umumiy iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada ortda qoldirdi (YaIM o‘sishi, aholi daromadlari darajasining o‘zgarishi va boshqalar). Qadimgi globallashuvning tegishli sikllari davomida ham xalqaro savdoning keskin o‘sishi haqida ma’lumotlar mavjud.
Xuddi shu tendensiyalar 3-sikl davomida jahon iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatgan mamlakatlarda ham sodir bo‘ldi. Shunday qilib, XVIII asr davomida Fransiya tashqi savdosi 5-6 martaga, ayniqsa, Fransiyaning o‘z mustamlakalari bilan savdosi 13 martaga ortdi49.
Biroq, bu davrda Fransiya iqtisodiyotida sezilarli taraqqiyot yoki o‘sish yuz bermadi va aholining qashshoqlashuvi 1789-1795 yillardagi fransuz inqilobini keltirib chiqardi. Globallashuv ta’sirida bo‘lgan boshqa mamlakat (Ispaniya, Polsha)larda esa iqtisodiy turg‘unlik ularning xalqaro savdodagi faol ishtiroki bilan davom etdi.
4-sikl davomida jahon miqyosida xalqaro savdoda misli ko‘rilmagan o‘sish kuzatildi. 1815 yildan 1914 yilgacha bo‘lgan davr oralig‘ida barcha Yevropa mamlakatlarining eksport hajmi qariyb 40 barobar ortdi, bu esa iqtisodiy o‘sish sur’ati va aholining o‘rtacha turmush darajasidan ancha oshib ketdi 50.
Xuddi shu tendensiyalar globallashuvning zamonaviy 5-davrida ham sodir bo‘ldi.
Demak, globallashuv siklining asosiy qonuniyati siklning boshlang‘ich bosqichida xalqaro savdoning keskin o‘sishi bo‘lib, bu davrda xalqaro savdo hajmi iqtisodiy o‘sishning umumiy ko‘rsatkichlaridan sezilarli darajada oshib ketadi va bu tendensiya, odatda, siklning o‘rta bosqichida saqlanib qoladi.
Globallashuv sikllarining asosiy qonuniyati bilan birga boshqa qonuniyatlar ham mavjud. Masalan, globallashuv yangi siklining boshlanishi har doim pul muomalasi sohasida o‘ziga xos tendensiya – narxlarning umumiy o‘sishi (inflyatsiya) hamda oltin va kumushning qadrsizlanishi bilan birga keldi. XIII- XVII asrlarda G‘arbiy Yevropada kumush va oltinda ifodalangan narxlar umumiy darajasining sezilarli miqdorda o‘sishi kuzatildi. Bu o‘zgarishning sabablari haqida turli taxminlar mavjud.
49 Goubert P. L’ancien regime. Paris, 1969-1973, tome II, p. 198; Mandrou R. La France aux XVIIe et XVIIIe siecles. – Paris, 1987, p. 89
50 Cambridge Economic History of Europe. – Cambridge, 1989, Vol. VIII, p.1.
Bugungi kunda ilmiy doiralarda asosiy nuqtai nazar I.Brennerning narxlarning umumiy o‘sishi sanoatning rivojlanishi, savdoning o‘sishi va yerga egalik qilish va moliya sohasida spekulyativ faoliyatning keskin o‘sishiga sabab bo‘lganligi haqidagi gipotezasiga tayanadi. Ko‘rib turganimizdek, narxlar tez o‘sishining birinchi davri (XII asrning ikkinchi yarmi – XIV asrning birinchi yarmi) G‘arbiy Yevropa globallashuvining birinchi sikliga to‘g‘ri keldi. G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida kumush bilan ifodalangan narxlarning o‘rtacha darajasi taxminan 3 marta oshgan bo‘lsa, intensiv umumiy narx o‘sishining ikkinchi davri (XVI asrning ikkinchi yarmi – XVII asrning birinchi yarmi) globallashuvning ikkinchi sikliga to‘g‘ri keldi51.
Zamonaviy siklning o‘ziga xos jihati shundaki, milliy pulning oltin va kumushga (ilgari har doim mavjud bo‘lgan) bog‘lanishi 1971 yildan boshlab butunlay yo‘q qilindi, ammo globallashuv bilan bog‘liq bo‘lgan umumiy belgilar o‘zgarishsiz qoldi. Siklning birinchi bosqichida (1967-1982 yillar) barcha yetakchi g‘arb mamlakatlarida kuchli inflyatsiya kuzatildi. Shunday qilib, 1949 yildan 1965 yilgacha bo‘lgan davrda AQShda chakana narxlar 29% ga, 1965 yildan 1982 yilgacha esa 100% ga oshgan. Shunday qilib, AQSh dollari bu davrda 2 marta, Italiya lirasi va Britaniya funt sterlingi kabi boshqa valyutalar bir necha marta qadrsizlandi. Biroq, siklning o‘rtasida avvalgi globallashuv davrida bo‘lgani kabi barcha g‘arb mamlakatlarida kuchli inflyatsiya to‘xtadi52.
Globallashuvning 5-sikli davomida oltin narxining dinamikasi yuqoridagi tarixiy misollardagi kabi bir xil qonuniyatlarga amal qilgan. Siklning birinchi bosqichida (1967-1982 yillar) sezilarli o‘sish kuzatilgan bo‘lsa-da, u dollarning kuchli qadrsizlanishi va 1971 yilgacha dollarning oltinga rasmiy bog‘lanishi sharoitida bu narx sun’iy ravishda past bo‘lishi mumkinligi bilan izohlanishi mumkin.
Globallashuv jarayonlari tarixini o‘rganish uning tamaddunida yana ikki qonuniyatni ochib berdi. Ulardan biri turli tovar bozorlarida narx darajasining tenglashuvi bo‘lsa, ikkinchisi kredit foiz stavkasining, shuningdek, foyda me’yori va investitsiya daromadliligi darajasining barqaror pasayishi hisoblanadi.
Global iqtisodiyot shakllanishidan oldingi davr (eramizdan avvalgi V asrga qadar va eramizning V asridan boshlab)da foiz stavkalari yuqori (yiliga 20% dan ortiq) edi. Ko‘rinib turibdiki, yarim natural xo‘jalikka xos bunday yuqori foiz stavkalari rivojlangan bozor iqtisodiyotiga xos emas. Eramizdan avvalgi V-IV asrlarda yunon davlatchiligida bozor iqtisodiyoti rivojlana boshlagach, foiz stavkasi keskin pasayib, yiliga 12 %ga tushib ketdi.
51 J.Gould, The Price Revolution Reconsidered. Economic History Review, XVII, 2, 1964, pp. 250-251
52 International Financial Statistics.
Ma’lum davrlarda foiz stavkalarining pasayishi va narxlarning barqarorlashish tendensiyasi to‘xtagan va teskari tendensiya bilan o‘rin almashgan. Antik davrda bu rimliklar tomonidan eramizdan avvalgi II asr o‘rtalarida Karfagen va Korinf halokatidan to eramizning I asri oxirida Rim fuqarolik urushlarining oxirigacha bo‘lgan davrda sodir bo‘lgan. G‘arbiy Yevropa tarixida esa bu teskari tendensiya XV asr oxiridan XVI asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davrda yuz bergan. Turli mamlakatlar o‘rtasida sodir bo‘lgan urushlar va yangitdan shakllantirilgan har bir siyosiy o‘zgarish natijasida globallashuvning navbatdagi sikli boshlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |