Shoh tilar b o ‘lsa shohliq qilmoq,
Sipohidin kerakmas ayrilmoq.
Shohni derlar sipoh birlan shoh,
Shoh emasdur y o ‘q ersa anda sipoh
Shohga xayl o ‘lsafath aning ishidur,
Bir kishi Rustam o elsa bir kishidur.
Navdar dushmanlariga asir bolib qolgach,
uning barcha kiyimlarini yechib olishdi-da, shoh
ekanini bilishib, bir sheriklarini suyunchi olish
uchun Jobir huzuriga choptirishdi. Qaroqchilar
rahbari: «Uning ko‘zlarini boglab, kemaga o‘tqa-
zing-da, qasrga eltib qamab qo'yinglar. Bu ishni
shunday yashirin bir tarzda bajaringlarki, biron
kishi fahmlamasin. Uy eshigini falon kishiga
topshirib, qilgan ishingiz haqidagi xabarni men
ga yetkazinglar», - deb buyurdi. Shohni qasrga
olib kelib, Jobir hukmini tola-tolds bajo qilish
di. Navdar qanday yerga kelib qolganini bilmas,
sipohlari esa u bilan ne voqea yuz berganidan
bexabar edilar.
Bu vaqtda No‘mon o‘z qo'shini bilan dengiz
boglab kelar ekan, ko‘zlagan manziliga ikki kun-
chalik y o l qolganida, shamol ko'tarilib, to'fon
mavj urdi-da, kemalar har tomonga tarqalib, ko‘p
kishi halok boldi. Shoh tushgan kema to'fondan
uncha zarar ko‘rmadi-yu, ammo shamol uni qa-
roqchilar oroli tomon surib ketdi. Jobir qolgan
nozirlar kemani ко‘rib, darhol xabar yetkazishdi.
Jobir kemaga tezda yetib bordi-yu, undagi ko‘p
odamlarni olik holida ko'rdi. Tiriklaridan bolgan
voqealami surishtirib, ahvolni bildi-da, kemani
o‘z oroliga olib keldi. Shohni ham qirg'oqqa olib
chiqishib, kemadagi mollami xazinalariga eltishdi,
No'monni esa yashirincha boshqa bir zindonga
tashlashdi. Kemaning tirik qolgan odamlariga
o‘z diyorlari tomon ketishga ruxsat berishdi. Ular
ko‘zda yoshlari bilan orolni tark etishdi. Navdar
sipohlari ham shohni izlab topolmagach, o‘z
vatanlariga qaytishdan boshqa choralari qolmadi.
Qaroqchi Jobir shodlikka tolib, har kuni bog‘
ichida bazm uyushtirar va Mehr yodi bilan ket-
ma-ket qadah ichar, lekin u go'zalning yuziga
nazar sololmas, nurli ruxsoriga boqishga yuragi
dov bermasdi. Mehr esa guldek yoqasini yirtib,
nilufarzor ichida g'amnok kezar ekan, dengiz
mavji kabi ko‘z yoshlarini tolcar, yori hajridan
qutulishni har qancha istamasin, buning chorasi
ni topolmasdi. U choh ichida bir bandining azob
chekib yotganini bilardi. Bir kuni: «Chohdan o‘sha
bandini qutqarib olsam va unga Suhayl oldiga
borishini iltimos qilib, zor-zor yiglab yolborsam,
zora Suhayl ahvolimni anglab, meni qutqarish
uchun bu tomonga y o l olsa», - deb o^ladi-da,
o'zining ikki kanizi bilan qorongl uyga yashirin
cha kirib, choh boshiga keldi va pastga qarab:
«Ey mashaqqat chekayotgan asir, men ham senga
o'xshagan bir bechoraman, sen kabi notavon asir-
man. Harakat qilib, seni bu qorong'i zindondan
qutqarsam, mening iltimosimni qabul qilib baja-
rasanmi?» - dedi. Bu chog‘ Suhayl choh ichida
betob yotar, kasallik uning holini xarob qilgan edi.
Buning ustiga sevgilisi hajrida o'rtanardi. Nota-
nish qizning ovozini eshitgach, iztirobi oshdi-da,
o'ziga tasalli berib, nozaninga: «Ey farishtasifat
inson, sen shunday yaxshilik qilsang, tanimda
jonim boricha buyurgan ishingni bajarayin», - deb
javob qildi. Mehr bu so'zni eshitgach, kanizlari
bilan arqon tashlab bandini qorong‘i uyga chiqar-
dilar. Mehr yashirincha unga ko‘p mehribonliklar
ko'rsatdi, zanjir-u bandlardan ozod qildi. G‘am
chekib behol bolgan yigit yer o'pib: «Ey farishta
sifat mahbuba, qiladigan hukming haqida ozgina
so‘zlab bergin», - deb so'radi. Mehr o‘zining hayoti,
otasi-yu mamlakati, Suhaylga bolgan muhabbati,
dengizda chekkan tashvishlari-yu, Jobir qoliga
asir bolib tushgani, uning qolidan omon qolish
sirlari haqida so'zlab berdi. Bu so'zlami eshitar
ekan, Suhayl goh-gohida o'zidan ketib qolardi.
Mehr o‘z hikoyasini: «Men bu yanglig‘ asir bolib
qoldim. Suhayldan boshqa biron odam meni qutqa-
rishga kelolmaydi. Sen Yamanga yetib borsang-da,
Suhaylga ahvolimni arz etsang. Lekin bu yerda
yashirin bir sir ham bor. Biz seni bu yerda bir
necha kun asrab, parvarish qilsak-da, sen ana shu
simi aytib, qasam ichib Suhaylni ishontirsang. Bu
siming mazmuni esa shundan iborat: «Men Jobir
qoliga asir bolgach, uzoqdan menga nazari tush-
di-yu, xas-xashak kabi yerga yiqildi. Qachon meni
ko'rmoqchi bolganida, shu holat takrorlanaverdi.
Bu yerda qanchadan beri yashayotgan bolsam, u
bilan munosabatimiz shundan nariga otgan emas».
Buni eshitgan Suhaylning ko‘ngli taskin topdi,
sevgilisining barcha so‘zlariga ishonch hosil qil-
di-da, qancha harakat qilmasin, o‘zini asray olmay
dimogldan o t chiqib, dilbarining oyoglga yiqildi va
faiyod urib hushidan ketdi. Bu holatdan hayratga
tushgan Mehr uning yuziga tikilib qarab, behush
yotgan bu yigit Suhayl ekanini angladi, keyin u ham
nola qilib, hushidan ketib yiqildi.
Ikkala kanizak ularning boshlarini ko'tarib,
mehribonlik ko‘rsatishgach, Mehr o ‘ziga ke
lib, qorong'i tushguncha Suhaylni shu uyda
saqlashdi. Uyqu mahali o‘ziga kelgan yigit o ‘z
mahbubasi bilan jism bilan jondek yoki sarv bilan
ishqpechondek bolishdi. Suhayl bir necha kun
qasrda yashirincha Mehrning mehmoni boldi.
Taom bilan sharbatdan tani sihat topib, behol
jismiga quw at kirdi. Shu yerda yashar ekan,
Jobirning Mehrdan ayriliqqa chidab yurganini
bildi. Bir kuni Jobir bog'ni sayr qilib yurar ekan,
Suhayl to'nglz bilan olishishga chiqqan sherdek
uning ro'parasida paydo boldi va:
Do'stlaringiz bilan baham: |