Xamsa alisher Navoiy xamsa


«Ey kajrav13 sipehri14 xudroy15



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/220
Sana30.12.2021
Hajmi10,71 Mb.
#86939
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   220
Bog'liq
Xamsa. Alisher Navoiy

«Ey kajrav13 sipehri14 xudroy15,

Zulmungdin voy-u yuz tuman voy!

Jonimg‘a necha sitam qilursen,

Ko‘nglumga nasib alam qilursen,

... 


Layliyi zaif-u benavoni,

Yuz dard-u balog‘a mubtaloni

 

0 ‘lturmak ila ham etmayin bas,



Hajr o ‘tig‘a solmoq o‘ylakim xas.

13 Kajrav -  teskari yuruvchi.

14 Sipehr -  falak,  osmon.

15 Xudroy -  o'zboshimcha.




Bu Layli edi,  nedur xayoling,

Ermas edi hiylapesha zoling16.

Sovrulg{asiz,  ey ravanda17  aflok,

 

Qo‘zg‘alg‘asiz,  ey nujumi18  bebok19.

 

Jismimni qatil20  qildingizla!

Jonimni zalil21  qildingizla!

Jismim gardin uchurdi ohim,

Ey charx,  arimadimu22 gunohim?!

Bu  qayg*u  azoblarim yetmagandek,  yorimning 

iztiroblari ham boshimga tushdi. Uning ota-onasi 

olib,  men  ham  motamda  qoldim.  Agar  u  qattiq 

alam chekayotgan bolsa, mening dardim unikidan 

ikki  barobar  kuchliroqdir.  Unga  ota-onasining 

g'ami yetgan bolsa, bu -  mening ham g'amimdir. 

Laylini  furqat  balosi  qiynayotgan  bolsa,  buning 

ustiga ikki Majnuncha mashaqqati ham bor. Unga 

umr  zaruriyati  qolmadi,  shuning  uchun jondan 

kechsam ajab emasdir».

Shunday so'zlami faiyod urib xitob qilar ekan, 

nola oti haddan oshib, jismida isitma paydo boldi. 

U o t xuddi quyoshning botar chogidagi haroratiga 

o'xshardi.  Guldek yuzi terga botib,  isitma otidan 

qizarib ketdi.

Onasi qizining bu ahvolini ко‘rib, iztirob chekar- 

di,  jigari  kabobga  o'xshab  kuyardi.  U  Laylining 

otasini xabardor qilgach, qizining holatidan u ham

16 Hiylapesha zoling -  hiylagar keksang.

17 Ravanda -  kezib yuruvchi.

18 Nujum -  yulduzlar.

19 Bebok -  beparvo.

20 Qatil -  o'ldirmoq.

21 Zalil qilmoq -  xo'rlamoq.

22 Arimoq -  pok bolmoq.




qattiq  tashvishga  tushdi.  Ota-onasi,  dugonalari 

tabiblar  chaqirib  keldilar.  Iso  nafasli  hakimlar 

har qancha davo qilishsa ham, isitma pasaymas- 

di.  Kundan  kunga  dardi  kuchayib,  bosh  og‘rig‘i 

dam-badam  zo‘rayib  borardi.  Shu  holda  yotar 

ekan:  «U motam asiri  (Majnun)  dard tufayli o‘lim 

oldida emish.  Go‘riston  ichida zor-u  behol  bolib 

olgan  kishidek  hayotdan  uzoqlashayotganmish. 

Goh o‘zida, gohida behush bolib, ko'zlari olikdek 

nursiz ekan, o ‘z motami bilan jismi zaif-u,  sening 

darding  bu jismidan jonini  tortib  olayotgandek. 

Unga g‘am ustiga motam qo'shilib, sensiz ishi mo­

tam ustiga motam ekan, joni g‘am bilan darddan 

poymol bolib,  holi haddan tashqari xarob ekan»,

-   degan  so‘zlar  qulog'iga  chalindi.  Bu  gaplarni 

eshitgan  Laylining bir  o‘ti  ming bolib,  olim i ya- 

qinlashardi.

Kuz  shamolining  ohi  yetib,  bo'stonlar  yuzini 

sarg'aytirardi.

Yaproqlarning yuzlari  sariq  og'riqqa  uchragan 

kishilamikidek  sariq  tusga  kirdi.  Har  qaysi  barg 

bemorlardekyer to‘shagiga yotib oyoglni uzatib oldi. 

Daraxtlar  ham  titrashga tushib,  kuchli  shamollar 

chamanlami talon-taroj qilishga kirishdi.

Layli  husn  bog‘i  bolib,  boshidan  oyoglgacha 

jannat  guli  edi.  Uning  dardi  nasimi  tezlashib, 

bo'stonning  barglari  to'kila  boshladi.  Kasallik 

husni shohini g'amgin qilgach, u o‘z tutqunlarini 

ozod qilib yubordi. Faqat bitta kabutargina uchib 

ketmadi.  Bu  olamni  tark  etish  onlari yaqinlash- 

ganini  sezgan  parivash  uyni  xoli  qoldirishlarini 

so‘radi-da, so‘ng huzuriga onasini chaqirtirib unga 

shunday murojaat qildi:



«Ey joningni  menga  bag'ishlagan  onajonim! 

Bu  xasta jonim  sening joningga  sadqa  bolsin. 

Mening  bor  mashaqqatlarimni  o‘z  ustingga  olib, 

ko‘p dard-u alamimga qolding. Ming yil tirik bolib 

xizmatingni qilsam ham, bu yaxshiliklaringni qay- 

tara olmayman. Endi gulim xazonga uchrab, gulis- 

tonimga sovuq kuz shamoli yetishdi, bu chamanni 

tark  etish  zarur  bolib  qoldi.  Vidolashish  chogl 

yetib kelgan ekan,  dilimdagi dardlarimni sendan 

yashirishim  to‘g‘ri  bolmaydi.  Bilganlaringga  sen 

madoro, chora qilding. Endi men senga sirlarimni 

ochay. Omonatimni topshirib, tuproq sari y ol olar 

ekanman, aza ochma, ko‘z yoshlaringni ко“р tokma, 

yuzlaringga urib yaralab, ruhingga azob berma, deb 

aytishim befoyda. Shuning uchun sendan bularni 

emas,  boshqa  bir  narsani  iltijo  qilaman.  Motam 

kunlari  qattiq azob  chekib,  yuzingni  timab  qon- 

ga botirma,  ko‘p  qora kiyim  kiyma,  iloji boricha, 

sabr qilishga intilgin,  o'zingga dalda,  taskin  ber. 

Tangri  senga  sabr bersin».  Onasiga ko‘plab  duo- 

lar  qilgach,  yashirincha  bu  so‘zlarni  talcidladi: 

«Bu  motam  elga  oshkor  bolgach,  dasht-u  sahro 

ahliga  ham  yetib  boradi.  Shubhasizki,  mening 

tog‘-u dashtlarda shamoldek kezib yurgan g‘aribi 

zorimning qulogiga bu so'zlar eshitilgach, hodisadan 

xabar  topib,  ruhi  mening  ruhimni  istab,  tezda 

buyoqqa keladi-yu, quyosh kabi mening boshim- 

ga yetadi.  Ayriliq dardidan qutulib,  elga ishq qa­

nday  bolishini  ko‘rsatib,  tuproglmga  tuprog'ini 

qo'shadi. Ruhini menga topshirib, tani jonsiz bolib 

yerda jismi  zori  yotsa,  hurmatini  qilib  yonimga 

yotqizgil.  Uning  sharif jismi  pok  bolgani  uchun 

ko‘z yoshlaring bilan yuvsang ham arziydi. Ginani



unutib,  unga  yaxshilik  va  mehribonlik  ko‘rsat- 

gin-da,  jon  pardasidan  kafan  qilgin  va  ana  shu 

kafanga meni ham о‘ragin.  Unga farzangdingdek 

munosabat ko‘rsatib, farzanding bilan birga uyqu­

ga yotqizgin-da, ikki ruh bir-biri bilan qo'shilgach, 

bir tobutga solgin».

Layli ushbu so'zlarni tugatdi-yu,  «Majnun» de- 

ganicha jon berdi. Onasi bu kunni ko'rib, bir ovoz 

chiqardiki, u osmonning bag'rini teshib o'tgandek 

boldi. Qizining boshidan aylanib, tovoniga ko'zla- 

rini  surtar,  goVoki  kipriklari  bilan  uni  qitiglab, 

«Uyqu  vaqti  emas-ku  hozir,  ko'zlaringni  och, 

oyoqlaringni  qimirlatib,  so'zlagin»,  -   degandek 

uyg‘otmoqchi bolardi.  Titrab, yiglab qizini mah- 

kam bag‘riga bosib, yuzlarini yuzlariga qoyar, 

lm‘z

 

yoshlaridan uning ruxsoriga suv urar,  gotyo  suv 



bilan  seskanib,  zora  uyqusidan  uyg‘onib  ketsa, 

degandek bolardi.  Lekin uning  barcha harakat- 

lari  zoye  ketdi,  oy yuzli  go'zal  qizi  uyqudan  ko‘z 

ochmadi. Uygbnishidan umidi uzilgan ona oppoq 

sochlarini  yoyib,  oh-faryod  ko‘tardi,  sochlarini 

yulib,  yoqalarini  yirtar,  tirnoglari  bilan  yuzini 

o^ar,  o rig a n  yaralar o'midan oqqan qonlar ko‘z 

yoshlariga qo‘shilib buloq suvlaridek oqardi. Nola 

qilar ekan: «Juda qattiq uxlab qolding-ku, bo‘tam! 

Ko'zingni och, havo musaffo, qizlar gulshanda sayr 

qilib  yurishibdi,  barchalari  bog'da  aylanib  seni 

kutishmoqda.  Turli taqinchoqlar taqib yasangan 

dugonalaring  sening  yolingga  boqib  turishibdi. 

Jingalak  sochlaringni  ochib,  iforlarini  olamga 

tarqatay, ko'zingga surma surtib, yuzlaringni qizil 

elik bilan gulgun qilay, shakardek lablaring ostiga, 

yuzingga xol  qo“yay,  ustingga gulrang  ko^ylaklar



kiydirib, gulshanga yuboray, qizlar bilan u tomon- 

ga borgin.  Senga Majnun ham intizor bolib,  bog‘ 

ichida fig‘on chekib turibdi.  Sen kechga qolgach, 

u seni istab bu tomon kelib seni so'rasa, nima deb 

javob  beraman?  Ham  meni,  ham  uni  zor  qilma, 

uning oldida meni sharmsor etma».

Ona  bu  so'zlari  bilan  jahonni  g'am-gtissaga 

botirdi-yu, ohi bilan osmonni qorongl qildi. Tash- 

qarida  otasi  boshyalang  holda  yoqasini  yirtib, 

kolcsiga toshlarni urar, yolgiz otasi emas, qavm-u 

qarindoshlari, butun qabila ahli aza tutishib, oh- 

faiyod chekishardi.

Bu payt Majnun yalang'och holda bir qabr ichi­

da yotardi.  Layli  oglr betob  bolib qolgach,  u  ham 

kasal bolib yiqilgan edi. Ma’shuq bemor bolganda, 

oshiq halok boladi.  Majnun behol bolib yotarkan, 

Layli goh tushida,  goh xayolida namoyon bolardi. 

Layli ajal qolidan qadah ichgan, ya’ni bu olam bilan 

vidolashgan chog‘da ko'ngli birdan simob kabi titrab 

ketdi-da, quloglga shunday bir ovoz eshitildi:

«Ey dard-u balo  askarlarining podshosi!  Hozir 

yotishning  vaqti  emas,  o'rningdan  tur.  Pokiza 

boglngga  kuz  keldi,  chiroglng  tong  shamoliga 

uchradi.  Bulbulligingni  ko'rsatmoqchi  bolsang 

ham  elga  ko‘rsat.  Yoring  safarga  tayyor  holda 

hamrohini  kutib  turibdi.  Hamrohligingni  ko‘rsa- 

tasanmi yo u oy sensiz safarga y ol olaversinmi?».

Devona bu so'zlaming ma’nosini darhol anglab 

yetdi-yu, tani nihoyatda behol ekanligiga qaramay, 

yotgan joyidan  qoplon  kabi  sakrab  turib,  qabila 

tomon tez yugurib ketdi.

Chaqmoq kabi yelib borarkan, visol kuyini kuyla- 

gan holda ko‘z yoshlarini yomglrdek sochardi. Mehri



oti jahonni yoritar,  kotiglida olim xafvi  ham yo‘q 

edi.  Uning atrofida yowoyi hayvonlar ham sakrab 

borishar,  odamlarning ba’zilari Majnun holatidan, 

ba’zilari  esa  hayvonlar  ofatidan  qo'rquvda  edilar. 

Majmrn Layli eshigiga qadam qolgach,  hayvonlar 

tashqarida qolishdi.  Devona yigit  ostonadan  dadil 

kirdi  va  uy  ichida yotgan  sevgilisiga  ko'zi  tushdi, 

uning oldiga borib, yoniga yotdi-yu, jon taslim qildi. 

Uyga kirgan qabila ahli bu holatni ко‘rib, hayratdan 

qotib qolishdi. Ularni dafri etish zaruriyati tufayli bu 

holatda  qanday  ish  tutish  haqida  maslahatlasha 

boshladilar. Barchalari dedilarki:




Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish