Xamsa alisher Navoiy xamsa


Dedi: «Bilmon,  ne holat dast bermish



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/220
Sana30.12.2021
Hajmi10,71 Mb.
#86939
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   220
Bog'liq
Xamsa. Alisher Navoiy

Dedi: «Bilmon,  ne holat dast bermish,

Ki sizga mujib ushbu motam ermish.

Bu ish gar xo‘b,  agar zisht erdi bori,

Manga,  billah y o ‘q erdi ixtiyori.

Tutung m a’zurkim,  rasvo bolubmen,

Demay rasvo bo‘lubmenkim,  olubmen. 

Bo4ing xush botin-u zohirda mendin, 

G ‘ubore asramang xotirda mendin».

Farhod xijolat chekib, bu so'zlarni aytayotgan 

bolsa  ham,  uning joni  bilan  ko‘ngli  ko'zguda 

edi. Barchalari uylariga tarqalgach, Farhod yana 

ko‘zgu yuziga boqdi. Lekin endi hech narsa ko'rin- 

masdi.  Chunki  ko'zguni  yasagan  olim  undagi 

manzara faqat bir marta ko'rinadigan qilgan edi. 

Bu holatdan mahzun bolgan shahzoda: «Boshim- 

ga og‘ir tashvish tushdi. Lekin o'zimni pora-pora 

qilib tashlasam ham, maqsadimga yetolmayman. 

Shunday ekan, aql bilan ish ko'rishim va otamni 

xursand qilishim zarur.  Agar betoqatlik qilib  bi- 

ror tomonga boshimni olib  ketsam, xoqon  o'sha



zahotiyoq  meni  izlab  topish  uchun  yuz  mingta 

lashkarini jo‘natadi. Ular butun Chin mamlaka- 

tini qidirib, ikki-uch kun o‘tmay meni topishadi. 

Sipohlar bilan jang qilsam, ko‘p begunoh odamlar 

halok bolishi aniq. Axir Chin xalqi menga qanday 

yomonlik qilibdiki, men shunday y o l tutsam?! U 

holda qaysi ko‘z bilan shoh ko'ziga boqaman-u, el 

yuziga qarayman? G‘am-alamimdan xabar topgan 

xoqon  meni  asrash  uchun  atrofimga  soqchilar 

qoysa,  ahvolim  yanada  oglrlashadi.  Es-hushi- 

ni yo‘qotib  devona  bolibdi  deb,  oyoglmga  band 

solib,  uzoq bir joyga jo'natsa, holim ne kechadi? 

Shuning uchun  o‘zimni ehtiyotlab,  aqlni yuritib 

ish  qilganim  ma’qul»,  -   degan  qarorga  keldi. 

Ammo kunlar о tar ekan, quwati ketib, jismi turli 

kasalliklarga  chalina  boshladi.  Talsida jinnilik 

alomatlari paydo bolib, savdoyilarcha so'zlar ayta 

boshladi.  Ko‘nglida sabr-u  qaror tugab,  qilayot- 

gan ishlarini bilmaydigan bolib qoldi. Bu ahvolni 

ко‘rib turgan shoh bilan vaziming dard-u alami 

kundan kunga ortib borardi. Ularning shahzoda- 

ga qilayotgan  pand-u  nasihatlari foyda bermas, 

qanday chora topishni bilmay iztirob chekishardi. 

Farhodning holati borgan sari oglrlashayotganini 

ko'rgan shoh tabiblarni to'plab, ular bilan masla- 

hatlashdi.  Ancha tortishuvlardan keyin tabiblar 

bir fikrga kelishib, shohga shunday dedilar:

-  


Olampanoh,  shahzodaning mijozida issiqlik 

ko'proq edi, shuning uchun mayni ham yoqtirardi. 

Ikki-uch yoshidan o‘n bir-o‘n ikki yoshiga qadar 

o‘qish bilan band boldi,  ikki-uch yil kasblar bi­

lan shuglillandi, buning ustiga uzoq yolni bosib 

otdi. Tilsim ochishni orzu qilib ajdar-u dev bilan 

olishdi. Shulaming barchasi sabab bolib, mijoz-



ini issiq va quruq qilib qo^gan.  Hozirgi kunlarda 

havo nihoyatda isib ketdi. Hatto, buloqlar qaynab 

ketyapti.  Bunday  ayyomda  faqat  salqin  havoli 

joylarda  nafas  olish  shahzodaga  davo  bolishi 

mumkin. Dengiz bilan borilsa, besh kunlikyolda 

bir ajoyib orol bor.  Unda baland bir tog‘ mavjud, 

uning ustida esa yetti-sakkizta buloqdan muzdek 

suvlar  otilib  turadi.  Orol  atrofidagi  dengizdan 

yoqimli  shamol  essa,  tog‘  cho'qqisidan  sovuqlik 

ufurib  turadi.  Hattoki,  sovuqdan  chashmalar 

muzlaydi. Shahzoda ana shu yerga borsa, ko‘ngli 

ochilib, muborak jismi quwat topadi.

Tabiblarning bu so'zlari shohga ma’qul boldi, 

darhol  Mulkoroga  dengiz  safari  uchun  hozirlik 

ko'rishni buyurdi. Vazir tez orada barcha tayyor- 

garliklami nihoyasiga yetkazgach, shoh Farhodni 

ogohlantirish uchun odam yubordi.

Bolib o'tgan gaplardan, dengiz safari boshlana- 

yotganidan  xabar  topgan  shahzodaning  ko'ngli 

shod bolib:  «Shoh oldida mening ushbu so'zlar- 

imni ayting.  Shohning istagi mening istagimdir. 

U  qayoqqa  borishni  istasa,  men  u  bilan  doim 

birgaman»,  -  deb  buyurdi.  Bu  so'zlarni xoqonga 

yetkazganlarida, uning ko'zi yoshga to lib, duoga 

qol  ochdi.  So‘ng kemalarga barcha kerakli nar- 

salami ortishga farmon berib:  «Men ham  ertaga 

dengiz  safariga  chiqaman»,  -   dedi.  Bu  xabarni 

eshitgan  shahzoda benihoya  shod  boldi.  Uning 

maqsadi ham xuddi shunday edi.

Ertalab  shoh  bilan  shahzoda  otlariga  minib, 

dengiz sohiliga yetib kelishdi. U yerda yog'ochdan 

yasalgan  bir  shahar  ko'rindi.  Behisob  kemalar 

safarga  tayyor  bolib  turardi.  Ularning  baland



yelkanlari  ko'zni  qamashtirardi.  Har  qaysi  ke- 

maning ichi bir uydek kelardi. Katta kemalaming 

eoni  ikki yuzta  bolib,  uch  yuz-u  ellik  kemacha 

ham falak dengizidagi yangi oy-hilollardek ko'zga 

tashlanardi.  Yana ko'plab  tez  suzuvchi  qayiqlar 

ham  bolib,  kemalarning umumiy  soni  bir ming 

besh yuztaga yetardi.

Xoqon  bilan  Farhod  o‘zlariga  moljallangan 

kemaga  chiqishdi-da,  u  yerda  qurib  qoQilgan 

shohona taxtlarga  o'tirishdi.  Necha  ming  mohir 

kemachilar  ishga  kirishib  dengiz  tomon  yolga 

tushishdi.  Orzulari bolgan orolga qarab ikki ke- 

cha-kunduz suzishdi. Shamoldan dengiz mavjlan- 

ganda,  yuz  turli  baliqlarga  ko'zlari  tushdi.  Suv 

ustida har biri  tog'dek keladigan ulkan  baliqlar 

uyoqdan  buyoqqa  suzib  yurishar,  orqalari  umr 

daraxtini kesish uchun yaratilgan arraga o'xshar- 

di. Nahanglar kichik baliqlami ov qilishar, bir-biri 

bilan urishib ketsa, ikki tog‘ to ‘qnashgandek ko'ri- 

nardi. Xilma-xiljonivorlar behisob edi. Shoh bilan 

shahzoda har tarafga boqishib,  bu  ajoyibotlarni 

toy may tomosha qilishardi.

To'satdan  dengiz  ustida  kuchli  shamol  esa 

boshladi-da,  kemadagi  kishilaming yuraklariga 

qo'rquv soldi. Qari dengizchilar: «Bunday shamol 

har yuz yilda bir marta yuz berardi,  u yaxshilik 

keltirmaydi»,  -   deb  vahima  qilib,  yoqalarini  yir- 

tishardi.  Shamol  yanada  kuchaymasdan  turib 

shoh bilan shahzoda omon qolishlari uchun kema 

oldiga tez suzadigan bir qayiqni keltirishdi,  Far­

hod unga tushib olgan ham ediki, katta bir tolqin 

kelib urilgach,  kema bilan qayiqni bir-biridan 

ajratib  tashladi.  Ota  kemada  oh  chekkancha



qolib,  o‘g‘il tushgan qayiq dengiz tolqinlari uzra 

suzib  borardi.  Ikkovlarining oralariga ko'rishish 

nasib etmaydigan ayriliq tushdi.

Shundan  so‘ng  to Ton  yanada  kuchayib,  ket- 

ma-ket коTaxilay otgan tog'dek tolqinlar ko‘pchilik 

kemalarni  bir-biriga  urib  parchalab  tashladi. 

Qorong4i  tushguncha  toTon  tinmadi.  Nihoyat, 

shamol  tobctab,  dengiz  tinchlandi.  Tong  otgach, 

kemalardan ko'pchiligining suvga cholab ketgani, 

odamlarning  aksar  qismi  halok  bolib,  anchasi 

baliqlarga yem bolgani, taxta parchalarini ushlab 

olib omon qolgan odamlami tolqinlar har chekka- 

ga uloqtirib tashlagani malum boldi.  Lekin  shoh 

bilan Mulkoro katta kema ichida omon qolishgan 

ekan. Ichidagi odamlarning ba’zisi olib, ba’zilari esa 

behush yotardi.  Xoqon kemasi bir qirg'oqqa yetib 

borgach, shu atrofdagi odamlar yetib kelib, toTon- 

dan alam chekkan kishilarga yordam ko'rsatishdi, 

behush yotganlar asta-sekin o'zlariga kelishdi.

Shoh  Farhodning  g'oyib  bolganidan  qattiq 

iztirobda qoldi,  keyin:  «Balki tolqinlar uni biron 

qirg‘oqqa  olib  borib  tashlagandir»,  -   deb  tirik 

topishga umid  qildi-da,  Suqrot aytgan  so‘zlarini 

esladi.  Omon qolganini g‘animat bilib,  o‘z mam- 

lakati  tomon  y o l  oldi.  Dengizda  kuchli  shamol 

ko'tarilgan  chog‘da  Farhod  tushib  olgan  qayiq 

to Ton  yuz  bergan  paytda  dengizga  g‘arq  boldi- 


Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish