Xamsa alisher Navoiy xamsa


Tort,  Navoiy,  bu jahondin ilik



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/220
Sana30.12.2021
Hajmi10,71 Mb.
#86939
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   220
Bog'liq
Xamsa. Alisher Navoiy

Tort,  Navoiy,  bu jahondin ilik,

Qaysi jahon, javhari jondin ilik.

0 ‘n beshinchi maqolat 

JAHL MAYI HAQIDA

Xursandchiliging jomga hamrohlik, jahl xumori 

tufayli ishing doimo mastlik bolgan odam!  Sening 

doim iy  ayshing  kamayishni  bilmaydi.  Sening 

muroding doimo jaholat jomi.  May idishi sening 

ichingga boda lazzatini quyishi bilan o‘sha lazzat




ko'nglingga  g‘avg‘o  soladi.  Boda joningga  g4irur 

hissiyotini  urib,  o‘zingdan  boshqa  har  qanday 

fikrni yo‘q  qilib  tashlaydi.  Olm ak  g‘ami  motami 

ham, paymonang tolishining g‘ami ham qolmaydi. 

Ajal nazoratchisi yetib kelsa, nima qilasan, undan 

qutulish uchun ne chora topasan?

Muhtasib  -   nazoratchi jafo  toshini  bu  kunga 

qarab ursa,  har bir porasini parcha-parcha qilib 

tashlasa,  jismingni  boshdan  oyoglnggacha  dog‘ 

ustiga dog‘ o‘rtab, mayingni qaro tuproqqa toTdb 

tashlasa,  nima qila olasan?

Safoling zarfi -  idishingni ushatgandek, maying 

lalini yer  qonidek  qilsa,  buki  bilimsizlik  mayini 

behisob  ichasan,  bu  senga  bir  kuni  ehtisob  qi- 

linsa-chi?

Sening mastliging necha oy-u necha yildan beri 

davom etyapti,  oy bilan yil mastligingdin ayil!

Mastning  bori  muhmal  -   tuturiqsiz  boladi, 

ko‘chaning bolalariga masxara, kulgi boladi. Mast 

odam ko‘chaning boshidan jinninamo yurib kelar- 

kan, bolalar har tarafdan uni toshbo‘ron qiladilar.

U toVganicha ichib olib,  mayxonadan ko‘cha- 

ga mast bolib  chiqar ekan,  manglayi devorlarga 

urilib  qon  bolib,  boshidagi  sallasi chuvalib,  har 

yoqqa yoyilib,  elga quturgan  itga o'xshab  hamla 

qilib,  qaysi yomon it,  qopag'on itdek har odamga 

tashlanib, jismini mastlik holati, har sari qadam 

qo^sa,  o‘sha tomonga yana bir qadam tashlasa, 

seining yerdagi kolm ak suvini ichib, sharob xayol 

qilib  shimirsa,  soy toshini  ко‘rib  qolib,  qizil gul- 

dek  hidlab  rohatlansa,  olam  gul-u  toshi  ko'ziga 

uchraganda esa ularni bir yon otib yubormoqqa 

madori  ham  qolmagan  bolsa,  uning beso'naqay



otgan  toshlaridan  bolalar goh  tarqab  qochishib, 

goh unga o'xshash mast-mast o'ynashib yiqilishsa, 

yiqilib,  goh  turib,  may  uning  holini  behol  qilib, 

soqolini iflos qilib, qusqi soqolini necha bor порок 

etib, it yalab-yalab tozalab qo'yadi. Mastlik uyqusi 

kuchayib  ko'chada  uxlab  qoladi-da,  boshidagi 

sallasini  ham,  belidagi  pulini  ham  topolmay, 

to'nini  yana  bir  bor  qaroqchi  olib  ketib,  xuddi 

olikdan kafanni sug4irib olganday qilishadi.  Qin 

qolibdi-yu, qolidagi pichog'ini olib ketishibdi. Ko- 

vushning ham biri qolib, birini yo‘q qilishibdi. To‘n 

etagi  balchiq  bolib,  oldi  hoi,  oldi  hol-u,  ammo 

uning oldida kol.

Uyini topishga har qancha harakat qilsa ham, 

uzun  ко‘chadan uni  har  qancha izlamasin -   to- 

polmasdi.  Butun  a’zoyi  badani  titroqqa  zo‘rg‘a 

chidar,  og‘zi  esa  ajab  bemaza  ta’m  berardi.  Har 

qancha  qidirib  o‘z  uyini  izlab  topolmadi.  To'nini 

faqat  o‘g‘ri yechib  olgan  bolmay,  qolganini  asas

-  tungi soqchi olgan edi.

Bu  bechora  mastning  ahvoli  yarasini  tuza- 

tish uchun  o‘q  zaxm ini  o ‘zi  yorib  ochayotgan 

odamning  holini  eslatardi.  Boshi  aylanib  gan- 

diraklar,  hushi  ozib  behuzurlikdan  azoblanar, 

qulog'ining osti -  banogo'shi ham yashinib,  egni 

ichiga kirib ketgandi.  Har sari shu xildagi holat, 

shu shakl uning andomini tashkil qilgandi.

0 ‘zining holatidan xijolatlik ustiga mastlik be- 

holligi hamda maxmurlik, yana ichkilikka tashna- 

lik qiynardi uni. Xumor dema, uni yuz balo degil. 

Bu  balolar  yog'ilib,  joniga  yuz  bedod  solgandi. 

Ko‘rki,  bilib  turib  shu  ahvolga  tushdi  bu  odam, 

ko‘rki, qancha alam solyapti o‘z joniga. Ko'rki, o‘z



qoniga ham kirish, qonini ham buzish bilan birga 

o‘z joniga zulm qilmoqda.

Buni ham qoyavering-u, borgan sari o‘z obro'si- 

dan ajralib,  e’tiborsizlikda qolib, yalqov,  daydilik 

kasaliga ham mubtalo bolyapti. Bu malomatlarga 

zarracha parvosi yo‘q, o'zining beta’sir qilmishlari- 

dan aslo xijolat chekmaydi. Shuncha qabohatlari, 

bir-biridan xunuk, yaramas ishlaridan uyalish, or 

qilish kerakligini anglamaydi.

Qarigan  kampir  qanchalar  xunuk  bolmasin, 

uning ko'ziga jannat huri bolib ko‘rinadi.  О jar bir 

shoir  qayerda  nima  desa,  buning  oldida  qanday 

bema’ni  bir so'zni vaysayotgan  bolsa ham,  uning 

uchun sehrli bir asar. Itki qozon oshiga til tekizdimi, 

yuzi qarolik bilan har yerda yuzi qizil-da!

El-ulus qatliga jallod bolgan inson o‘glini oldir- 

sa  ham  xursand  bolaveradi.  Ko‘mir  sochishni 

hunar  qilib  olgan  kimsa yuzining  qora  bolishi- 

dan uyaladimi? Boyqush obod yerda har qancha 

nahsli  ko'ringani  bilan vayrona ichida tovusdek 

go'zal ko‘rinishi shubhasiz.

May tanni vayron aylasa, ajablanarli joyi bormi? 

Sel uyni xarob aylashi ayon-ku.  Sel uyni itqitib, 

elni selga giriftor qiladi,  balo seli esa har qanday 

uyni vayron qilmay iloji yo‘q.


Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish