so‘z
uzayib ketadi».
Hammalarining qollaridan o‘pib e’zozlagach,
ular meni yonlariga olib, kelgan taraflariga qarab
yurdilar. Supada Shayx va uning payravi, ya’ni
Nizomiy bilan Xusrav, shuningdek, bizning piri
mahdumimiz o‘tirishardi. Biz yaqinlashganimiz-
da, ular ham o‘rinlaridan turib, biz tomon qadam
tashladilar. Xusrav va pirim Shayxdan burunroq
yurib kelishardi. Men ham ular tomon yugurdim.
Pir o‘z ixtiyori bilan qolimni tutib, hamrohi bilan
ko'rishtirdi. Men ko'zlarimdan yosh tolcib, qolla-
rini va oyoqlarini o‘pdim. Jomiy bilan Xusrav
ikki qolimdan ushlab Nizomiy sari boshladilar.
Men, g‘am asiri qolimga olam tushganidan ko‘z
yosh toleardim. Ikki qolimga ikki jahon kirgan
edi. Muborak Shayx bilan ko'rishib, oyoqlariga
boshimni qoldim , tuprogini o‘pib, ko'zyosh selini
tolcdim, buni ко‘rib turgan to‘qqiz falak menga
rashk qilardi. Shayx mehribonlik bilan boshim
ni yerdan koYarib, qaytib borib o‘z joyiga otirdi.
Meni esa kutilmagan baxt bexud qilib qo^gan
edi. Shayx ikkala do'sti bilan o‘rinlashdi, men esa
xijolatlik bilan qaddimni bukib turardim. Barcha
guruh ahli o‘z o'rinlarini egallashgach, menga ham
oYirishga ishora boldi.
Shayx muloyimlik bilan so‘z boshlab, awal ah-
volimni shafqat bilan soVadi, men javob berarkan-
man, hurmatini qilib yer o‘pdim. Keyin yana dedi:
«Ey olam ahlining yagonasi, falak seni el ichra no-
dir aylab, jahon nazmi sohasida qodir qildi. G‘azal
yolida shunday yurishlar qildingki, she’r ahliga
so‘z aytish harom boldi. Nazming jahondagi mam-
lakatlami, jahon emas jon mamlakatlarini tutib
ketgan edi, masnaviyga shitob qilib, qalaming-
dan sof durlar to lea boshlading. Shunda ajoyib
ish yuz berib, nazming el nazmiga shikast bera
boshladi. So'zda menga tatabbu’ qilarkansan,
necha bor iltijolar aylading. Chunki men «Xam-
sa»da: «Наг kimki, men bilan bellashishga umid
qilsa, so'zim o'rog'idan keskir tig' yasab, u tig'
olmosi bilan boshiga uray!» - deb ogohlantirgan
edim. Ko‘p odamlar bu so'zlarimga da’vo qilmoq
uchun kurashishdi. Shu daVo yolida boshlarini
fido qilmoqchi ham bolishdi. Farzandim Xusrav
Allohga iltijo qilgach, u ganjlar sirini topa oldi.
Yana bir, ikki, uch odam qiynalib mehnat qilib,
o‘z nasibalariga erishdilar.
Sen bu yolga qadam qolgach, o'zingni un-
utib, bor xayolingni shu ishga berding. Baland
martabang tog‘cha bolsa-da, maqsading oldida
tufrog'cha ham bolmadi. Farzona Jomiy kabi pir
tanlab, Nizomiy singari madadkor topib, poklik
bilan bu ishga qol urgan choglngda poklar ruhi
oldingda y o l ochib berdi.
Sahar vaqtlarida ruhimni duo bilan yod etmay
turib, yozuvingni boshlamasding, faqat meni
emas, balki bor nazm ahlini pok duo bilan tilingga
olib, hurmating bizlarga behisob bolib, biz ham
senga adadsiz madad qilib turdik. Bolmasa, ikki
yilda bir «Xamsa» tugatmoq xomxayoldan boshqa
narsa emas edi.
«Xamsa»ngdagi beshta xazinaga toldirilgan
gavharlami ado qilib bolmaydi. Ulardagi dur-u
lallar barcha ko'zdan yashirin bolib, duridagi
iplami ham, lallaridagi teshiklarini ham ko‘rmoq
ilojsiz. Haq taborak senga bu durlami bergan
ekan, umid shuki, ular muborak bolg'ay.
Har bir kishi sen kabi kirishsa, evaziga shunday
natijaga erishishi mumkin. Lekin shuncha ma’nolar
xazinasini Haqyashirincha senga bergan ekan, qa-
yerda shunday holatga duch kelsang, bilgilki, uning
sababi ikki ishdir: biri shuki, sen ham iltijo qilishga
e’tibor berding, sirlar ahli seni qabul ayladilar va
ragl)atlantirib turishga harakat qildilar, barchalari
himmat bilan senga madad ko'rsatdilar. Yana biri
shuki, ilm-u hunar ahli har nima qilsa, lof uradi-yu,
ishni murabbiy qiladi. Hunarparvar ish buyuruvchi
bolsa, hunarmand lof urguvchidir. Sening shohing
sohibkamol bolib, oldida mulk-u mol qadrsiz edi.
Unga men aytgan ikki ish nasib etgan edi. Uning
ajoyib zamonida ajoyib ishlaming yuz berishi ajab-
lanarli emas. Xalqqa chorasoz, mehribon shoh
xaloyiq fozili Shohi G'oziydur. Tangri uning davlatini
barqaror, martabasini yetti osmondan ham yuqori,
buyuk qilsin. Zero, uning zamonida sendek kishi
dunyoga keldi. Sening ishing esa odamzod qila ola-
digan ish emasdir».
So‘z shu yerga yetganda, men beixtiyor o'mimdan
turdim-da: «Shohga hamd-u sano aytdingiz, endi
davlatiga ham duo qilsangiz», - deb iltimos qildim.
Sirlar donosi Mir Xusravga qarab: «Sen Shohi
G‘oziyga madh aytuvchisan. So‘zingdan ba’zi bayt-
lar yodidadir, asarlaring muborak xislatidadir.
So'zlaringdan ko‘ngli ta’sirlanib, nafasingdan duo
ham unga asar qiladi. Duo qilginkim, olimlar-u
donishmandlar «omin» desunlar, biz ham «omin»
deylik», - dedi. Davradagi she’r ahliga murojaat
qilib, yana shunday dedi: «Sizlar shoirsizlar, u esa
xushtab’ shohdir. Farzand Xusrav duo aylasa,
uning tilaklarini Haq ravo qiladi. Barchangiz dil-u
jon bilan «omin» dengiz. Ko'zdan oqqan yoshlar-
imiz bilan duo qilaylik».
Bu so'zlami eshitganlar ma’qullagach, hamma
himmat bilan shohga qilingan duoga «omin»
dedilar. So‘z ustasi Xusrav o'midan turib, duosini
shunday boshladi: «Yo rab, to olam bor ekan,
odam zoti ham boladi. Taxti hukmiga olam kirib,
jinsi odamning barchasi bandasi bolsin. Qiyomat-
gacha davlati barqaror bolib, kunlari hamisha
shodu xursandlik bilan o‘tsin. Adolatidan jahon
ahli, xususan, fazl-u kamol ahli tinch-omon ya-
shasin». Shunday duo tugallangach, barcha ilm
ahli qollarini yuzlariga surtdilar. Ahli savob qilgan
duoni, ajab yo‘qki, Haq mustajob qilgaydir.
Duo tugagach, qoVnimdan «Xamsa»ni chiqarib,
qora tuproqqa o‘zimni tashlab, yiglab, shunday
iltijo qildim:
Do'stlaringiz bilan baham: |