Xamsa alisher Navoiy xamsa


 Kom -  maqsad; bahra olish



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/220
Sana30.12.2021
Hajmi10,71 Mb.
#86939
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   220
Bog'liq
Xamsa. Alisher Navoiy

42 Kom -  maqsad; bahra olish.

43 Sa’yu ehtimomi -  harakat qilish.

44 Harza -  befoyda.

45 Ramaq -  oxirgi nafas.

46 Guziri -  chorasi, iloji.

47 Tarabnok -  xursand.


uni  oldirishni  to‘g‘ri  deb  oyiamayman.  Menga 

bu  ishda  bir у о Ini  ko‘rsatmasang  bolmaydi»,  -  

deb  iltijo  qildi.  Ikkovlari  bu  xususda  fikrlashib, 

ba’zida tortishib, oxiri shunday qarorga kelishdi: 

odam oldirishni o‘zi uchun  savob deb biladigan 

bir qotilni topishadi-da, unga Farhodning oldiga 

borib:  «Xisrav  Arman  shahrini  bosib  oldi,  ma- 

qsadlari ro^obga chiqib,  hozir Shirin bilan davr 

surishyapti. Mehinbonu jiyanini shohga nikohlab 

berdi.  Sevganing  sendan  Xisravni  afzal  ko'rgan 

ekan, endi oshiqligingdan nima foyda? Yaxshisi, 

uni tark etib, o‘z yurtingga ketganing afzal», -  deb 

aytishni  buyurishadi.  Bu  so‘zlarni  eshitgach, 

boshini olib bir tomonga y o l olsa, tashvishlardan 

qutulamiz.  Shirin  bilan  Mehinbonu  Farhodning 

ketganini  bilishsa,  undan  umidlari  uzilib,  ayt- 

ganimizga  ko'nishlari  aniq.  Agar  Shirin yoridan 

ko'nglini  uzolmasa,  yana  boshqa  bir  tadbirni 

oyiab  toparmiz».  Ushbu  chorani  о У lab  topish- 

gach, bir hiylakor kampimi topib kelishdi. U qaddi 

ikki bukilgan bir makkora bolib, ko‘p hiylakorlik 

qilganidan yuzini ajin bosgan, umrida biron marta 

ham rost gapirmagan, afsun-u hiyla bilan toshni 

ham  yumshatib  mumga  aylantiradigan,  otaga 

qizini,  o‘gllga onasini nikohlay oladigan, bir so‘z 

bilan xonadonlami vayron qiladigan, istasa, yuzta 

Buqrotni gum qilishga qodir, zulm tiglni urib, Far- 

hodga  o'xshagan  pahlavonlarning  ham  boshiga 

yeta oladigan berahm bir badbaxt edi.  Unga bor 

gapni yashirincha bayon qildilar, hadsiz-hisobsiz 

mukofotni va’da qilib,  Farhod tomon jo'natdilar. 

«Farhod boladimi, polat tog' boladimi, bir afsun 

bilan  yo‘q  qilaman»,  -   deb  Xisravni  ishontirgan



bu  makkora  bir necha kun  mobaynida dasht-u 

vodiylardan o‘tib Farhodning manzilgohi bolgan 

tog‘ oldiga yetib bordi. Uni ko‘rgan Farhod darrov 

o'midan turib salom berdi-da, bu tomonlarga ke- 

lishidan  maqsadi  nima ekanini  so'radi.  Kampir: 

«Men el-u yurtimdan voz kechgan zaif, xasta jon 

bir odamman.  0 ‘n-o‘n besh yildan beri bir xilvat 

joyda yashab,  toat-ibodat  bilan  mashg'ul  edim. 

Jahondagi  biron  kishi  bilan  ishim  yo‘q,  Tangri- 

dan o‘zga bir kishim ham yo‘q edi. Arman mulk- 

ida  tinchlik-omonlik  bolganidek,  mening  holim 

ham  xotirjam  edi.  Parvez  otliq  bir  shoh  kelib, 

elning  tinchligini  buzdi,  sen  bu  haqda  eshitgan 

bolsang kerak. Elning ahvoli ham, mening hayo- 

tim ham o'zgarib ketdi. U yerda toat-ibodat qilish 

qiyin  bolib  qoldi.  Shunda  kechiktirmay  eldan 

yiroqroq bir yerda yashay,  umrim ham oz qoldi, 

olsam  o‘sha makondagi g‘or menga go‘r boladi, 

deb  oyiab  bu  tomonga y o l  oldim.  Tog'da  kezib 

yurib,  shu  manzilni  yoqtirib  qoldim.  O'zim  tog' 

ichida tirik bolsam ham, umrdan qolimni yuvib 

qo^yganman.  Odamzod -  vafosiz,  uni  eslashdan 

foyda yo‘q», -  dedi.

Bu  so‘zlami  eshitgan  Farhod  xursand  bolib, 

uning oldidagi tuproqni,  keyin oyoglni o‘pdi-da, 

«Vafosizlik jahon  ahlining  odati.  Biron  ish  seni 

xafa  qilgan  ko'rinadi.  Arman  diyoridagi  ahvol 

tufayli ko'nglung g4ibor topdimi?» -  deb so‘radi. 

Makkora:  «Ey  o‘glim,  gaplaring  rost,  bu  mam- 

lakatdan omonlik ketib, о‘mini yomonlik egallagan. 

Mehinbonu  bilan  Xisrav yarashib,  o'zaro  yaqin 

bolib  olishdi.  Xisrav  nikoh  ishini  oraga  solgan 

edi, malika ham rozi bo la  qoldi. Katta to y bolib,



mamlakat-u  taxt  may  seli  ostida  qoldi.  Solih 

odamlar shahami tark etib, har yoqda zor-u sar- 

gardon bolib yurishibdi, Shirin esa juda g‘amgin 

bolib, faiyod chekib o'zini oldirdi. Ba’zilar zahar 

ichgandir,  deyishyapti.  Uning  Farhod  degan  bir 

dardmand sevgilisi bor ekan. 0 £sha yigitdan ayril- 

ganiga chiday olmay, uning ishqi bilan bu olam- 

dan ko‘z yumibdi. Olim oldida ham Farhod nomi 

uning tilida ekan», -  dedi. U ushbu so'zlami aytar 

ekan,  og‘zidan  «oh»,  «vo  darig1»  degan  iboralar 

to'xtamay chiqardi.

Bu afsonani eshitgan Farhodning kolcsiga yuz 

ming tig‘ urilgandek boldi.  Kampir nayrang ish- 

latib, oh-faiyod qilar ekan,




Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish