Xamsa alisher Navoiy xamsa


Farog‘at birladurlar у о malohat



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/220
Sana30.12.2021
Hajmi10,71 Mb.
#86939
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   220
Bog'liq
Xamsa. Alisher Navoiy

Farog‘at birladurlar у о malohat.

Kecha ul ko‘y aro qilgbnda faryod, 

Qilurlarmi bu itgan itni ham yod,  -

so'zlari bilan murojaat qilib: «0 ‘sha itlar yigllgan 

choglarda meni yo'qlasharmikan, suv ichganlari- 

da, mening ko‘z yoshlarimni eslasharmikan, o'sha 

ostonaga  bosh  qotyganlarida,  menga  ham  joy 

qoldirisharmikan, menga qazodan yetgan azoblar- 

ni bilib, holimga aza tutib tunlari ulusharmikan, 

bo'yinlarini  boglashganda,  mening  bo'ynimda 

yuzta  kishan  borligini  bilisharmikan?  Ularning 

ichida menga obcshagan  behol,  qo‘tir bir it  ham 

bor  bolib,  men  kabi joni  o'rtansa  ham,  sening 

yuzingni ko'rishga ko'zlari to‘rt bolib  turardi.  U 

bilan men senga vafodorlikda tortishardik. 0 ‘sha 

it menga doim mehribonlik ko'rsatar, ko'zim qoni- 

ni ko'rganida, uning ham qoni oqar, bir do'st kabi 

men  bilan  yaqin  edi.  Uning  ahvoli  qandaykan, 

ostonangda  panoh  topganda,  meni  ko‘z  oldiga 

keltirarmikan?




Maktubingda har biri  durdonaga teng yaxshi 

so'zlami yozibsan, ularning har biriga jonim sadqa 

bolsin.  «Mening ham g‘am-u dardim ko‘p», -  de­

gan gapingni o'qib, jonim kuyib ketgandek boldi. 

Menga  o'xshagan  yuz  minglab  oshiq  olganida 

ham, muborak xotiringga g‘am yetmasin. «Sen no- 

tavon bolsang ham, pahlavonsan, 

tog‘

 bolsa ham 

teshang oldida past, sher bolsa ham panjangdan 

halok  boladi»,  -   debsan.  Unday  zo‘r  shavkat-u 

quwatim  qolmagan.  Hozir  chumolidek ojizman. 

Ishq hatto ajdahoni ham chumolidek qilib qo“yar 

ekan.  «Taxt-u  tojim,  mamlakat-u  lashkarim 

dushman  qoliga  tushdi,  Mehinbonu  bilan  men 

qo‘rg‘onda qamalib,  azob  chekmoqdamiz»,  -  deb 

yozibsan.  Bu gaplaringning barchasi rost.  Lekin 

boshga kelgan qazoga rozi bolishdan boshqa cho- 

rayo'q. Mamlakating, sipohlaring, xalqing boshiga 

tushgan balolardan xabardorman. «Bu azoblarga 

sen  sazovor  eding-u,  falak ularga zulm  qildi»,  -  

desang, bu ojiz jonimni fido qilishga tayyorman.

Mening  ham  erkin  diyorim,  iqtidorli  xalqim 

bor  edi.  Otam  necha-necha  iqlimga  xoqon  edi. 

Boshimda toj,  oyoglm  ostida taxt bor edi.  Xitoy 

bilan Chindagi o‘n ikki ming shahar hukmim os­

tida bolib, shungayarasha sipohlar-u boyliklarga 

egalik qilardim.  Boshimga ishq mojarosi tushib, 

diyorimdan ayrilib, bu yerlarda devona bolib yu- 

ribman.  Otam  bilan  onam,  necha  ming  shahar 

xalqi mening ahvolimdan iztirob chekmoqda. Bu 

ishlar  uchun  kimga  ta’na  qilay?  Taqdirga  tan 

berishdan  o‘zga  qanday  chora  bor?  Bu  nomani 

hushimdan ozgan holda yozdim. Shuning uchun 

nima  yozganimni  ham  bilolmadim.  Men  devo­

na o'zimdan  ogoh  emasman:  xato  so‘zlar  degan



bolsam,  kechirgin,  chunki majnunlarning xato- 

sini hamma ham kechiradi».

Shirin  ushbu  maktubni  iztirob  chekib  o‘qir 

ekan,  qalbi tirnalar,  Farhodining tirik ekanidan 

shodlanib yerga bosh qoyar, chekayotgan azobla- 

rini  anglab,  nola  qilib,  ko‘z  yoshlarini  tolcardi. 

Xat mazmunini Mehinbonuga so‘zlab berganida, 

malika ham g'amga toldi. Keyin Shopurga o‘z ehti- 

romlarini bildirib, izzat-ikrom ko'rsatishdi. Undan 

Farhodning ahvolini birma-bir so‘rar ekanlar, ko‘z 

yoshlarini tobctatisha olishmasdi.

Shopur ikki sevishgan qalb sohiblarining mak- 

tublarini bir-birlariga yetkazib yurar ekan, Xisrav 

bundan xabardor bolib qoldi. Farhod bilan Shirin­

ning o'zaro kelishib, biron yoqqa qochib ketishlari 

mumkinligini, ulami qidirib topishganda ham bu 

pahlavon  yigitni  qolga  olish  oson  bolmasligini 

о*ylagan shoh o‘ziga otilgan toshni esladi. Farhod­

ning har bir qadamini kuzatib yurish foydasizligiga 

ko£


zi yetgan Xisrav shahardan Salosil qo‘rg‘oniga 

qadar bolgan yashirin yollarga josuslami qo^ib, 

har bir yolovchini tekshirib, kimdan bir maktub 

topilsa,  tezlik  bilan  o‘z  huzuriga  olib  kelishni 

buyurdi. Ikki-uch kun otib, Shirinning maktubini 

olib kelayotgan  Shopumi qolga olib Xisrav dar- 

gohiga keltirdilar. Xatni o‘qigan shoh muhabbat 

dostoni bilan tanishgandek bolib, boshidan qora 

tutun  chiqib  ketayotgandek  boldi.  Har  bir  so‘z 

vafo  nishoni  bolib,  cheksiz  mehr-u  muhabbat, 

ahd-u paymonlar ifodasidan darak berardi.

Maktubda Xisrav nomi ham tilga olingan bolib, 

uning  Arman  mulkini  vayron  qilgani,  xalqqa 

ko'pdan  ko‘p jafolar yruzlangani  aytilib,  uni  goh





Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish