Surxondaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasining
-sonli MEHNAT SHARTNOMASI
Termiz shahri 2022 yil «10» mart
1. Surxondaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i nomidan
Xamidova Suluv Yangiboyevna
(Familiyasi, ismi, otasining ismi)
(Keyingi o‘rinlarda «Ish beruvchi») orqali bir tomondan va fuqaro,
Nazarov Aydullo Zaydullayevich
(Familiyasi, ismi, otasining ismi to‘liq yoziladi)
(Keyingi o‘rinlarda “Xodim”) ikkinchi tomondan, mazkur shartnomani quyidagilar haqida tuzadilar:
1. Xodim kasbi
Sariosiyo tumanidagi 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab direktori (MT bo‘yicha lavozimining to‘liq nomi)
2. Shartnoma ____Asosiy_____ bo‘yicha tuzilgan xisoblanadi.
(Asosiy ish, o‘rindoshlik yoki qonunchilikka muvofiq boshqa)
3. Shartnoma turi ____Nomuayyan_______
(muayyan muddatga, nomuayyan muddatga)
4. Shartnomaning amal qilish muddati _10_ _mart_.2022 yildan boshlandi
5. Sinov muddati _______Uch oy_______
(Sinovsiz, sinovning davomiyligi)
6. Xodim majburiyatlari;
- mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish;
-Ish beruvchining qonuniy buyruq va qarorlarini qonun doirasida bajarish;
-mansab yo‘riqnomasi talablariga rioya qilish;
-YATMM, MM bilan nazarda tutilgan malaka majburiyatlariga rioya qilish;
-xizmat vazifalarini o‘z vaqtida sifatli bajarish;
-ichki mehnat tartibi qoidalariga va jamoa shartnomalari talablariga rioya qilish;
-ish joyiga va xizmat safarida spirtli ichimliklar ichib kelmaslik va jamoat joylarda odob-axloq qoidalariga zid harakatlar sodir qilmaslik;
- jamoat ishlarida va umumxalq xasharlarida faol ishtirok etish;
7. Ish beruvchining majburiyatlari;
-xodim mehnatini tashkil etish, xodimni mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik qoidalari, lavozim yo‘riqnomalari, jamoaviy shartnoma va ichki tartib-qoidalar, tegishli hujjatlar bilan tanishtirish;
- ish haqini o‘z vaqtida to‘lash;
- ish joyida mehnat intizomiga rioya etilishini ta’minlash;
- xavfsiz va unumli mehnat sharoitini yaratish;
- mehnat muhofozasi va texnika xavfsizligi qoidalariga muvofiq ish joyini jihozlab, xodimlarga xavfsiz mehnat sharoitini yaratish;
- qonunlar va boshqa meyoriy hujjatlarga amal qilish;
8. Ish kunining tartibi: -soatbay;
-soat 8:00 dan 17:00 gacha, tushlik sota 13:00 dan 14:00 gacha;
-haftaning ish kunlari:
-dushanba-shanba kunlari,
-dam olish kunlari yakshanba, qonunda belgilangan bayram kunlari;
9. Amaldagi mehnatga xaq to‘lash tizimi, shakli va shartlariga muvofiq xodimning mehnatiga haq to‘lash quyidagicha belgilanadi:
-mansab maoshi oyiga shtatlar jadvaliga muvofiq___
(yozma ravishda ko‘rsatiladi)
Belgilangan mansab maoshi shartnoma shartlari bajarilgan taqdirda kafolatlangan bo‘lib hisoblanadi va qonun, meyoriy hujjatlar, mazkur shartnoma (mehnatga haq to‘lash shartlari) bilan beliglangan tartibda o‘zgartirilishi mumkin.
-amaldagi qonunchilik va meyoriy hujjatlarga muvofiq mehnat shartlari bilan bog‘liq qo‘shimcha, ustama to‘lovlar va kompensatsiyalar, rag‘batlantirish xusussiyatiga ega bo‘lgan qo‘shimcha, ustama to‘lovlar mukofotlar, hamda o‘zining huquqlari va mavjud mablag‘lari miqyosida rahbar tomonidan belgilanadigan boshqa to‘lovlar;
Vazirlar maxkamasining 2017 yil 4 oktabr kunidagi 795-sonli qarori va boshqa tegishli qonunlar asosida;
10. Xodimning davomiyligi asosiy (mehnat) 15 ish kuni va qo‘shimcha
33 kundan iborat bo‘lgan, haq to‘lanadigan yillik mehnat ta’tili taqdim qilinadi.
11. Mehnat shartnomasining mehnat sharoitlari, mehnatga haq to‘lash xususiyatlari, ijtimoiy himoya qilish, imtiyozlar, kafolatlar berish bilan bog‘liq boshqa shartlari;
______________________________________________________________
12. TOMONLARNING MANZILGOHI VA IMZOSI:
Xodim: Ish beruvchi:
_______________________ Surxondaryo viloyati xalq
_______________________ ta’limi boshqarmasi boshlig‘i _______________________ Xamidova Suluv Yangiboyevna
Manzil:________________ Termiz sh. Totuvlik ko‘chasi
_______________________ Tel: (376) 22-7-35-55
____________10.02.2022 yil ____________10.02.2022 yil
(Imzo, sana) (Imzo, sana)
Ichki mehnat tartib-qoidalari bilan tanishdim:____________________________
Jamoa shartnomasi bilan tanishdim:______________________________________
Mehnat vazifalari bilan tanishdim: _____________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |