Xamidova o’giljon 19-17 Toģay Murod “Oydinda yurgan odamlar”


Shukur Xolmirzayev 1940- yili Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tavallud topdi. U o‘rta



Download 38,16 Kb.
bet2/3
Sana31.12.2021
Hajmi38,16 Kb.
#264548
1   2   3
Bog'liq
2-Topshiriq

Shukur Xolmirzayev 1940- yili Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tavallud topdi. U o‘rta maktabni tugatib, Toshkent dorilfununida tahsil ko‘rdi. Ijodi o‘quvchilik yillaridan boshlandi. Shukur Xolmirzayev hozirga qadar kitobxonlarga juda ko‘p hikoyalar, bir necha qissa va romanlar taqdim etdi. Uning ilk qissasi “Oq otli” tog‘ bolalari hayotidan hikoya qiladi. Shukur Xolmirzayevning talabalikda yozilgan “To‘lqinlar” (1963) povesti zamondoshlarimizning murakkab taqdirini qalamga olinishi va o‘ziga xos mahorati bilan Abdulla Qahhorning e’tiborini tortgan va ulkan adib student Shukurga maktub bitib, uni qutlagan edi. Yozuvchining “O‘n sakkizga kirmagan kim bor?” (1965), qissasi avlodlar qismatiga, aniqrogi o‘z avlodi – tengqurlari hayotiga bag‘ishlangan bo‘lib, voqelik ilk muhabbat iztiroblari tarixida tasvirlanadi. Muallifning keyingi ijodi – “Olis yulduzlar ostida” “Hayot abadiy”, “Og‘ir tosh ko‘chsa…” hikoyalar to‘plami, “So‘nggi bekat”, “Qil ko‘prik”, “Yo‘lovchi”, “Olabo‘ji” romanlaridir.

Shukur Xolmirzayev ijodining alohida xususiyati shundaki, bu adib o‘zbek milliy hikoyachilik san’atini ustozi Abdulla Qahhordan keyin yangi, yuqori bosqichga ko‘tardi. Uning povest va romanlari hech qolishga sig‘mas, tesha tegmagan obraz, xarakterlarga boyligi bilan ajralib turadi. San’atkor dramaturgiyaga qo‘l urib, “Qora kamar” asarida bosmachi tamg‘ali o‘zbek vatanparvarlarini ilk bor ulug‘ ozodlik, mustaqillik g‘oyasi uchun qahramonona kurash olib borgan fidoyi millatparvarlar qiyofasida haqqoniy badiiy aks ettirib berdi.

Xolmirzayevning dastlabki hikoya va ocherklari 1958- yildan nashr etila boshlagan. Xolmirzayev ijodining ilk davridayoq xikoya bilan bir qatorda qissa janrida ham kalam tebratib, “Oq otli” (1962), “Toʻlqinlar” (1963), “Un sakkizga kirmagan kim bor?” (1965) qissalarini yaratdi. Bu asarlar 60- yillardagi oʻzbek qissalarining eng yaxshi namunalaridan boʻlib qoldi. Yozuvchining shu davrda yozgan hikoyalari keyinchalik “Olis yulduzlar ostida” (1971), “Hayot abadiy” (1974), “Ogʻir tosh koʻchsa…” (1980), “Yoʻllar, yoʻldoshlar” (1984), “Bodom qishda gulladi” (1986), “Togʻlarga qor tushdi” (1987) singari toʻplamlaridan oʻrin oldi. Xolmirzayevning hikoya va qissalarida, bir tomondan, yoshlik va talabalik yillarining oʻziga xos romantikasi ifodalangan boʻlsa, ikkinchi tomondan, yozuvchi tugʻilib oʻsgan Boysun tumanida yashovchi turfa tabiatli kishilar hayoti, jamiyatda va ular ruhiy olamida kechgan kurash va oʻzgarishlar oʻzining badiiy talqinini topdi. Keyinchalik Boysun va boysunliklar hayoti Xolmirzayev ijodining asosiy mavzusi darajasiga koʻtarilib, yozuvchi ijodida realistik tasvirning ustuvor yoʻnalishga aylanishida muhim omil boʻldi. Xolmirzayev voqelikdagi murakkab hayotiy jarayonlar va kishilarning ziddiyatlardan iborat ruhiy olamini kashf eta borgani sayin uning dastlabki hikoya va qissalaridagi romantik pafos endi oʻz oʻrnini realizmga boʻshatib berdi va yozuvchining oʻzbek adabiyotiga “shafqatsiz realism” unsurlarini olib kirishiga imkoniyat yaratdi. Sh. Xolmirzayev 80-90-yil-larda yaratgan asarlarida mazkur davrdagi jamiyat va xalq hayotining chuqur badiiy tahlilini berdi.

Xolmirzayev “Soʻnggi bekat” (1976), “Qil koʻprik” (1984), “Yoʻlovchi” (1987), “Olaboʻji” (1992), “Dinozavr” (1kitob, 1996) singari romanlarini yozdi. Shukur Xolmirzayevning “Soʻnggi bekat”, “Yoʻlovchi” va “Olaboʻji” romanlarida shoʻro jamiyatining 70-80- yillarga kelib ichdan yemirila boshlagani yorqin badiiy obrazlar orqali aks ettirildi. Bu romanlarda koʻtarilgan ijtimoiy masala yozuvchining “Dinozavr” romanida oʻzining yangicha badiiy talqinini topdi. Shoʻro davlatining xalqparvar davlat ekaniga, u olib borgan ichki va tashqi siyosat xalq va mamlakat manfaatiga xizmat qiluvchi siyosat ekaniga astoydil ishongan kishining hayoti va ruhiy olamidagi ziddiyatlar kurashi tasviri mazkur romanning markazida turadi. Xolmirzayev yozuvchilar orasida birinchilardan boʻlib oʻzbek xalqi tarixining “bosmachilik harakati” deb atab kelingan davrini oʻrgana boshladi.


Download 38,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish