3.Unumli va unumsiz mehnat to’g’risidagi ta'limot.
Smitda bu masala ancha mukammal tahlil etilgan. Fiziokratlarda qiymatning manbai u yoki bu konkret mehnat shakllari emas, qaysi sohada bo’lishining farqi yo’q, balki umuman mehnat ekanligini ko’rsatib berdi.Smitning fikricha, qiymat va foyda umumiy ijtimoiy mehnat bilan yaratiladi.
Avvalo kapitalga almashuvni, ya'ni foyda yaratuvchi mehnat unumli deb e'lon qilinadi, maqsadidan qat'iy nazar odamlarning boshqa turdagi faoliyati
unumsiz mehnat harajatlari deb aytiladi. Unumli va unumsiz mehnatning farqi shundaki, birinchisi kapitalga almashsa, ikkinchisi daromadga almashtiriladi. Bu tushunchadan boshqa fikr ham kelib chiqadi. Mehnat metafizik ravishda qaralib, tarixiy bo’lmagan hamma davrlarga xos kategoriya deb tushuniladi. Moddiy bo’lmagan ishlab chiqarishning hammasi unumsiz mehnat deb qaraladi. Unga davlat chinovniklari, armiya, flot, shuningdek, ruxoniy, xuquqshunos, vrach, yozuvchi, har xil aktyorlar va boshqalar shu guruhga bevosita ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan toifa vakillari qo’shiladi. Demak, tovarda o’z aksini topgan mehnat unumli, xizmat sohalari unumsiz mehnat bo’lib chiqadi. Smitning tasdiqlashicha davlat daromadining deyarli hammasi unumsiz elementlarni ta'minlash uchun sarf bo’ladi (bu gapda jon bor), shu sababli jamiyatda bunday guruxlar imkon boricha kam bo’lish kerak,-deydi. A.Smitning kapital va takror ishlab chiqarish to’g’risidagi nazariyasida ancha katta ziddiyatlar mavjud. U ba'zida kapitalga to’g’ri baho berib, kapital yollanma mehnatni ekspluatasiya qilish tufayli foyda keltiruvchi qiymat, deydi. Boshqa hollarda masalaga tarixdan tashqarida turib qaraladi va kapital bu ishlab chiqarish vositalari zaxirasi (zapasi) bo’lib, ishlab chiqarish jarayonini davom ettirish uchun kerakli deyilgan. Fiziokratlar faqat qishloq xo’jaligida ishlatiladigan kapitalni unumli deb atagan bo’lsalar, Smit sanoat kapitalini ham unumli deb uktiradi (bu uning progressiv tomoni). U savdo kapitali ham unumli deb hisoblaydi, chunki u sanoat kapitaldan ajralib qolgan emas, balki moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan qo’shimcha qiymat - savdo foydasining manbai.Oddiy tovar xo’jaligida kapital kategoriyasi yo’q. Kapital jamg’arish jamiyat boyligini oshirishning bosh sharti deb e'lon qilinadi. Unda asosiy rol tejamkorlikka qaratiladi, noo’rin sarf-harajatlar tanqid qilinadi,kapitalni isrof qilish, ya'ni buromadning daromaddan ortiqcha bo’lishiga qarshi bo’lgan (bu g’oyalar hozirda ham nixoyatda dolzarbdir).Kapitalistlar tomonidan yollanma ishchilarning qo’shimcha mehnat natijalarini o’ziniki qilib olish ijtimoiy hodisa bo’lib, ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida fond yaratish uchun zarur deb hisoblanadi. Kapitalning jamg’arilishi doim va cheksiz ro’y beradi, bu jamiyat uchun foydali ish deb baholanadi (bu investisiyalar uchun asos bo’lib xizmat qiladi).
Smitning kapital ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun zaxira kerak ekanligi to’g’risidagi qoidasi asosiy va aylanma kapital haqidagi tushunchaning boshi edi, bu atamalarni ham u kiritgan. Fiziokratlar (F.Kene) boshlangich va yillik avans (bo`nak) tushunchalarini dehqonchilik kapitaliga qo’llagan bo’lsalar, Smit asosiy va aylanma kapitalni sohasidan qat'i nazar barcha amaldagi kapitalga xos deb tushuntiradi. Ammo u aylanma kapital deganda tovar va pul kapitalini xato tushungan (bu muomala sohasiga xos kapital). Bu kapitalni hosil qiluvchi moddiy elementlarga sotuvchilar qulidagi oziq-ovqat, matyeriallar va tayyor buyumlar hamda ko’rsatilgan taqsimlash va muomilaga kiritish uchun kerak bo’lgan pullar ham kirgan. Uning fikricha, aylanma kapital doimo muomalada bo’lishi kerak.
Savdo-sanoat maqsadlari uchun muljallangan mashina va mehnat qurollari, yerni yaxshilash (tozalash,drenaj qilish, o’gitlash va boshqalar) uchun ajratilgan narsalar jamiyat barcha a'zolarining o’zlashtirgan va foydali qobiliyatlari asosiy kapitalga tegishli deb hisoblangan.
Shunday qilib, Pettidan keyin Smit ham asosiy kapitalga xodimlarining mehnat malakasi va qobiliyatini qo’shdi. Bu masalani ancha chigallashtirdi, chunki malaka va qobiliyat kapital deb e'lon qilindi. Uning egasi esa foyda oluvchi bo’lib holadi (ishchi har doim ham foyda egasi bo’la olmayda, uni kapitalist yoki yer egasi oladi). Asosiy S va V kapitalni solishtirib, ular o’rtasidagi farq shundaki, deydi Smit, birinchi S bir egadan ikkinchisiga o’tmay va yana aylanmay foyda keltiradi, ikkinchi V esa egasi qulidan bir shaklda ketib, boshqa shaklda qaytib keladi va foyda keltiradi. Shunday qilib, asosiy kapital umuman aylanmayda, aylanma (oborot) kapital esa doimo muomalada bo’ladi. Haqiqatda asosiy va aylanma kapital ishlab chiqarish kapitalining ikki ko’rinishidir.
Ular bir-birlaridan qiymatlarining aylanish usullari bilan farq qiladi. Asosiy kapitalning qiymati konkret mehnat bilan bo’laklar bo’yicha ishlab chiqarishuvchi tovarga ko`chiriladi, aylanma kapitalning qiymati esa to’laligicha shu tovarga o’tadi. Ijtimoiy kapitalni doimiy va o’zgaruvchan kapitalga bo’lish masalasi Smitga no'malum bo’lib qolaverdi.
A.Smit kapital jamg’arishga katta ahamiyat berdi, talon-tarojlik jamiyat dushmani, tejamkorlik jamiyat xomiysidir, - deb e'lon qildi. Ammo u kapital jamg’arilishini ishchilar tomonidan oddiy iste'mol qilish sifatida ifodalaydi, qo’shimcha qiymatning kapitalashuvini esa faqat o’zgaruvchi kapitalga aylanish deb tushundi. Individual kapital doimiy va o’zgaruvchan qismlarga bo’lingan. Ammo u ijtimoiy kapitalni butunlay o’zgaruvchan kapitaldan iborat deb xato uylagan, ya'ni kapitalning unumli mehnatni ta'minlash uchun ketadigan qismiga tenglashtirgan. Smit shunday fikr yuritadi: kapitalistning tejamkorligi unumli xizmatchilarni ta'minlash uchun muljallangan fondni ko’paytiradi. Bu esa o’z navbatida xizmatchilar sonini oshiradi, ular o’z mehnati bilan yaratgan tovarlar qiymatini oshiradi, undan so’ng qo’shimcha mehnat harakatga keladi, oqibatda yillik mahsulotga qo’shimcha qiymat qo’shiladi.Smitning butun ijtimoiy kapitalni takror ishlab chiqarish nazariyasi uning qiymat nazariyasiga asoslangan. U ijtimoiy mahsulot qiymatining tarkibiy qismlari to’g’risida xato ta'limot yaratdi. Olimlar buni "Smit dogmasi" deb ataydilar. Smitning fikricha, yalpi ijtimoiy mahsulotning qiymati ish haqi, foyda va renta yiqindisiga teng, ya'ni daromadlar summasidir. Ishlab chiqarish jarayonida jonli mehnat bilan birga ishlab chiqarish vositalri ham qo’llanishini tushungan holda, Smit shunga qaramay ishlab chiqarish vositalari qiymatini oxir-oqibatda ish haqi, foyda va renta kabi daromadlarga bo’lish mumkin, deb uyladi.
Shunday qilib, u yalpi ijtimoiy mahsulot "qiymati" dan doimiy kapital s ni chiqarishib tashlagan. Qiymatdan uning tarkibiy qismi bo’lgan doimiy kapitalni inkor etish takror ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilish imkonini yo’qka chiqarishadi. har yili ishlab chiqarishilgan mahsulot go’yo to’la iste'mol qilingan bo’lib chiqadi. o’z-o’zidan ravshanki, bunday sharoitda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish emas, xatto oddiy ishlab chiqarish mumkin bo’lmay holadi (doimiy kapital S ko’p yillar ish beradi).
A.Smit takror ishlab chiqarish muammosini echish ucho’sh yo’l qidirib o’z nazariyasiga yalpi va sof daromad o’rtasidagi farqni kiritadi. Muayyan mamlakatning yillik barcha mahsuloti yalpi daromad bo’lsa, sof daromadning
shunday bir qismiki, uni shu mamlakat aholisi o’z kapitalini sarflamay iste'mol zazirasiga qo’yishi mumkin. Smitning xatosi shuki, u yillik mahsulot qiymatini shu yili yangidan hosil qilingan qiymat bilan aynan bir deb uylagan (milliy daromad). Lekin yangidan hosil qilingan qiymat daromadlarga ajraladi, yillik mahsulot qiymati ishlatilgan ishlab chiqarish vositalari qiymati, ya'ni doimiy kapitalni ham o’z ichiga oladi. Bu xatolik Smitning qiymat to’g’risidagi ta'limotining kamchiligi va cheklanganligidan kelib chiqkan.Smit mehnatning ikkiyoklama xarakterini tushunmasdan, abstrakt mehnat yangi qiymat hosil qilishini, konkret mehnat esa ishlab chiqarish vositalri qiymatini yangi yaratilgan mahsulotga o’tkazishni ko’rsata olmadi. Ijtimoiy mahsulot qiymatidan doimiy kapital qiymatini yo’qotib qo’ygan Smit kapital jamg’arilishini butun qo’shimcha qiymatning qo’shimcha ish haqiga aylanishi bilan teng degan xato xulosa chiqarishdi. U o`ylar ediki, kapitalistik ishlab chiqarish rivoji bilan ishchilar va ularning iste'moliga talab ham bir xil sur'atda oshadi, chunki daromad va shaxsiy iste'mol ishlab chiqarish bilan parallel o’sadi (bir qancha mamlakatlarda shunday bo’lmoqda). A.Smit erkin raqobat davridagi Buyuk Britaniyadagi iqtisodiy siyosatni asoslashga katta e'tibor berdi. U ishlab chiqarishuvchilarga iqtisodiy erkinlik ta'minlashni, davlatning iqtisodiy hayotga aralashmasligini talab qilardi. Ammo mamlakatning mudofaa manfaatlari iqtisodiyotdan ustun ham bo’lishi mumkin degan fikri ham bor, ya'ni bu ba'zi paytlarda davlatning iqtisodga aralashuvi zarur deganidir. U seh tartib- qoidalari, eskirgan qonunlar, korporasiyalar va savdo monopoliyalari imtiyozlariga qarshi chiqdi, ya'ni hamma uchun bir xil imkoniyatni yoqladi. hodisalarning stixiyali borishini va raqobatni har qanday cheklash iqtisodiy rivojlanishni albatta sekinlashtiradi. Ammo Smit davlatning ayrim funksiyalarini ijobiy baholadi, masalan, mamlakat ichki tartibini saqlash, tashqi g’arbiy havf-xatardan asrashni xo’jalik rivojining zaruriy shartlari deb hisobladi. Davlat moliyaviy faoliyatiga alohida ahamiyat berilgan. Smit o’z asarining beshinchi, oxirgi kitobini davlat byudjeti va davlat qarzlariga baqishlangan. U faqat butun jamiyat manfaatlariga mos keladigan davlat harajatlarinigina qo’llab-quvvatladi, "arzon davlat" tezisini ilgari surdi.Smit zamonaviy davlatning soliq siyosatining nazariy asoslarini yaratdi.
Soliqlar fuqarolarning kuchi va imkoniyatiga mos kelishi, ishga yaroqli har bir kishiga alohida belgilanishi kerak, soliq imkoni boricha arzon, uning shakli va olinish vaqti esa, to’lovchi manfaatiga mos kelishi zarur (shu g’oyalarga to’la amal qilayotgan davlatlar to’la rivoj topayotir). Sanoatchilar manfaatlarini himoya qilgan olim lendlordlar, ya'ni yirik yer egalariga belgilangan soliq immunitetiga (imtiyozga) qarshi chiqdi. U ish haqidan olinadigan soliq ham mahsulotga loyiq emas deb hisoblaydi. Bu soliqni ham korxona egasi to’laydi, chunki tirikchilik minimumini ta'minlashi kerak.Smit Merkantilizmga, shu bilan birga savdodagi proteksionizmga (davlat tomonidan cheklashlar, soliq, bojxona va boshqalar), tashqi savdodagi har qanday cheklashlarga qarshi edi. Olimning siyosati feodalizm qoldiqlariga katta zarba bo’ldi. Olimlar A.Smitga baho berib,
"ilg’or burjuaziyaning buyuk ideologi" degan edi. Lekin u aslida bzor iqtisodiyotining mafkurachisi sifatida nom chiqarishdi. A.Smit nochor ahvolga tushib qolgan iqtisodiyotni rivojlantirish uchun quyidagi uch omilni ko’rsatib bergan edi:
Mamlakatda tinchlik, osoyishtalik bo’lishi va saqlanishi;
Me'yordagi yengil soliqlar tizimi;
Davlat iqtisodiyot ishlariga xadeb aralashavermasligi zarur, iqtisodiyot tabiiy ravishda amalga oshaveradi.
Bu qoidalar bizning mamlakat xo’jaligiga ham bevosita oid fikrlar hisoblanadi.
Xulosa
Klassik iqtisodiy maktab 18—19-asrlarda vujudga kelgan va zamonaviy iqtisodiy nazariyaning asosi hisoblanadi. U bir guruh nufuzli mutafakkirlar, jumladan Adam Smit, Devid Rikardo va Jon Styuart Mill va boshqalar tomonidan tashkil etilgan.
Klassik iqtisodchilar hozirgi zamon iqtisodiy tafakkurining asosini tashkil etuvchi bir qancha nazariyalar va tushunchalar majmuini ishlab chiqdilar. Ular erkin bozorlar, raqobat va bozorning ko'rinmas qo'li muhimligiga ishondilar. Ular, shuningdek, qiymatning mehnat nazariyasini ishlab chiqdilar, unda tovar yoki xizmatning qiymati uni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat miqdori bilan belgilanadi.
Klassik iqtisodchilar mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot sohalariga katta hissa qo'shgan va ularning g'oyalari bugungi kunda ham iqtisodchilar tomonidan o'rganilmoqda va muhokama qilinmoqda. Biroq ularning nazariyalari muayyan tarixiy sharoitda ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning ayrim taxmin va xulosalari keyingi iqtisodiy maktablar tomonidan e’tirozlarga uchragan.
Xulosa qilib aytish mumkinki, klassik iqtisodiy maktab iqtisodiy tafakkur tarixida muhim voqea bo‘lib, uning g‘oyalari bugungi kunda ham o‘z ta’sirini saqlab kelmoqda. Biroq, iqtisodiy nazariyaning evolyutsiyasi davom etmoqda va klassik iqtisodchilarning g'oyalariga qarshi kurashuvchi va yangi tafakkur maktablari paydo bo'lishda davom etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |