"Xalqlar boyligi…" asaridagi iqtisodiy qarashlar


Mehnat unumdorligi uch usul bilan amalga oshiriladi



Download 311,47 Kb.
bet4/5
Sana22.05.2023
Hajmi311,47 Kb.
#942266
1   2   3   4   5
Bog'liq
7. Klassik iqtisodiy maktabning to‘la shakllanishi

Mehnat unumdorligi uch usul bilan amalga oshiriladi:


  1. Mehnat taqsimoti tufayli ayrim ishchilarning chaqqonligi va moxirligi oshadi;

  2. Bir turdagi ishlan boshqasiga o’tish uchun ketadigan vaqt;

  3. Iqtisod qilinadi (dastgoxdan dastgoxga borish vaqti va yangi turdagi ishga psixologik moslashish uchun ketadigan vaqt iqtisod qilinadi);

Mehnat taqsimoti mashinalar ixtiro qilishga imkon tug`diradi, ya'ni takrorlanadigan jarayonlar mashina qo’llashga qulaylik yaratadi. Undan tashqari ishchilarning bir xil ishni doim takrorlashi tufayli mahsulotning sifati ham yaxshilanishi kerak, bu esa tovarning bahosi, raqobat quvvatini oshiradi.
Shunday qilib, A.Smit manufakturada mehnat taqsimotining roli va mashina sanoati sari rivojlanish tendensiyasini to’g’ri yoritgan. Uningcha ishlab chiqarish hajmi va mahsulot iste'moli ikki omil: aholining unumli mehnat bilan shug`ullanayotgan qismi va mehnat unumdorligining darajasi bilan belgilanadi. Farqli ravishda ikkinchi omil muhimroq bo’lib, u mehnat taqsimoti bilan bevosita bog’liqdir. A.Smit asarida mehnat taqsimotining salbiy tomonlari ham berilgan. Bir xil operasiyani mexanik ravishda takrorlayverish oqibatida ishchi befarosat va nodon bo’lib ham qolishi mumkin.
Aqliy va jismoniy mehnat o’rtasidagi farq odamlarning tabiiy ko’rsatgichlari bilangina aniqlanmaydi, balki ularning hayoti va faoliyati oqibatidir. Faylasuf aravakashdan tug’ma xususiyatlari bilan emas, balki boshqa turdagi mehnat va hayot tarzi bilan farq qiladi. Mehnat taqsimoti qancha mukammal va bozor qancha keng bo’lsa, mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv uchun shuncha keng sharoit bo’ladi, tor bozorda bu imkoniyatlar cheklangan bo’ladi va mehnat unumdorligining o’sishi ham qiyinlashadi. A.Smit bir tomondan manufaktura miqyosida va ikkinchidan jamiyatdagi turli korxonalar, sohalar mehnat taqsimoti o`rtasida prinsipial farq yo’q deb hisoblaydi. Uningcha, butun jamiyat yirik manufaktura miqyosida va ikkinchidan jamiyatdagi turli korxonalar, sohalar mehnat taqsimoti o’rtasida prinsipial farq yo’q deb hisoblaydi. Uningcha, butun jamiyat yirik manufaktura bo’lib, mehnat taqsimoti esa odamlar hamkorligining umumiy shaklidir. Shu bilan birga ob'ektiv sharoitni hisobga olib, manufakturadagi mehnat taqsimoti va endigina rivojlanib kelayotgan mashina sanoatining salbiy oqibatlari ham tan olinadi. Ishchi kapitalning ilojsiz qo’shimchasiga aylanib boradi, ishlab chiqarish vositalaridan, mehnat ob'ekti va sharoitidan maxrum bo’la boradi. Insonning almashuviga moyilligi uning psihologiyasi va xulq-atvoriga xos bo’lib, mehnat taqsimotining rivojiga ham ta'sir etadi.
Bundan keyin, mehnat taqsimotining o’sishi va almashuvining kengayishi parallel boradi va ular bir-birining rivojlanishiga turtki bo’ladi. Bu jarayonda pulning muhim roli bor. Smit tovar dunyosining pulning stixiyali ravishda, ozroq rivojlanish jarayoni natijasida ajralishini ko’rsatib beradi. Pulning paydo bo’lishini ayrim talantli odamlarning kashfiyoti yoki odamlarning o’zaro hamkorligiga boqlash mumkin emas. Smit pulning muomala vositasi funksiyasini boshqalarga nisbatan (bu prinsiplar Smitda beshta, g’arb olimlarida esa asosan uchta) alohida ta'kidlaydi. Oqibatda Smitning fikricha, pul texnik qurol bo’lib, iqtisodiy jarayonlarni yengillashtiradi, uni "muomalaning buyuk g`ildiragi" - deb baholaydi. A.Smit oltin va kumush pullarni qog`oz pul bilan almashtirish maqsadga muvofiq, uni esa barklar cheklangan miqdorda chiqarishi zarur deb hisoblagan, ammo bunga uncha katta e'tibor bermagan. A.Smitning qarashlarida ancha chalkashliklar bo’lsa
ham, lekin u pul va kreditni ishlab chiqarish asosidan chiqarishdi, ularning ishlab chiqarishga nisbatan tobeligini ko’rsatib berdi. A.Smit pul-kredit omillarining mustaqilligini yetarli baholay olmadi, ularning ishlab chiqarishga teskari ta'sirini tushunmadi. A.Smit qiymatning mehnat nazariyasini V.Pettiga nisbatan ancha chuqur va to’laroq ishlab chiqdi (shuni ta'kidlab o’tish kerakki, keyingi g’arb tadqiqotlarida qiymat o’rniga qimmat tushunchasi ko’proq qo’llanilmoqda, marjinalizm nazariyasida ham shunday). U tovarning bozor va tabiiy yoki haqiqiy baholarini farqlaydi, haqiqiy bahoni qiymat bilan aynan bir deb tushunadi. "qiymat" so’zi uningcha ikki xil mazmunga ega.
Bu so’z bilan buyumning foydaliligi (balki qimmati) hamda uni boshqa buyumga almashish qobiliyati belgilanadi. Demak, u iste'mol va almashuv qiymatlarini farqlagan. Masalan, suv va olmosni olib, bu tovarlarning almashuv qiymatini ularning foydaliligi yoki iste'mol qiymati bilan tushuntirish bema'ni ekanligini ko’rsatib beradi. qiymatning yagona manbai va oxirgi ulchovi shu tovarni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat bo’lib, bu mehnat sarflarijami uchun zarur o’rtacha sarfga tengdir. Smit malakali va murakkab mehnatdan oddiyga o’tishga ma'lum koeffisientlar yordamida bajarilishini uktiradi.
Almashuv qiymati tovarning tabiiy xususiyati emas, tovarlarning tabiiy xususiyati, ularning iste'mol qiymatlari hisoblanadi. Agar tabiiy xususiyatlarni inkor etsak, tovarlarda yagona xususiyat holadi: tovarlar inson mehnatining maxsulidir. A.Smit V.Pettidan farqli ravishda (u mehnat faqat oltin yoki kumush ishlab chiqarishda qiymat hosil qiladi, degan edi) mehnat barcha moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida qiymatni hosil qiladi, degan fikrda edi. U ish vaqti va qiymat miqdori orasidagi to’g’ridan-to’g’ri aloqadorlikni aniqladi, mehnat qiymatning haqiqiy asosi ekanligini isbotlashga o’rindi. Smit ta'limotida ishchi kuchi degan kategoriya yo’q, u kapitalist va ishchi o’rtasidagi munosabatda ishchi kuchi sotilishi jarayonini tushunmagan. Ammo ish haqining normal darajasini aniqlashda u amalda ishchi kuchining qiymatidan foydalangan, ish haqining miqdori to’g’risidagi gap borganda esa tirikchilik hurajatlari qiymati hisobga olinishi kerak, deydi. U shuningdek, ish haqi miqdori o’zgarishinnig mexanizmini o’rganib, uning qo’yi chegarasi jimsoniy tirikchilik minimumi bo’lish kerak degan xulosa chiqarishdi. Agar ish haqi unlan past bo’lsa, ishchilarning ommaviy qirg`ini ro’y beradi, Hindiston va Xitoydagi ishchilarning ish haqlari iqtisodiyotning tushkunlik yoki turg’unlik holatida jismoniy minimumga yakinlashadi.
Angliya va Shimoliy Amerikada, ya'ni rivojlanish me'yorida yoki tez sur'atlar bilan brogan davlatlarda ish haqi minimumdan yuqori bo’ldi, undan tashkri ish haqi an'ana, madaniy saviya, tarkib topgan iste'mol me'yoriga ham bog’liq. Ish haqi miqdorining o’zgarishi bozor mexanizmining harakati aosida shakllanadi, uning o’zgarishining bevosita sababi mehnat bozoridagi talab va taklifning tebranib turishi hisoblanadi. Smit jamiyatning uch holatini: yuksalayotgan - progress, stansionar turg’un va tanazzul - regressga uchragan holatlarni izohlagan. Birinchisida boylik ko’payadi va mehnatga talab-extiyoj ortadi. Stansionar holatda ishchilarning ahvoli og`ir, tushkunlikda esa ayanchli bo’ladi. Smitning fikricha, yuqori ish haqi iqtisodiy taraqqiyot-progressga yordam beradi, chunki u mehnat unumdorligini oshirish uchun rag`batlantiradi. U ish haqini oshirish mehnatga bo’lgan layoqatni kamaytiradi, ishchilarni dangasa qilib qo`yadi, degan g’oyalarga qarshi edi (buni V.Pettining fikrlari bilan solishtiring). Yollanma ishchilar aholining asosiy qismini tashkil etadi va bironta jamiyat, shubxasiz, agar uning asosiy qismi kambag`al va oqir ahvolda bo’lsa, baxtli jamiyat bo’la olmaydi. Undan tashqari, oddiy mantiqiy adolat shuni ham talab qiladiki, butun xalqni boqayotgan, kiyintirayotgan va binolarni qurayotgan kishilar o’z mehnati tufayli yaratilgan boyliklardan ma'lum qismini olib, durustgina yashash uchun kerak bo’lgan mablag`larga ega bo’lishi zarur. Bizningcha, bu fikrga hamma yaxshilab e'tibor berishi kerak.
Olimning davlat xizmatchilari, advokat, sudya, ruxoniy va o`qituvchilarning ish haqlari to’g’risidagi fikrlari diqqatga sazovordir. U, ayniqsa oliy o’quv yurtlarida "natijaga qarab haq to’lash" ning yo’qligini qattiq tanqid ostiga oladi. Uning asosiy fikri shuki, cheklangan maosh olayotgan o`qituvchi hech qachon to’la kuch bilan ishlamaydi, chunki u bundan manfaatdor emas. Lekin kam haq to’lash qanchalik ziyon keltirsa, ortiqcha ko’p maosh ham jamiyat uchun naf keltirmaydi.
A.Smit burjuaziyaga ishchilar sinfining qashshoqligi uning manfaatlariga qarama-qarshi ekanligini uqtirdi va xatto foyda kamaygan holda ham ish haqi oshishi mumkinligini ko’rsatib berdi.Burjuaziya bu fikrga, ayniqsa keyingi paytlarda katta e'tibor berdi va Smitning o’gitlariga quloq soldi.
Qiymatning mehnat nazariyasidan kelib chiqib, foyda yollanma ishchi mehnatiga to’lanmagan mahsulotdir, degan xulosa chiqarishiladi. A.Smit qo’shimcha qiymat kelib chiqishining haqiqiy sababini aniqlashgan, chunki foyda kapitalist bilan bevosita boqlangan, bunda ishchi o’z mehnat samarasini kapitalist bilan bo’lishishga majbur bo’ladi. Bu holatda foyda yangi paydo bo’lgan qiymat bilan ish haqining farqi ayirmasidir; ishchiga u hosil qilgan tovarnnig bir qismi tegadi, xolos. qolgan qismini kapitalist foyda sifatida oladi. Amalda foyda qo’shimcha qiymatdir. Fiziokratlardan farqli ravishda, A.Smit qo’shimcha mahsulot faqat qishloq xo’jaligida, iste'mol qiymatlarini ortishi hisobigagina emas, balki xodimning mehnati yaratgan yangi qiymatdir, degan to’g’ri xulosaga keldi (bu yerda ishlab chiqarish sohasining, ya'ni bu soha sanoatmi yoki agrar sohami, xizmatmi-ahamiyati yo’q).
Ammo boshqa holatda u foydani boshqacha tushunadi: yer egasiga rentani to’lagandan keyin sanoat kapitalistida holadigan daromad, pul kapitali egasi ssuda foizini to’lagandan keyin holadigan daromad. Bu yerda foyda xizmatchi kapitalistning korxona daromadi sifatida amal qiladi. Smit bu holdagi foydani korxonani boshqarish bilan bog’liq bo’lgan boshqa ko’rinishdagi ish haqi e'lon qilishga qarshi chiqdi. U foyda miqdori korxonani boshqarishdagi mehnatining miqdori va murakkabligiga emas; balki avans (bo`nak) qilingan kapitalning hajmiga bog’liq ekanligini ta'kidlaydi.Smit qo’shimcha qiymatga ilmiy izoh bera olmadi va uning paydo bo’lish mexanizmini tushunmadi. U foyda barcha avanslangan kapital tufayli tuqiladi, deb o`yladi. Foyda normasining tekislanib borishini, o’rtacha paydo bo’lishi jarayonini sezgan olim bu borada yuzaga keladigan qarama-qarshilikni ko’ra olmadi. Agar qo’shimcha qiymat to’lanmagan mehnat usuli bo’lsa, u kapitalga proporsional bo’la olmayda.
Smit tarixiy rivojlanish tizimi "o’zgaruvchi kapital - qiymat - qo’shimcha qiymat" dan "yalpi avanslangan kapital - o’rtacha foyda - ishlab chiqarish bahosi" tizimiga o’tilganligini inkor etib, o’rtacha foydani qo’shimcha qiymat bilan qorishtirib yubordi. Oqibatda Smit qiymatga kapitalning unumi natijasi yoki kapitalistga uning faoliyati uchun haq sifatida qaraydigan bo’ldi. Shu fikr bilan bog’liq ravishda u foizni to’lagandan keyin holadigan foydaning bir qismi kapitalni qo’llash bilan bog’liq bo’lgan mehnat va tavakkalchilik uchun to’lanadigan mukofot ko’p xollarda arzimas mukofot yoki xaq deb gapira boshladi. Bu xato fikr burjua vulgar olimlari tomonidan keng qo’llaniladi. Smit foyda normasi va prosentning past darajasini iqtisodiy rivojlanish va "millatning ravnaqi" ko’rsatgichi - deb xarakterladi, ammo foyda normasining pasayib borish tendensiyasini tushuntirib bera olmadi. U boy davlatlarda kapital ortiqligi, kapitalistlar raqobatini foyda normasi pasayishiga sabab deb ko’rsatdi. Aslida gap bu yerda kapitalning organik tuzilishida (doimiy kapital S ning o’zgaruvchi kapital V ga nisbati), buni olim ko’ra bilmadi.
Smit burjuaziyani progressiv ilg’or sinf deb hisoblaydi, chunki u kapital jamg’arilishiga va ishlab chiqarishni rivojlantirishga imkoniyat yaratadi. U yirik yer egaligini qo’llab-quvvatlamagan, yer rentasi - yer egasining daromadini foyda kabi ishchining mehnat mahsulotidan chegirilgan qismi, deb tushuntirgan. Smit rentani ijara haqidan ajratgan va rentaning yerni yaxshilash uchun sarflangan kapitalga aloqasi yo’q, deydi, chunki bu yaxshilashni qo’shimcha ijarachi qoplaydi. Ammo ijara shartnomasi yangilashganda yer egasi rentani oshiradi, yerni yaxshilash go’yoki uning hisobiga amalga oshirilgan bo’ladi.
Qiymatning mehnat nazariyasi asosida rentaning ekspluattatorlik tabiati ochib beriladi. Yer kapital kabi o’zga mulk sifatida mehnatkashlarga qarshi turadigan moddiy sharoit hisoblanadi. Yer xususiy mulkka aylangach, xodim, ya'ni ishchi o’z mehnati yakunlarining bir qismini yer egasiga qaytarishga majbur. Renta yerga mulkchilik monopoliyasi paydo bo’lishining oqibatidir. Yer unumi va joylashuvining turli bo’lishi ham rentaga sabab bo’lishi mumkin, deydi Smit. Ammo absolyut va Differensial renta tushunchasi unda bo’lmagan (absolyut renta yerga xususiy mulk bo’lgandagina paydo bo’ladi, Differensial renta esa har doim mavjud). Fiziokratlardagi kabi tabiiy kuch ta'siri ham e'tiborga olingan. Bu variantda rentani hosil qilishda qishloq xo’jaligi ishlari va ishchi hayvonlari ishtiroq etadi. Dehqonchilik kapital qo’yish uchun eng foydali, samarali soha deb hisoblangan. Smit Angliyaning kelajagi shu sohada, deb noto’g’ri uylangan. Uning renta to’g’risidagi boshqa bir qancha fikrlari bor, lekin ular masalani o’ta chalkash va noto’g’ri talqin etadi. Pettining rentani Smitdan yaxshiroq tahlil etganini hayot isbotladi.



Download 311,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish