Xalqimiz uchun yerdan qadrliroq va bebaho ne'mat yo'q. Yerdan samarali foydalanilsa, naqd foydaning tagida qoladi, kishi



Download 60,53 Kb.
bet4/4
Sana20.03.2022
Hajmi60,53 Kb.
#502573
1   2   3   4
Bog'liq
biznes reja

Keyingi tahrirga qarang.
a) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-sentabrga qadar:
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazining sifatni nazorat qilish laboratoriyasi negizida Urug‘ sifatini nazorat qilish bo‘yicha xalqaro uyushmadan (ISTA) akkreditatsiyadan o‘tkaziladigan, Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan laboratoriya amaliyotining xalqaro standartlari (GLP) bo‘yicha zamonaviy yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlangan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining nav, genetika va ekish sifat ko‘rsatkichlarini baholash bo‘yicha laboratoriya tashkil etilishini;
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi Urug‘ sifatini nazorat qilish bo‘yicha xalqaro uyushmaga (ISTA) a’zo sifatida kiritilishini ta’minlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ko‘rsin.
Keyingi tahrirga qarang.
b) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda:
birlamchi materiallar va donorlar to‘planishini, tanlanishini o‘rganish, shuningdek mavjud genetik resurslar va zamonaviy seleksiya usullarini qo‘llash asosida issiqxona xo‘jaliklari uchun jahon bozori talablariga mos keladigan, mazali sabzavot ekinlarining hosildorligi yuqori yangi navlari va duragaylarini yaratsin;
2019-yildan boshlab yetishtirishning gidroponika usuli qo‘llaniladigan issiqxona komplekslari uchun sabzavot ekinlarining hosildorligi va sifati yuqori bo‘lgan, transportda tashishga mo‘ljallangan, jahon bozori talablariga mos keladigan navlari va duragaylarini yaratish bo‘yicha 5 yillik davr uchun ilmiy loyihalarning respublika grant tanlovlarini tashkil etsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Samarqand viloyati Samarqand tumanida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi axborot-maslahat markazini (ekstenshn markazini) (keyingi o‘rinlarda — markaz) tashkil etish bo‘yicha dastlabki loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Samarqand viloyati hokimligi bir oy muddatda tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda markaz tashkil etilishi, joylashtirilishi va faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilishini ta’minlasin.
12. Quyidagilar:
a) markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib:
qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilarga axborot va maslahat xizmatlari ko‘rsatish;
qishloq xo‘jaligi sohasidagi innovatsion ishlanmalar va ilg‘or tajribani o‘zlashtirish hamda joriy etishda qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilarga ko‘maklashish;
kontingentga qishloq xo‘jaligi sohasidagi innovatsion ishlanmalar va ilg‘or tajribani o‘rgatish maqsadida seminar, trening, konferensiya va boshqa tadbirlar (shu jumladan, “dala kunlari”) o‘tkazish;
qishloq xo‘jaligi sohasiga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqarishga joriy qilish uchun tayyor ilmiy ishlanmalar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini yaratish;
b) markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib:
faoliyat sohasi bo‘yicha shartnoma asosida bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlardan tushumlar;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari hamda kreditlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2019-yil yakuniga qadar dastlabki loyiha natijalarini tahlil qilsin va natijalari bo‘yicha ijobiy tajribani boshqa hududlarda tatbiq etish yuzasidan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab “Issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etish va yuritish”, “Agrokimyo va agrotuproqshunoslik”, “O‘simliklarni himoya qilish” ixtisosliklari yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga bakalavrlar tayyorlash yuzasidan qabul kvotalarini kamida 2 barobar oshirish to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda 2020-yil yakuniga qadar O‘simliklar milliy genofondining issiqxona komplekslari uchun qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari bilan boyitilishini ta’minlasin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2019-yilning 1-martiga qadar issiqxona xo‘jaliklarining yagona ma’lumotlar bazasi to‘liq ishlashini va ularda ishlab chiqarilgan meva-sabzavot mahsulotlarining tizimli hisobi yuritilishini o‘z mablag‘lari hisobidan ta’minlasin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi savdo vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda meva-sabzavot mahsulotlari eksportini yo‘lga qo‘yish uchun mazkur mahsulotlarni import qiluvchi mamlakatlarning, birinchi navbatda, Xitoy, Hindiston, Koreya Respublikasi va Yaponiyaning karantin ruxsatini olishda tizimli asosda ko‘maklashsin.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga to‘sqinlik qilayotgan masalalarni tezkor hal etish chora-tadbirlarini, shu jumladan muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirsin.
18. “O‘zeltexsanoat” AK O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda 2022-yil oxiriga qadar issiqxona komplekslari uchun sirkulatsion, tortuvchi ventilyatorlar va boshqa uskunalar, asbob va jihozlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha choralar ko‘rsin.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi “O‘zbekoziqovqatxolding” XK manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda issiqxona komplekslari uchun zarur bo‘lgan uskunalar, asboblar va mexanizmlar ro‘yxatini “O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasiga taqdim etilishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi issiqxonalar komplekslariga talab etiladigan uskunalar, asboblar va mexanizmlar ishlab chiqarish uchun “O‘zeltexsanoat” AK tomonidan taqdim etilgan loyiha hujjatlari asosida chet el investorlarini jalb etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Quyidagilarga:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari S.R. Xolmurodovga — hududlarda zamonaviy issiqxona komplekslarini tashkil etish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining mablag‘larini jalb qilish, shuningdek, zamonaviy issiqxona komplekslarida meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish sohasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va salohiyatli investorlarni izlash bo‘yicha vazirliklar, idoralar va ishchi guruhlar faoliyatini samarali muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abdurahmonovga — urug‘chilikning zamonaviy tizimini shakllantirish, birlamchi urug‘chilik, yangi va istiqbolli navlarni sinash bilan shug‘ullanuvchi urug‘chilik klastyerlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa korxonalar faoliyatini samarali tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri B.T. Yusupovga — issiqxona xo‘jaligi sohasida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda tadbirkorlik subyektlariga axborot-maslahatlar bilan ko‘maklashish, markazning faoliyatini samarali tashkil etish, shuningdek, hokimlar bilan birgalikda mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan tadbirlarni samarali amalga oshirish uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
“O‘zeltexsanoat” AK boshqaruvi raisi A.A. Abdullayevga — issiqxona komplekslari uchun uskunalar, asboblar va mexanizmlar ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 20-noyabr,
PQ-4020-son
Download 60,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish