13-kazus Ota-onalik huquqidan mahrum etilgan ota-onalarning fuqaroligi o‘zgarganda bolalarning fuqaroligi o‘zgarmaydi. Bolalarning fuqaroligi o‘zgartirilishi uchun ota-onalik huquqidan mahrum etilgan ota-onalarning roziligi talab etilmaydi. Savol: Bolalarning fuqaroligini o‘zgartirilishi uchun ota-onalarning roziligi talab etilmaydigan sharoitlarni sanang.
O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 27-moddasiga binoan "O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan bolani farzandlikka olishda Oila kodeksining 157-167-moddalari talablariga rioya qilinishi lozim".
Muhokama qiling: agar farzandlikka olish natijasida farzandlikka olingan bolaning O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari hamda xalqaro shartnomalari bilan belgilangan huquqlari buziladigan bo‘lsa, farzandlikka oluvchining qaysi davlat fuqarosi ekanligidan qat’i nazar u bolani farzandlikka olishi munkin emas, agar u bolani farzandlikka olgan bo‘lsa, bu ish sud tartibida bekor qilinishi kerakligi xususidagi normaning mazmuni va ularning xalqaro huquqiy ahamiyatini misollar yordamida muhokama qiling. “O’zbekiston Respublikasi Fuqaroligi to’g’risida”gi qonunning 32-moddasiga ko’ra, bolaning fuqaroligi o‘zgargan taqdirda, ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan ota-onasining roziligi talab qilinmaydi.
14-kazus 1989-yilda qabul qilingan “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyaga binoan, “Farzandlikka olish tizimi mavjud bo‘lishiga xayrihoh bo‘lgan yoki uni tan olgan ishtirokchi davlatlar birinchi navbatda bolaning eng yaxshi manfaatlari tan olinishini ta’minlaydilar”.
Muhokama qiling: O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan ham, chet el fuqarolari tomonidan ham O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan bolani farzandlikka olish masalasini muhokama eting va xalqaro shartnomalarda ushbu mavzu yuzasidan qanday to‘xtamlarga kelinganligi to‘g‘risida o‘zaro muhokamaga kirishing. 237-modda. Farzandlikka olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan bolani farzandlikka olishda ham ushbu Kodeks 151 — 167-moddalarining talablariga rioya qilinishi lozim. Farzandlikka olishga faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan va faqat ularning manfaatlarini ko‘zlab yo‘l qo‘yiladi. Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning (shaxsning) arizasiga ko‘ra, vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bola manfaatlariga to‘g‘ri kelishi haqidagi xulosasi hisobga olingan holda sud tomonidan amalga oshiriladi. Farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishlar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha alohida ish yuritish tartibida, farzandlikka oluvchilar (oluvchi), vasiylik va homiylik organlari vakillari, shuningdek prokuror ishtirokida sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
O‘n yoshga to‘lgan bolani farzandlikka olish uchun uning roziligi talab qilinadi.