Bog'liq Xalqaro valyuta tizimining shakllanishi va rivojlanishi
Xalqaro valyuta tizimining shakllanishi va rivojlanishi
Erkinov Shohzod
REJA
Kirish
1.Xalqaro valyuta tizimi:mohiyati,vazifalari,elementlari.
2. Xalqaro valyuta munosabatlarining shakllanishi
3.Xalqaro valyuta kursi va unga ta’sir qiluvchi omillar,valyuta kurslarining turlari.
4. Valyuta kursining o’zgarishini bashoratlash taxlili
5.O’zbekiston Respublikasida valyuta kursini tartibga solish usullarini takomillashtirish
Xulosa
Xalqaro valyuta tizimi xalqaro savdo, transchegaraviy sarmoyalar va umuman turli valyutalarga ega davlatlar o'rtasida kapitalni qayta taqsimlashni osonlashtiradigan xalqaro kelishilgan qoidalar, konventsiyalar va qo'llab-quvvatlovchi institutlar to'plamidir.U turli millat xaridorlari va sotuvchilari uchun maqbul bo'lgan to'lov vositalarini, shu jumladan kechiktirilgan to'lovni taqdim etishi kerak. Muvaffaqiyatli ishlash uchun u ishonchni ilhomlantirishi, o'zgaruvchan savdo darajalari uchun Yetarli likvidlikni ta'minlashi va global nomutanosibliklarni tuzatish vositalarini taqdim etishi kerak..
Ko'rib chiqilayotgan mavzu o'zining dolzarbligiga ega, chunki sanoati rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti integratsiyalashuvining chuqurlashishi sharoitida valyuta tizimi jahon iqtisodiy munosabatlarida tobora muhim va mustaqil rol o'ynaydi. Bundan tashqari, u mamlakatning iqtisodiy ahvolini belgilovchi omillarga: ishlab chiqarish va xalqaro ayirboshlashning o'sish sur'atlariga, narxlarga, ish haqiga bevosita ta'sir qiladi.
Valyuta kursini kelib chiqishi mamlakatlar iqtisodiy faoliyatini muhim va ajralmas tarkibiy qismi bo’lgan-xalqaro savdoni rivojlantirish bilan bog’liq. Valyuta kursi xalqaro savdoni rivojlanishiga ta’sir ko’rsatish bilan ichki iqtisodiyotga ham ta’sir ko’rsatadi. Bunga sabab valyuta kursining holati bilan mamlakat iqtisodiyotining barcha sohalarining holati o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikdir
Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi, xalqaro ilmiy-texnikaviy va ishlab chiqarish kooperatsiyasi, kapitalning xalqaro migratsiyasi turli mamlakatlar subʼyektlarining oʻzaro pul daʼvolari va majburiyatlarining paydo boʻlishiga olib keladi. Milliy xo’jaliklar o’rtasidagi to’lov va hisob-kitob operatsiyalarini belgilovchi pul munosabatlari majmui valyuta munosabatlari deyiladi.
Mamlakatlar o’rtasida vujudga keladigan valyuta munosabatlarini tartibga solish uchun valyuta tizimi zarur.Valyuta tizimi - xalqaro shartnomaviy va davlat huquqiy normalarida mustahkamlangan iqtisodiy hayotning baynalmilallashuvi va jahon bozorining rivojlanishiga asoslangan pul munosabatlari majmuidir.
Iqtisodiy munosabatlarning baynalmilallashuvi bilan milliy, mintaqaviy va jahon valyuta tizimlari shakllanadi
Xalqaro valyuta tizimi o'z rivojlanishida bir necha bosqichlarni bosib o'tdi. Har bir bosqich tizim faoliyatining asosiy tamoyillari bilan farq qiladi, ammo avvalgisiga nisbatan ma'lum bir uzluksizlikka ega.
Xalqaro valyuta tizimi evolyutsiyasining quyidagi bosqichlari ajralib turadi:
— Parij valyuta tizimi (1867-yildan XX asrning 20-yillarigacha.)
— Genuya valyuta tizimi (1922-yildan 30-yilargacha)
— Bretton-Vuds valyuta tizimi (1944-yildan 1976-yilgacha)
— Yamayka valyuta tizimi (1976-yildan hozirgacha)