Xalqaro valyuta bozori


Bretton-Vuds valyuta tizimi



Download 0,64 Mb.
bet52/150
Sana29.08.2021
Hajmi0,64 Mb.
#158583
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   150
Bog'liq
маъруза матни ХВБ

Bretton-Vuds valyuta tizimi (Bretton Woods system) – ikkinchi jahon urushidan keyin shakllangan va milliy valyuta tizimlarini etakchi mamlakatlar valyuta tizimiga moslashtirishga asoslangan jahon valyuta tizimidir. Mazkur jahon valyuta tizimi 1944 yil 22 iyulda Bretton-Vudsdagi (Nyu-Xempshir shtati) xalqaro konferentsiyada qabul qilindi. Shuningdek, ushbu tizim doirasida Xalqaro valyuta fondi va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki kabi tashkilotlarni tashkil etish qarori qabul qilindi.

Bretton-Vuds tizimi – savdo xisob-kitoblari va pul munosabatlarini tashkil etishning xalqaro tizimidir. Bu oltin deviz andozasidan erkin savdo orqali valyutalarning talab va taklifi muvozanatini o’rnatuvchi Yamayka tizimiga o’tish bosqichi bo’ldi. Bretton-Vuds tizimida oltin bilan bir qatorda AQSh dollariga jahon puli funktsiyasi berildi.

Bretton-Vuds tizimini tashkil etishdan maqsad:


  • xalqaro savdo hajmini qayta tiklash va oshirish;

  • tashqi savdo balansidagi vaqtinchalik qiyinchiliklarga barham berish uchun davlatlarga moliyaviy resurslar ajratish;

  • barqaror almashuv kurslariga ega bo’lgan, xalqaro valyuta tizimini tashkil etish;

  • qattiq valyuta nazorati bekor qilinishi va barcha valyutalarning konvertirlanishiga erishish.

Bretton-Vuds tizimining oqibati: mamlakatlar iqtisodiyotining dollarlashuvi, ushbu holat pul massasini milliy nazorat ostidan chiqib ketishiga olib keldi.

Bretton-Vuds tizimi quyidagi asosiy tamoyillarga ko’ra amal qildi:



  • xalqaro xisob-kitoblarda oltin o’zining oxirgi pul funktsiyasini saqlab qoldi;

  • dollar yoki oltindagi qa’tiy belgilangan valyuta paritetlari o’rnatildi;

  • asosiy valyutaning kursi (AQSh dollari) oltinga nisbatan qa’tiy belgilandi;

  • asosiy valyutaga nisbatan ishtirokchi mamlakatlar valyutalari uchun qa’tiy belgilangan almashinuv kurslari o’rnatildi;

  • markaziy banklar milliy valyutalarning asosiy valyutaga nisbatan barqaror kursini (±1%) valyuta interventsiyalari yordamida saqlab turishdi;

  • valyuta kurslarini revalvatsiya yoki devalvatsiya orqali o’zgartirish mumkin edi;

  • tizimning tashkiliy bo’g’inlari sifatida Xalqaro valyuta fondi va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tashkil etildi.

AQSh dollari uchun 1 troya untsiya 35 dollar nisbatda oltin standarti o’rnatildi. Natijada AQSh zaiflashgan raqobatchisi Buyuk Britaniyani ortda qoldirgan holda valyuta ustunligini oldi. Amalda xalqaro valyuta tizimining dollar ustunligiga asoslangan dollar standarti yuzaga keldi.

XX asrning o’rtalarida jami dunyo oltin zahirasining 70% AQShga tegishli bo’ldi. Dollar – oltinga almashinuvchi valyuta zahira aktivlari, valyuta interventsiyalari va xalqaro xisob-kitoblarda ustunlik qiladigan vosita hamda valyuta paritetlarida asos bo’ldi. Bir vaqtning o’zida AQShning milliy valyutasi jahon puli sifatida faoliyat ko’rsatdi.

Xalqaro valyuta fondiga a’zo mamlakatlar o’zlarining valyuta kurslarini dollarga yoki oltinga nisbatan belgiladilar, o’z navbatida dollar oltinga bog’langan edi. Shuning uchun oltinning dollardagi bahosi barcha narx xisob-kitoblari uchun asos bo’ldi. Barcha jahon narxlari dollarda belgilana boshladi. Xalqaro to’lov vositalari asosiy zahira valyutasi sifatida AQSh dollari va oltindan tashkil topgan bo’lishi kerak edi. Markaziy banklar o’zlaridagi dollarni AQSh g’aznachiligidan qa’tiy belgilangan kurs bo’yicha oltinga almashtirishlari mumkin edi.

Odatda, Bretton-Vuds tizimi 1944 yildan 1971 yilgacha davr mobaynida mavjud bo’lgan bo’lsa ham, haqiqatda mazkur tizim 1959 va 1968 yillar o’rtasidagina muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatgan xolos. 1946 yildan 1959 yil yanvargacha valyuta kurslari barqarorlashtirish kreditlari hisobiga ushlab turilgan. 1959 yildagina G’arbiy Evropa mamlakatlarining valyutalari erkin konvertatsiyalanishi bilan Bretton-Vuds tizimi to’liq miqyosda faoliyatini boshlagan.

Bretton-Vuds valyuta tizimining inqirozga uchrash sabablari:


  • AQSh iqtisodiyotining berqarorligi va u bilan bog’liq ziddiyatlarning rivojlanishi. 1967 yilda iqtisodiy o’sishning pasayishi bilan sodir bo’lgan valyuta inqirozining boshlanishi.

  • Inflyatsiyaning kuchayishi jahon narxlari va kompaniyalarning raqobatbardoshligiga salbiy ta’siri ko’rsatdi hamda “issiq” pullarning spekulyativ ko’chishini rag’batlantirdi. Turli mamlakatlarda inflyatsiyaning turli sur’atlari valyuta kurslari dinamikasiga ta’sir ko’rsatdi, pullarning xarid qobiliyatini pasayishi esa kurslarning keskin o’zgarishiga sharoit yaratdi.

  • 1970 yillarda spekulyativ operatsiyalar mamlakatlar o’rtasidagi “issiq” pullar harakatini tezlashtirgan holda valyuta inqirozini yanada kuchayishiga sabab bo’ldi. “Issiq” pullarning shiddatli oqimi ko’rinishidagi dollar ortiqchaligi bir mamlakatdan boshqasiga kirib kelishi valyuta bozorlarida keskin o’zgarishlarni keltirib chiqardi.

  • Bretton-Vuds tizimi tamoyillarining jahon maydonida kuchlar nisbati o’zgarishiga nomuvofiqligi. Milliy valyutalarni qo’llashga asoslangan valyuta tizimi jahon xo’jaligi baynalmillashuvi bilan qarama-qarshilikka keldi. Ushbu qarama-qarshilik AQSh va Buyuk Britaniya iqtisodiy holatining zaiflashishiga muvofiq kuchayib bordi. Chunki ular zahira valyutasi mavqeidan foydalangan holda to’lov balanslarining taqchilligini milliy valyuta emissiyasi evaziga pasaytirishdi. Bu holat, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarning manfaatlariga zid bo’ldi.

  • TMKlarning valyuta sohasidagi roli: TMK turli valyutalardagi yirik miqdordagi qisqa muddatli aktivlarga ega bo’ladi, mazkur aktivlar ular faoliyat ko’rsatayotgan mamlakatlar markaziy bankining valyuta zahiralaridan ham ortiq bo’lishi mumkin. Ushbu mablag’lar milliy nazoratdan chiqishi va oqibatda foyda ko’rish maqsadida valyutaviy spekulyatsiyalarda ishtirok etishi mumkin.


Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish