2. To’lov balansining ahvoli. Mamlakat to’lov balansining ahvoli valyutaga bo’lgan talab va taklifga, valyuta kursining darajasiga bevosita ta’sir etadi hamda uning u yoki bu tarafga og’ib ketishiga olib keladi. Aktiv to’lov balansi mamlakat milliy valyuta kursining o’sishiga olib keladi, chunki unga xorijiy qarzdorlar tomonidan bo’lgan talab oshib boradi. Passiv to’lov balansi valyuta kursining pasayish tendentsiyasini keltirib chiqaradi, chunki qarzdor shaxslar o’zlarining tashqi majburiyatlarini so’ndirish uchun milliy valyutani xorijiy valyutaga sotadilar. To’lov balansining barqarorsizligi tegishli valyutalarga bo’lgan talab va taklifning notekis o’zgarishiga olib keladi. Zamonaviy sharoitlarda to’lov balansiga va demak valyuta kursiga kapital xalqaro xarakatining ta’siri kuchaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |