Sotib olish
|
Sotish
|
Korxona operatsiyasi
|
JPY 100500000
|
USD 1000000
|
Bank operatsiyasi
|
USD 1000000
|
JPY 100500000
|
3.2.Valyuta kursining turlari va unga ta’sir qiluvchi omillar
Valyuta kurslarining quyidagi turlari mavjud: “spot” kurs, sotuvchi va sotib oluvchi kurslari, forvardli kurs, kross-kurs, “autrayt” kursi, “Spot” kurs – bu, naqdli (kassa) shartnomasining kursidir. U “spot” shartnomalari ijrosi paytida qayd etiladigan bir mamlakat valyutasining bahosini boshqa mamlakat valyutasidagi ifodasidan iborat.
“Spot” kurslar erkin suzadigan yoki qat’iy belgilangan bo’lishi mumkin. Ular milliy valyutani mamlakat tashqarisida shartnomani amalga oshirish paytiga sotib olish qobiliyatini ko’rsatadi.
Ba’zi davlatlar valyutalarining ichki va tashqi qiymati mavjudligiga qaramasdan valyuta nazorati sharoitida oddiy tijorat operatsiyalarini amalga oshirishda, asosan tovar hamda xizmatlar importida valyuta va “spot” kurslari bir xilda qo’llanilishi mumkin.
Forvardli kurs – bu, muddatli valyuta shartnomalari kursidir. U kelgusida ma’lum bir sanaga valyutani etkazib berish sharti bilan sotish yoki sotib olish bahosidan iboratdir. Bunda muddatli valyuta operatsiyasining kursi uning ijrosi ma’lum bir muddat o’tganidan so’ng amalga oshsa ham shartnoma tuzilish paytida qayd etiladi.
Amaliyotda forvard kursi “spot” kursiga yaqin bo’lsada, spot kursdan u mukofot yoki diskontning miqdoriga farq qiladi. Masalan, forvard kursi valyutalarning kuchli va kuchsiz pozitsiyalarini, foiz stavkalaridagi farqlarni hisobga olishi lozim. Bu omillar forvard kursini “spot” kursidan jiddiy og’ishiga olib kelishi mumkin.
“Autrayt” kursi – bu, mukofot va diskont usuli yordamida aniqlanadigan muddatli shartnoma kursidir.
Kross-kurs – bu, ikki valyuta o’rtasidagi kursni uchinchi valyuta orqali aniqlash usuli yordamida topilgan kursdir. Yuqorida zikr etilgan barcha kurs turlari bo’yicha masala ushbu darslikning 5-mavzusida batafsil ko’riladi.
Valyuta kurslarida sotuvchi va sotib oluvchi kurslari kotirovka usullariga qarab belgilanadi. Masalan, 1 AQSh dollari 100,75 yoki 100,85 Yapon yenasi kotirovkasini olsak, Yaponiyada bu to’g’ri kotirovkadir va 100,75 sotib oluvchi kursi, 100,85 esa sotuvchi kursi bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, to’g’ri kotirovkada banklar past kursda sotib oladilar va yuqori kursda sotadilar.
Agar yuqorida ko’rib chiqilgan 1AQSh dollari 100,75 yoki 100,85 Yapon yenasi kotirovkasi Nyu-Yorkda bo’lsa, unda bu kotirovka teskari kotirovka bo’ladi va endi 100,75 sotish, 100,85 esa sotib olish kursi bo’ladi. Chunki, teskari kotirovkada milliy valyutaning xorijiy valyutadagi bahosi emas, balki bir birlik milliy valyutaga qancha miqdorda xorijiy valyuta to’g’ri kelishini tushunish kerak. Shu sababli teskari kotirovkada banklar past kursda sotadilar va yuqori kursda sotib oladilar, boshqacha qilib aytganda bir birlik milliy valyutaga kam miqdorda xorijiy valyuta sotadilar va ko’p xorijiy valyuta sotib oladilar.
Amaliyotda bir kotirovka turini boshqa kotirovka turiga aylantirish mumkin. Buning uchun 1 sonini ushbu kotirovkaga bo’lish kerak. Masalan, 1AQSh dollari 100,75 yoki 100,85 Yapon yenasi Yaponiyada to’g’ri kotirovka. Agar, 1 / 100,75 (100 yena uchun 0,9926 AQSh dollari) va 1 / 100,85 (100 yena uchun 0,9916 AQSh dollari) arifmetik hisob-kitoblarni bajarsak, 100 Yapon yenasi 0,9916 yoki 0,9926 AQSh dollariga teng ekanligini topamiz. Bu endi Yaponiyada teskari kotirovka bo’ladi va Yaponiyadagi banklar uchun 0,9916 sotish, 0,9926 esa sotib olish kurslari bo’ladi.
Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillar juda ko’p, ularning ichida eng muhimlarini ko’rib chiqamiz.
1.Pul birliklarini sotib olish qobiliyatlari va inflyatsiya sur’ati. Valyutalarni sotib olish qobiliyati bo’yicha bir biriga nisbatan o’lchanishi (sotib olish qobiliyatining pariteti) qiymat qonunini aks ettirgan holda valyuta kursining asosi bo’lib xizmat qiladi. Shu sababli valyuta kursiga inflyatsiya sur’ati ta’sir etadi. Inflyatsiya sur’ati mamlakatda qanchalik yuqori bo’lsa, valyutasining kursi agarda boshqa omillar aks ta’sir ko’rsatmayotgan bo’lsa shunchalik past bo’ladi. Mamlakatda pullarning inflyatsiyali qadrsizlanishi inflyatsiya sur’atlari nisbatan pastroq bo’lgan mamlakatlar valyutalariga nisbatan ularning sotib olish qobiliyatini pasaiyshi hamda kursining tushish tendentsiyasini keltirib chiqaradi. Mazkur tendentsiya odatda o’rta va uzoq muddatli holatlarda kuzatiladi. Valyuta kursining birhillashtirilishi, sotib olish qobiliyati paritetiga muvofiqlashtirilishi o’rtacha 2 yil mobaynida amalga oshadi. Ushbu valyutalar kursi kunlik kotirovkasining sotib olish qobiliyati bo’yicha korrektirovka qilinmasligi hamda kursni shakllantiruvchi boshqa omillar bilan asoslanadi.
1980 yillarda valyuta kursini paritetidan 30 foizdan ziyodroq miqdorda og’ishining ko’pchilik holatlari yuzaga kelgan. Biroq valyutalarning chayqov va kon’yunktur omillardan tozalangan kurs nisbatlari pul birliiklari sotib olish qobiliyati o’zgarishi bilan qiymat qonuniga muvofiq o’zgaradi.
Valyuta kursining inflyatsiya sur’atiga bog’liqligi tovarlar, xizmatlar va kapitallar bilan xalqaro almashuvining katta hajmiga ega mamlakatlarda nihoyatda kattadir. Ushbu valyuta kursining dinamikasi va inflyatsiyaning nisbiy sur’atlari o’rtasidagi eng yaqin aloqa eksport baholar zaminidagi kurs hisob-kitobida o’z aksini topishi bilan bog’liqdir. Jahon bozorining baholari baynalmilal qiymatning pul ifodalaridan iboratdir. Import baholari esa valyutalar sotib olish qobiliyati nisbiy paritetining hisob-kitobi uchun unqalik to’g’ri kelmaydi, chunki ko’p holatlarda ularning o’zi valyuta kursiga bog’liq bo’lib qoladi. Mazkur hisob-kitoblar uchun ulgurji baholar indeksi esa faqat ichki ulgurji savdosi va eksportining tarkibiy tuzilishi o’zaro o’xshash bo’lgan rivojlangan mamlakatlarga qo’l keladi. Boshqa mamlakatlarda esa ko’pgina import qilinayotgan tovarlar ushbu indeksga kirmaydi. Chakana baho zaminidagi o’xshash hisob-kitoblar holatni buzib ko’rsatishi mumkin, chunki ular jahon savdosining ob’ekti bo’lmagan bir qator xizmatlarni o’z ichiga oladi. Oxir oqibatda jahon bozorida milliy pu birliklari kurslarining haqiqiy sotib olish qobiliyatiga muvofiq stihiyali asosda birxillashtirish jarayoni amalga oshadi.
Haqiqiy valyuta kursi nominal kursni AQSh va Rossiya baholari darajalarining nisbatiga ko’paytmasi sifatida aniqlanadi (masalan, AQSh dollariga nisbatan Rossiya rubli). Ushbu xalqaro hisob-kitoblar zarur bo’lgan xorijiy valyutalarni tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilari tomonidan oldi-sotdisi yo’li bilan asoslanadi.
Valyuta kursi va pul birligining sotib olish qobiliyati o’rtasidagi muvofiqlik hamma vaqt ham kuzatilmaydi. Masalan, 1980 yil ichida AQSh dollarining kursi Doych markaga nisbatan 2%-ga o’sgan, ammo shu bilan birgalikda ichki bozorda dollarni sotib olish qobiliyati 13%ga, doych markaniki esa 6%ga pasaygan. Buning sababi shundaki, valyutalarning kunlik kurslar kotirovkasi ularni sotib olish qobiliyatlariga nisbatan korrektirovka qilinmasligida va valyuta kurslariga boshqa omillarning ta’siridadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |