Valyuta birja bozori – rasmiy tashkil etilgan, valyuta qimmatliklari bo’yicha savdo sessiyasi o’tkaziladigan birjadir. Birja tijorat korxonasi hisoblanmaydi. Uning asosiy vazifasi yuqori daromad olish emas, balki vaqtincha bo’sh pul mablag’larini valyuta qimmatliklarini sotish orqali zarur yo’nalishga qaratish va valyuta kursining bozor qiymatini aniqlashdan iborat.
Birjadan tashqari valyuta bozori valyuta birjasiga a’zo bo’lgan yoki bo’lmagan diller tomonidan tashkil etilib, savdolar telefon, telefaks, kompyuter tarmog’i orqali olib boriladi.
Valyuta bozorlarini turkumlashda evrovalyuta, evroobligatsiya, evrodepozit, evrokredit bozorlarni ko’rsatib o’tish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |