10-mavzu. Valyuta bozorining fundamental tahlili mexanizmi
Reja
11- mavzu. Valyuta bozorining “Yapon shag’amchalari” asosida tahlili
Reja
XX – XXI asrlar bo’sag’asida “Erkin (maxsus) iqtisodiy hududlar” (EIH) jahon xo’jaligi rivojlanishining asosiy ko’rinishlaridan biriga aylanib, dunyoning ko’plab davlatlarida tashkil topdi. 90-yillarning o’rtalarida dunyo mamlakatlarida turli xildagi 4 mingdan ortiq EIH faoliyat ko’rsata boshlagan edi. G’arb mutaxassislarining fikricha, 2004 yilda jahon tovar aylanmasining 30 – 35 %i ana shu EIHlarga to’g’ri kelgan. Xalqaro korporatsiyalar o’z faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida EIHlar uchun imtiyozli sharoitlar yaratib, foyda olish mumkin bo’lgan soha sifatida foydalanishmoqda. Yirik xalqaro korporatsiyalar erkin iqtisodiy hududlar ishlab chiqargan tovarlari sotuvida muhim ahamiyatga ega bo’lgan hududlardan biri deb hisoblaydilar.
EIHlar milliy mamlakatlarning ba’zi bir qismlarida foydalanilmaydigan imtiyoz va rag’batlarning o’ziga xos tizimlarini qo’llaydigan iqtisodiy hududning bir qismidir, ya’ni EIH geografik jihatdan u yoki bu darajada rivoj topgan alohida bir hududdir. Ilmiy maqolalar va darsliklarda, shuningdek xalqaro tashkilotlarning hisobotlarida turli xildagi iqtisodiy hududlar ham “EIH”lar deyiladi. Ammo bu atama ushbu holatning mazmun va mohiyatini to’liq ochib bermaydi. Masalan, EIHlarning aksariyati mavjud bo’lgan iqtisodiy qoidalar, ma’muriy qonunlar ularni ma’lum huquqiy va xo’jalik rejimidan ozod qilmaydi. U faqat tadbirkorlikni rag’batlantiruvchi imtiyoz beradi va uni engillashtiradi. Davlat hokimiyatini esa iqtisodiy jarayonlarga aralashishini kamaytiradi.
Rivojlangan davlatlar uchun EIHlar ushbu hududda faoliyat ko’rsatuvchilarning hayotiy turmush darajasini va ishlab chiqarish salohiyatini ko’rsatuvchi “maxsus” hudud hisoblanadi. Shuning uchun ham bu hududlar “maxsus iqtisodiy hududlar” deyiladi. Xo’sh, EIHlar nima maqsadda tashkil qilinadi? Nega ular hozirgi kunda o’zining geografik masshtabini kengaytirib bormoqda?
Ma’lumki, EIHlarni ochiq iqtisodiyot tamoyillarini amalga oshirishdagi ahamiyati kattadir. Ularning faoliyat ko’rsatishi tashqi iqtisodiy faoliyatni faollashtirish va erkinlashtirish bilan bog’liqdir. U yoki bu davlatlar iqtisodiyoti tashqi dunyoga ochiqligida EIHlarning ahamiyati katta bo’lib, bojxona, soliq va investitsiya rejimlarni o’rnatishda, shuningdek tashqi va ichki investitsiyalar faoliyati uchun qulaydir. EIHlar jahon xo’jaligida kapital migratsiya uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Jahon mamlakatlari ichida ro’y birayotgan iqtisodiy jarayonlarni faollashtirishda (xorijiy kapitalni jalb qilish, sanoat sohasida EIHlar faoliyatini yanada kuchaytirishda) uchta muhim vazifani ko’rishimiz mumkin:
sanoat eksportini rag’batlantirish va shu orqali valyuta mablag’larini jalb qilish;
aholini ish bilan bandlik darajasini oshirish;
milliy xo’jalikni rivojlantirish maqsadida EIHlarning yangi usullarini amaliyotda qo’llash.
Jahon iqtisodiyotida EIHlarning tashkil topish sabablari va maqsadlari har bir mamlakatda o’zgacha bo’lib, bir-biriga mutlaqo o’xshamasligi mumkin. Masalan, AQSh, Buyuk Britaniyada erkin iqtisodiy hududlar depressiyaga uchragan rayonlarda kichik va o’rta biznesni rivojlantirishga yo’naltirilgan mintaqaviy siyosatni amalga oshirishga qaratilgan. Ushbu maqsadda tadbirkorlarga mamlakatning boshqa rayonlariga nisbatan ko’proq faoliyat erkinligi, shuningdek sezilarli moliyaviy imtiyozlar berildi (ularni rivojlantirishda kapital jalb qilinmaydi).
Rivojlanayotgan davlatlarda ham EIHlar tashkil topadi. Bu esa qoloq rivojlanmagan rayonlarni dinamik ravishda rivojlanayotgan rayonlarga aylantirish imkoniyatini beradi (sanoati rivojlangan davlatlardan farqli ravishda ushbu mamlakatlarda ko’proq xorijiy kapital jalb qilinadi).
Jahon iqtisodiyotida EIHlarning tashkiliy, huquqiy tizimi turli-tumandir. Shuning uchun ham u yoki bu EIHlarni aniq tasniflash qiyin, chunki ular ko’plab hududlarning xususiyatlariga ega. Rossiyalik mutaxassislar xo’jalik ixtisoslashuvini mintaqada faoliyat ko’rsatayotgan asosiy firmalarning ixtisoslashuvi bo’yicha tasnifini ishlab chiqishgan (3-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |