Bog'liq 10-y-XALQARO-VALYUTA-KREDIT-MUNOSABATLARI-Darslik-T.-2009-R.R.-Tojiev
qat'iy belgilangan kurslar rejimi. Davlat o'z iqtisodiy siyosatidan kelib chiqqan holda ma'muriy tarzda milliy valyuta kursini qat'iy belgilab qo'yishi mumkin. Masalan, Bretton-Vuds sharoitidagi qat'iy belgilangan kurslar rejimi;
kichik chegaralarda tebranadigan kurslar rejimi. Bu holatda davlat o'z iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqib, milliy valyuta kursini ma'lum bir chegaralarda tebranishidan manfaatdor bo'ladi va valyuta siyosatining instrumentlaridan foydalangan holda ushbu maqsadga erishadi;
valyutaga bo'lgan bozor talab va taklifining o'zgarishi asosida erkinsuzadigan (tebranadigan) kurslar rejimi hamda ularning turli ko'rinishlari. Bunga Yamayka valyuta tizimi sharoitidagi erkin suzuvchi valyuta kurslari rejimini misol sifatida keltirishimiz mumkin.
Xalqaro kredit muomala qurollaridan foydalanishni tartibga solish (reglamentatsiya). Xalqaro kredit muomala qurollaridan foydalanish qoidalari soddalashtirilgan Xalqaro me'yorlarga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Ushbu Xalqaro me'yorlarga Jenevaning veksel va chek konvensiyalari kiradi.
Xalqaro zahira aktivlari tarkibiy qismlari (komponentlari) o'rtasidagi nisbatni aniqlash. Yuqorida qayd etilganidek, xalqaro zahira aktivlari to'rt qismdan (komponent) iborat, ya'ni mamlakatning rasmiy oltin va valyuta zahiralari, xalqaro hisob-kitob pul birliklaridagi hisobvaraqlar, Xalqaro Valyuta
Fondidagi zahira pozitsiyasi. Albatta mamlakatning xalqaro likvidligini ta'minlash uchun ushbu komponentlar o'rtasida muvofiq nisbat saqlanishi kerak.
Mamlakatning xalqaro hisob-kitoblarini tartibga solish (reglamentatsiya).
Xalqaro hisob-kitoblarning tartibga solinishi milliy va jahon valyuta tizimlari darajasida Dokumentar akkreditivlar hamda inkasso uchun soddalashtirilgan qoida va udumlar asosida amalga oshadi. Milliy valyuta va oltin bozorlari faoliyatining rejimi, valyuta va oltin bozorlarining rejimi milliy hamda xalqaro muvofiqlashtirishning ob’yekti bo'lib hisoblanadi.
Valyuta cheklanishlarining o'rnatilish tartibi. Valyuta cheklanishlarining mavjud bo'lishi yoki bo'lmasligi davlatning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi, iqtisodiy va moliyaviy siyosatiga bog’liq bo'lib, valyuta tizimining elementi hisoblanadi. Valyuta cheklanishlari hukumat tomonidan qonuniy asosda milliy iqtisodiyot manfaatlarni himoyalash maqsadida kiritiladi.
Valyuta qimmatliklari bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarga cheklashlar Xalqaro Valyuta Fondi orqali davlatlararo muvofiqlashtirish ob’yektiga kiradi.
Valyuta munosabatlariga xizmat ko'rsatuvchi va ularni muvofiqlashtiruvchi milliy organlarning maqomi. Bu valyuta tizimining muhim institutcional elementidir. Gap mamlakat valyuta munosabatlarini boshqaruvchi va muvofiqlashtiruvchi milliy organlar (Markaziy bank, Iqtisodiyot va Moliya vazirligi, ba'zi mamlakatlarda valyuta nazorat organlari) faoliyati haqida bormoqda. Milliy valyuta qonunchiligi ushbu davlat hududida milliy va xorijiy valyutadagi (egalik huquqi, olib kirish va olib chiqish, oldi-sotdi) operatsiyalarni muvofiqlashtiradi.