KIRISH Turizm sohasi mamlakatlar va mintaqalar iqtisodiyotini rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etishini va u yigirma birinchi asr jahon xo‘jaligining ustuvor
tarmoqlaridan biri ekanligini alohida ta’kidlash lozim.
O‘zbekiston zamonaviy turizm industriyasini rivojlantirish uchun barcha zarur manbalarga ega. Buyuk Ipak yo‘li ustida joylashgan Vatanimiz qulay tabiiy-iqlim sharoitlariga, boy tarixiy, madaniy merosga va ayni paytda ham ichki, ham xalqaro turizmni rivojlantirish uchun yuqori salohiyatga ega.
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston iqtisodiyotida bozor munosabatlari
ancha jo‘shqin rivojlanmoqda. Bu mehmonxona servisida band bo‘lgan tijoratchilarga katta imkoniyatlar yaratmoqda. O‘zbekiston bilan chet elda mehmonxona ishini tashkil etishdagi keskin tafovutlar asta-sekin yo‘qolib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasining mehmonxona korxonalari mijozlarga
xizmat ko‘rsatish saviyasini, nomerlarning shinamligi va qulayligi darajasini, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning malakasini izchil oshirib bormoqdalar.
Mehmonxona servisi korxonalarining rang-barangligi, shuningdek, vaqti-vaqti bilan mehmonxona xizmati yangi-yangi turlarining paydo bo‘lishi joylashtirish korxonalari tasnifi va tipologiyasini ancha shartli qilib qo‘yadi.
O`zbekistondagi zamonaviy mehmonxona binolari arxitekturasini bugungi kunda davlatimizda yangi qurilgan va qurilayotgan mehmonxonalarsiz tasavvur qilish qiyin. Ular turizm sohasi arxitekturasini shakllantirishda muhim o‘rin tutmoqda.
O`zbekiston arxitekturasining taraqqiyoti va istiqboldagi kelajagi uchun bu sohadagi bugungacha bajarilgan ishlar ilmiy tahlil qilinishi, umumlashtirilishi va tegishli xulosalar chiqarilishi kerak
Me’morlarimizning ijodiy ishlari ko‘lamini ko‘zdan kechirsak, so‘nggi o‘n yil ichida yurtimizning ko`hna shaharlari arxitekturasining kelgusidagi ulkan taraqqiyotini his etish mumkin. Bu o‘rinda arxitekturaning g‘oyaviy tomonlari, milliylik va zamonaviylikning birlashgan holda olib borilayotganligini ta’kidlashimiz lozim.
Yurtimizning ko`hna shaharlari Mustaqillik yillari arxitekturasining o‘ziga xos yo‘nalishlaridan biri bu milliy va umummilliy arxitektura rivoji tamoyillarini hisobga olgan holda hayotga tadbiq etishdir. Biz ana shu imkoniyatlarni hisobga olib mazkur kurs ishining tadqiqot ob’ektlarini, predmetini va maqsadini belgilashga muyassar bo‘ldik.