2-modda. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Qonun hujjatlari ushbu Qonunda belgilangan iste’molchilarning huquqlarini cheklab qo‘yishi, ularni himoya qilishning kafolatlarini kamaytirishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |