(Ma'lumot: Yuqorida aytib utilganidek, agar Xaridor Sizga "super" manfaatli shartlarni taklif etsa va oldindan to'lovsiz etkazib berishni qat'iy talab qilsa, unda Sizning to'lov buyicha bir-necha variantlaringiz mavjud: "Tovarlarva to'lovlar Xaridor tomonidan Sotuvchi foydasiga Sotuvchi uchun maqbo'l bo'lgan bankda ochilgan xujjatli, hujjatsiz akkreditivlar yoki rasmiy invoyslarga muvofik to'g'ridan-to'g'ri bank o'utkazmalari yohud bank tomonidan tasdiklangan kafolat xatlari yoki sug'o'rta kompaniyalarining sug'o'rta polislari bilan amalga oshiriladi. Akkreditiv shartnomaning butun summasiga bo'lgani singari jo'natishga tayyor tovar partiyasining summasiga ham ochilishi mumkin. Bir yoki bir nechta akkreditivlar ochish mumkin. Zarur bo'lgan taqdirda har bir akkreditiv muddati uzaytirilishi mumkin. Akkreditiv buyicha O'zbekiston Respublikasidan tashqaridagi barcha bank xarajatlari va xizmat haklari Xaridor tomonidan to'lanadi, O'zbekiston Respublikasi hududida Sotuvchi tomonidan to'lanadi". Akkreditivni yopish Xaridorning har bir buyurtmasi buyicha tovar to'liq etkazib berilishi sharti bilan (Sotuvchining) ijrochi bankka quyidagi hujjatlar takdim etilganda amalga oshiriladi:
invoysning asli;
ishlab chiqarilgan mamlakat sertifikatining asli;
Xaridor tomonidan tasdiklangan TTNning nusxalari;
• qadoqlash varag'ining nusxalari;
zavod sifat sertifikatining nusxalari;
Sotuvchi tomonidan tasdiklangan sug'urta polisining nusxalari. (ruyxat tovarga bog'liq ravishda o'zgartiriladi)
Yuqorida ___ bandda ko'rsatilgan barcha hujjatlar tilida bosib yozil-gan ko'rinishda bo'lishi lozim). Agar ushbu xolatda ham Sizning Xaridoringiz bosh tortsa, unda Sizning Xaridoringiz - yaxshi firma emasligi kariyb kafolatlangan va Siz yaxshisi ushbu sharlnomadan voz kechganingiz ma'kul. (Ma'lumot: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 29 iyundagi 245-sonli "Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorining 4-bandiga muvofiq markazlashtirilmagan eksport operatsiyalar buyicha tushum tushishi yoki qayta olib kirish muddati 60 kundan oshib ketmasligi kerak, muassislar tomonidan chet eldagi korxo-nalarga (savdo uylari, savdo vakolatxonalari, shu'ba korxonalar, firma do'konlar, dillerlik shaxobchalari va konsignatsiya omborlari), shuningdek - O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi a'zolari - xujalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan Palataning savdo-investitsiya uylari nomiga olib chiqilayotgan tovarlar buyicha esa 180-kundan oshib ketmasligi kerak. Belgilangan muddatlari o'tgandan keyin xorijiy valyuta tushumi tushishini 30 bank kunidan ko'proq kechikishiga yul qo'ygan yuridik shaxs-rezidentlar, respublika byudjeti foydasiga tushmagan valyuta mablag'lari summasiga nisbatan 100 foiz ekvivalentida jarima to'laydilar). (Ma'lumot: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 29 iyundagi 245-sonli qarori bilan tasdiklangan "Xujalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish Tartibi"ning 10-bandiga muvofiq tovarlar va xizmatlarni markazlashtirilgan eksport buyicha sotishdan olingan xorijiy valyutadagi tushumning 50 foizi vakolatli banklarga majburiy sotilishi kerak).