27
Otamdan nima bo‘lganini so‘rash uchun uyga kirdim. Men otamga:
«Dushman pirogi» bu qadar yoqimli hid taratmasligi kerak», – dedim, lekin
otam: «Agar
pirogdan yomon hid kelsa, dushmaning uni hech qachon
yemaydi», – dedi. U bu pirogni avval ham tayyorlagan-da!
Pechning jiringlagan ovozi eshitildi. Otam pechkadan pirogni olish
uchun qo‘lqopni kiydi. Pirog ko‘rinishidan juda ishtahani ochadigan edi!
Men endi tushuna boshlagandim.
Ammo bu shirin «Dushman pirogi»ning biror ish berishiga ishonchim
komil emas edi. Natija qanday bo‘ladi, dushmanga qanday ta’sir qiladi?
Ehtimol, keyin ularning sochlari to‘kilar, balki ularning og‘zidan badbo‘y
hid kelar. Bular haqida otamdan so‘radim, lekin u javob bermadi.
Pirog sovigunga qadar otam menga
nima ish qilishim kerakligi
haqida tushuntirdi. «Bu ishni bajarish uchun kunni dushmaning bilan
o‘tkazishing, bundan ham yomoni, u bilan yaxshi munosabatda bo‘lishing
kerak. Bu oson emas. Lekin bu «Dushman pirogi» ish berishi uchun yagona
yo‘ldir. Shu ishni qilishni xohlayotganligingga ishonching komilmi?» –
deb so‘radi.
Albatta, ishonchim komil edi. Qilishim kerak bo‘lgan ish, bu bir kunni
Jeremi bilan o‘tkazish edi, keyin u mening hayotimdan butunlay ketadi.
Men velosipedda uning uyiga borib, eshigini taqillatdim.
Jeremi
eshikni och ganida,
men ga hayron bo‘ lib qaraganday
tu yuldi.
«Ko‘chaga chiqib, men bilan
o‘ynaysanmi?» – deb so‘radim.
U menga ikkilanib: «Onamdan
so‘ray», – dedi.
U oyoq kiyimini ko‘tarib qaytib
keldi. Biz ko‘chaga chiqdik.
Biroz
velosipedda sayr qildik,
so‘ng tamaddi qil dik. Keyin esa
bizning uyga bordik.
Bu g‘alati tuyulishi mum kin,
ammo
menga dush ma nim bilan
birga bo‘lish zavq bag‘ishla yot-
gandi. Buni otamga ayta olma dim,
chunki u pirog tayyorlash bilan
ovora edi.
28
Otam bizni tushlikka chaqir guniga qadar maza qilib o‘ynadik.
Otam mening eng sevimli tao mimni pishirgan edi. Buni Jeremi ham
yoqtirar ekan. Balki Jeremi juda ham yomon emasdir, balki men «Dush-
man pirogi»ni
unutishim kerakdir, deb o‘ylay boshladim.
– Ota, yangi do‘st orttirish juda zo‘r-da, – dedim, unga Jeremi endi
mening dushmanim emasligini aytishga harakat qilib. Ammo otam faqat
kulib, boshini qimirlatib qo‘ydi. Menimcha, u meni mug‘ambirlik qildi,
deb o‘yladi.
Tushlikdan so‘ng otam stol ustiga uchta
pirog solingan likopchani
qo‘yib, birini menga, ikkinchisini esa Jeremiga uzatdi.
– Qoyil! – dedi Jeremi pirogga qarab.
Men vahimaga tusha boshladim, chunki Jeremini «Dushman pirogi»ni
yeyishini xohlamas edim.
Endi u mening do‘stim edi!
– Yema uni, – deb baqirdim, –
bemaza bu pirog.
Jeremi pirogni endi og‘ziga olib
borayotgan edi, birdan to‘xtadi va
menga jilmayib qaradi.
Men esa
yengil tortdim, chunki uning ha-
yotini saqlab qolgan edim.
«Agar bu pirog juda bemaza bo‘lsa,
nega otang birpasda uning yarmini
yeb bo‘ldi?» – deb so‘radi Jeremi.
Haqiqatan, otam «Dushman piro-
gi»ni maroq bilan yeyayotgan edi.
Otam jilmayib: Yaxshi-ku, – dedi.
Men
ularning pirog yeyishlarini
kuzatib o‘tirardim. Hech birining
sochlari to‘kilmayotgan edi. Endi pirog meni qo‘rqitmayotgandi. Shuning
uchun bir bo‘lagini olib, tatib ko‘rdim. U juda mazali ekan!
Shirinlikdan so‘ng Jeremi meni ertasi kuni ertalabga uyiga taklif
qildi.
«Dushman pirogi»ga kelsak, hali ham uning nimalardan tayyorlanishini
bilmayman.
Hanuzgacha, haqiqatan, dushmanlar nafratlanishadimi,
sochlari to‘kilib ketadimi yoki og‘zidan badbo‘y hid keladimi, deb hayron
bo‘laman. Bunga hech qachon javob topa olmasligimni bilaman. Chunki
mening boshqa dushmanim yo‘q.