Xalqaro savdoning qadimdan shakllanganligi haqida dalillar ko’p. Jumladan, Buyuk Ipak yo’li o’z navbatida sharq va g’arb mamlakatlarini bog’lovchi savdo yo’li bo’lganligi haqida ma’lumotlar mavjud



Download 120,3 Kb.
Sana30.09.2021
Hajmi120,3 Kb.
#189369
Bog'liq
esse xalqaro savdo


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI

MILLIY G’OYA, HUQUQ TA`LIMI VA MA`NAVIYAT ASOSLARI KAFEDRASI

ESSE

Mavzu: O`zbekistonnnig xalqaro savdodagi o’rni



Bajardi: ____________________

Tekshirdi: ____________________



NAMANGAN-2020-yil

Mavzu: O’zbekistonning xalqaro savdodagi o’rni

Reja:


  1. Xalqaro savdoning vujudga kelishi

  2. O’zbekistonnig xalqaro savdodagi faoliyati

  3. Xulosa

Xalqaro savdoning qadimdan shakllanganligi haqida dalillar ko’p. Jumladan, Buyuk Ipak yo’li o’z navbatida sharq va g’arb mamlakatlarini bog’lovchi savdo yo’li bo’lganligi haqida ma’lumotlar mavjud. ‘’Buyuk Ipak yo’li’’ haqidagi ilk yozma ma’lumotlar miloddan avvalgi 138-yilga to’g’ri keladi. Xitoy imperatori U Di topshirig’i bilan Markaziy Osiyoga yuborilgan elchi va sayyoh Chjan Syan ‘’Buyuk ipak yo’li’’ni o’rganadi. Imperator Chjan Syanni ko’chmanchi xunn qabilalariga qarshi kurashda ittifoqchi va hamkorlar topish uchun jo’natadi, ammo elchi xunnlar qo’liga asir tushadi va o’n yilcha hibsda yotadi. U asirlikdan qochib, Markaziy Tyanshan dovonlari orqali Issiqko’lga chiqadi. Chjan Syan janub sari sayyohatini davom ettiradi. Bir yildan keyin vataniga qaytadi. Elchi Xitoy imperatoriga sayohati haqida gapirib beradi. U Xitoyga Farg’ona otlaridan birini va beda urug’idan olib borgan edi. Bu otni xitoyliklar samoviy deb ataganlar. Shunday qilib, Chjan Syan yurgan yo’l bo’ylab miloddan avvalgi II-I asrlarda Xitoyni Markaziy va G’arbiy Osiyo bilan bog’lovchi jahon ahamiyatiga ega Buyuk Ipak yo’li deb ataluvchi karvon yo’li o’tadigan bo’ldi. III-VII asrlarda Markaziy Osiyo va O’rta Sharq orqali o’tgan ‘’Ipak yo’li’’ning nazorati sug’dlarning qo’lida bo’lgan bo’lsa, VIII asr o’rtalariga kelib xalqlararo munosabatlar tizimida tub o’zgarishlar yuz berdi. ‘’Ipak yo’li’’ning g’arbiy qismi arablar nazoratiga o’tdi. XIII asrga kelib Chingizxon Ipak yo’lining barcha tarmoqlari bo’ylab nazoratni o’z qo’liga kiritdi. Bu holat to XIV asr o’rtalarigacha davom etdi. Bu yo’l fanga XIX asrning 70-yillarida nemis olimi K.Rixtgofen tomonidan ‘’Ipak yo’li‘’ nomi bilan kiritildi. Unga qadar Ipak yo’li ‘’G’arbiy meridianal yo’l’’ deb kelinardi. Buyuk Ipak yo’li birgina iqtisodiy ahamiyat kasb etmay, balki u diniy, madaniy meros yutuqlarini tarqatuvchi, mamlakatlararo diplomatik aloqalarni ta’minlovchi yo’l ham edi.

Xalqaro savdo tushunchasi haqida to’xtalib o’tadigan bo’lsak, bu – turli davlatlarning milliy xo’jaliklari o’rtasidagi tovarlar va xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud boʻlsa-da, faqat XIX asrga kelib, yaʼni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi. O’zbekiston mustaqillika erishgandan so’ng jahon hamjamiyatining teng huquqli a`zosiga aylandi. Ammo sobiq SSSR davlati tarkibida bo’lgan davrlarda Vatanimiz juda ko’p xomashyo va mineral resurslariga ega bo’lsa-da, ularni mustaqil tasarruf etolmagan. Chunki, o’sha davrda mamlakatimizdagi tabiiy boyliklar SSSR manfaatlariga bo’ysundirilib, ulardan keladigan daromadning faqat 1 foizigina Respublikamizni rivojlantirishga sarflangan. Lekin, bu yetarli bo’lmagani uchun ham Vatanimiz iqtisodiy jihatdan ortda qolib, tashqi dunyodan ajralib qolgan edi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning kuchli intilishlari va mehnatlari natijasida yurtimiz mustaqillika erishdi. Dastlabki davrlarda mamlakatimiz iqtisodiyoti inqirozli holatda edi, xorij davlatlariga mahsulot eksportlari amalga oshirilmas, endigina mustaqillika erishgan davlatga ko’plab davlatlar qarz berishga ham ko’nmas edi. ‘’Shunday bir g’ayritabiiy vaziyat vujudga kelib qolgan ediki, Respublika umuman ‘’ochiq’’ iqtisodiyotga ega bo’la turib, yetishtirilgan mahsulotning 30 foiziga yaqini tashqariga olib chiqib ketilishiga qaramay, amalda yopiq mamlakat bo’lib qolaverdi. U jahon bozoriga to’g’ridan-to’g’ri chiqa olmasdi va uning barcha tashqi aloqalari sobiq Ittifoq va O’zaro Iqtisodiy yordam Kengashi chegaralaridan nariga o’tmasdi. Masalan, O’zbekiston tashqi savdo munosobatlarining 83 foizdan ziyodrog’i Ittifoq respublikalari bilan savdo sotiq hissasiga to’g’ri kelar edi’’, - deb I.Karimov ta`kiblab o’tgan edilar. (‘’O’zbekiston - bozor munosobatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li’’. Toshkent. O’zbekiston, 1993-yil. 91-bet.) Respublikaning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi xalqaro mehnat taqsimotida, boshqa davlatlar bilan teng huquqli aloqalar o’rnatishni nafaqat imkoniyatini, balki uning zaruratini ham ochib berdi. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov o’zining asarlari, ma’ruza va nutqlarida tashqi siyosiy va iqtisodiy aloqalarning asosiy tamoyillarini nazariy va amaliy jihatdan puxta asoslab berdi. Tashqi siyosatga tinchlik, barqarorlik, hamkorlik yo’li asos qilib olindi. O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini dunyodagi 165 ta nufuzli davlat tan oldi, ulardan 120 tasi bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o’rnatildi. Xalqaro iqtisodiy aloqalarda o’zining suveren huquqidan foydalanib, dunyo mamlakatlari bilan o’z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-madaniy aloqalarini rivojlantirmoqda. Mustaqillik yillarida O’zbekiston iqtisodiyotiga 12 mlrd. AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb qilindi. Hozirgi vaqtda O’zbekiston dunyodagi 181 ta davlat bilan tashqi savdo olib boradi, ulardan 80 dan ortig’iga tovar va xizmatlar eksport qiladi. Eksportning umumiy hajmi deyarli 2 baravar, uzoq xorijiy mamlakatlarga esa 2,4 baravar oshdi. 2001-yilda Respublikamizning eksport hajmi MDH davlatlari bilan 35,9 foizni, uzoq xorijiy davlatlar bilan 64.1% foizni, importda esa mos ravishda -38,2 va 61,8% foiz tashqi savdo aloqalarini olib borgan edi. 2003-yilda tashqi savdo aylanmasining hajmi 17,3 foizga, eksport hajmi 24,6 foizga o’sdi. Tashqi savdo aylanmasida 760 mln. AQSH dollaridan ortiq miqdorni tashkil etdi. Respublika eksportida o’rta hisobda paxta tolasi 27,3%, energetika (gaz va hokazo) 11,5%, xizmatlar – 9,5%, oziq-ovqat tovarlari 6%, rangli va qora metall 4,3%, ximiya mahsulotlari 3,1%, mashina va uskunalar 3,2%ni tashkil etgan. Xorijiy mamlakatlar bilan savdo-sotiq ishlarini rivojlantirish, eksport va importning tarkibini takomillashtirish sohasida respublika hukumatining olib borayotgan sa`y-harakatlari o’zining ijobiy natijalarini bera boshladi. Bunda oziq-ovqat mahsulotlarining O’zbekiston importidagi ulushidan ko’rsa bo’ladi. Bu ulush 2002-yilga kelib 2 barobardan oshiqroqqa kamaydi. Eng muhimi, O’zbekistonda xorijiy davlatlardan keltirilayotgan tovarlar ichida texnologik asbob-uskuna va jihozlarning salmog’i yildan-yilga ortib bormoqda va endilikda u jami importning yarmidan ko’prog’ini tashkil etmoqda. Milliy iqtisodiyotning taraqqiyoti va O’zbekistonning rivojlangan dalatlar qatoriga chiqishi uchun avvalambor moddiy ishlab chiqarishni yangi texnika va texnologiyalar asosida qayta qurish asosiy ahamiyat kasb etadi.

Xulosa qilib aytganda, O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng, uning istiqboli uchun kata imkoniyatlar ochildi. O’zining qonulari, rivojlanish strategiyasi shuningdek, jahonda ham o’z o’rniga ega bo’la boshladi. O’zbekiston xalqaro savdoni amalga oshirish orqali jahon bozorining rivojiga ham ma’lum miqdorda ta`sir ko’rsatadi. Shuningdek, boshqa davlatlarning ham mamlakatimizga o’z investitsiyasini kiritishga intilishi ortadi. Keyingi davrlarda mamlakatimizda jahon bozoridagi narxi keskin tushib borayotgan xomashyo resurslarining eksportidan mumkin qadar tezroq voz kechishga intilib, tayyor raqobatbardosh mahsulotlar eksportini oshirish va bu mahsulotlar yetkazib beriladigan mamlakatlar ro’yxatini yanada kengaytirish lozimligi haqida tushunchalar berilmoqda. Bu xalqaro savdoda ham alohida ahamiyat kasb etib, o’z navbatida, mamlakatimizning importga nisbatan eksport qilish salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Download 120,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish