Ikkinchidan,ayrim sabablarga ko’ra, davlat kreditini joylashtirishning an'anaviy sohalari, bank va firma krediti orqali moliyalashtirilmoqda.
Va nixoyat,alohida olingan milliy loyihalarni moliyalashtirishda Jahon bankining roli sezilarli o’sdi. Shunga qaramasdan, eksportni davlat tomonidan kreditlash o’zining salmoqli hissasini saqlab qoldi va u xalqaro dastaklar, me'yorlar va shartnomalar asosida qattiq tartibga solib turiladi.
Angliyada Sanoat va savdo vazirligi koshida eksport kreditlariga xizmat ko’rsatuvchi maxsus boshqarma faoliyat yuritadi (Export Credit Guarantee Department (ECGD)). Ushbu boshqarma eksport qiluvchilarga kafolatlar berish orqali ularni kreditga layokatini ta'minlaydi. Agar mazkur import qiluvchilar Buyuk Britaniya banklarining xorijiy filiallaridan kredit olsalar, unda ushbu davlat kafolatlari Buyuk Britaniya tovarlarini import qiluvchilarga ham qo’llaniladi. ECGD bilan hamkorlik qilish eksport korxonalari uchun qisqa muddatlarda yirik hajmlarda kredit olishni kafolatlaydi. Mazkur boshqarma past foizlarda bergan kreditlari va tijorat banklaridan jalb qilingan mablag’lari o’rtasidagi farqni davlat byudjetining mablag’lari hisobidan koplaydi. 1978 yildan boshlab, ECGD eksport kreditlarini berish hamda uni qayta moliyalashtirish bilan bevosita shug’ullanadi.
AQSHda ko’pchilik eksport qiluvchi firmalar o’zining yirik mablag’lariga va turli xil kredit tashkilotlari bilan mavjud keng aloqalariga tayangan holda eksport operatsiyalarini moliyalashtiradilar. Davlatning eksport operatsiyalari, asosan, kichik va o’rta korxonalarga mo’ljallangan bo’lib, ularga AQSH eksport-import (Eksimbank) banki xizmat ko’rsatadi. Ushbu bankning bugungi kundagi asosiy funktsiyasi - uzoq muddatli eksport kreditlarini qayta moliyalashtirish, tashqi savdo operatsiyalari va eksport uchun to’g’ridan-to’g’ri berilgan kreditlarni kafolatlashdir (tashqi savdo operatsiyalari qiymatining 30-55 foizi miqdorida). Shuningdek, ushbu bank tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan kreditlar qaytarilishini kafolatlashni amalga oshirish bilan, ularni sug’urtalaydi. AQSH Eksimbanki bilan 60 ta bank va eksport qiluvchi flrmalarni birlashtiradigan Xususiy eksport fondi birgalikda hamkorlikni amalga oshiradi (Private Export Funding Co). Eksportni moliyalashtirish bilan bog’liq siyosiy va tijorat risklarini sug’urtalashda Eksimbank tarkibiga kiruvchi tijorat kreditini sug’urtalash Assotsiatsiyasining roli katta. Eksimbankning nizom (va zahira) kapitali byudjet mablag’lari hisobidan tashkil topgan. Ammo, asosiy kredit resurslarini bankning o’zi, davlat kafolatlari va Federal moliya bankining kafolatlariga tayangan holda tashkil etadi. Har besh yilda AQSH kongressi Eksimbankning nizomini kreditlash va sug’urtalashning umumiy summasiga teng holda tasdiqlaydi. Bank tomonidan taqdim etiladigan kreditlarning asosiy qismi rivojlanayotgan mamlakatlarga eksport qiluvchi korxonalar hissasiga to’g’ri keladi.
Frantsiyada eksportni kreditlash banki faqatgina uzoq muddatli kreditlarni qo’llab-quvvatlash hamda ularni qayta moliyalashtirish bilan shug’ullanadi. Eksportning qolgan qismi, asosan, tijorat banklari tomonidan qo`llab-quvvatlanadi. Frantsiya eksportni kreditlash banki milliy kapital bozorlaridan bush resurslarni jalb qiladi va yagona imtiyozga ega: bank tomonidan beriladigan eksport kreditlari bilan tijorat banklardan jalb qilingan foiz stavkalari o’rtasidagi farqni byudjet mablag’lari hisobidan qoplash.
Germaniyada eksport qiluvchi flrmalarning ko’pchiligi sezilarli darajada yirik mablag’larga ega. Tijorat banklari bilan an'anaviy yaqin aloqalar, davriy mablag’larga ehtiyojni qondirishga ko’maklashadi. Eksport operatsiyalarini moliyalashtirishda davlat ulushi hech kachon 25 foizdan ortmagan. Agar nemis eksport tovarlarini asosan rivojlanayotgan mamlakatlar bozoriga yo’naltiril-ganligi hisobga olinadigan bo’lsa, davlatning ushbu ishtiroki sezilarsizdir. Tiklanish banki tomonidan taqdim etiladigan eksport kreditlari Germaniyaning an'anaviy eksport tovarlarini rivojlanayotgan mamlakatlarga realizatsiyasida hamda nemis firmalarining chet ellardagi bulimlarini moliyalashtirishda muhim rol o’ynaydi. 60 dan ortiq tijorat banklarini o’zida birlashtirgan bank sindikati DKA uch xil turdagi eksport kreditlarini taqdim etadi: A, B, C. Birinchi tur kreditlar sindikat a'zolariga, ikkinchi tur kreditlar - Germaniya Bundesbankidan qayta moliyalashtirish huquqi bilan tashqi kontragentlarga beriladi. Kreditlar taqdim etilishining maksimal muddati: A turdagi kreditlar - 10 yil, B turdagi kreditlar - 4 yilga. Odatda, kredit ulushi shartnoma summasining 70 foizidan ortmaydi. C turdagi kreditlar chet ellik tovar sotib oluvchilarga taqdim etiladi.
Yaponiyada Eksport-import davlat banki faoliyat yuritadi. Ushbu holat nizom kapitalini shakllantirishga hamda davlatning yordamiga tayanib ish ko’rish uchun yaxshi ta'sir etadi. O’tgan asrning 70-80-yillarida mazkur bank eksport operatsiyalarining 50 foizdan ortiqrok qismini kredit mablag’lari bilan ta'minladi. Ushbu kreditlar turli sohalarga taqdim etiladi: eksportni to’g’ridan-to’g’ri kreditlash; chet ellik sotib oluvchilarga taqdim etilgan firma kreditlarini qayta moliyalashtirish; davlat kreditlarini taqdim etish; chet el banklari kreditlari va kapital qo’yilmalarini qayta moliyalashtirish. Odatda, kreditlar ikki yildan un yilgacha muddatlarga taqdim etiladi va ular bo’yicha foiz stavkalari belgilab qo’yiladi. Kreditning hajmi shartnoma summasining 70 foizigachani tashkil etadi. Yaponiyaning tashqi savdo va sanoat vazirligidagi eksportni sug’urtalash boshqarmasida shartnomani sug’urtalash, kredit taqdim etilishining majburiy sharti hisoblanadi.
Rivojlangan mamlakatlarda eksportni kreditlash sohasidagi tajribalarni umumlashtirib, shunday xulosa qilish mumkin. Birinchidan, eksportni qisqa muddatli kreditlash, asosan, tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur tijorat banklarining faoliyati ko’proq ichki bozorga qaratilgan bo’lib, eksportni kreditlash bilan yirik ixtisoslashgan banklar shug’ullanishadi. Ikkinchidan, eksport operatsiyalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari tizimi tomonidan taqdim etilayotgan kreditlar miqdori chegaralangan va har doim ham yetarlicha emas. Uchinchidan, rivojlangan mamlakatlarda tovar va xizmatlar eksporti uchun o’rta va uzoq muddatli kreditlarga bo’lgan talab ortmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, ushbu masalani echishda korxonalarga davlatning yordami ortmoqda.
Aksariyat holatlarda eksport operatsiyalarini kreditlashga ixtisoslashgan maxsus moliya institutlarini tashkil etish amaliyoti keng tarqalmoqda. Ushbu tashkilotlar to’liq davlat ixtiyoridagi, aralash mulkchilikka asoslangan, yoki hukumat tomonidan maxsus vakolat berilgan bo’lishi mumkin. Ammo, har qaysi vaziyatda ham ushbu fondlar davlatning nazorati ostida bo’ladi. Ko’pchilik mamlakatlarda xuddi mana shunday moliya tashkilotlari eksport qiluvchilarga kredit taqdim etadilar, eksport kreditlarini qayta moliyalashtiradilar va import qiluvchilarga kreditlar beradilar. Mana shu tuzilma orqali eksport va import qiluvchilarga turli ko’rinishdagi imtiyozlar taqdim etiladi.