Shu paytga qadar yuzaga kelgan barcha xalqaro savdo nazariyalari xalqaro savdoni erkinlashtirish barcha mamlakatlar uchun foyda keltiradi degan fikrni ilgari suradi. Erkin tashqi savdoning zarurligi va foydaliligi to’g’risida dastlabki nazariyalardan biri A.Smitning mutlaq afzallik nazariyasidir. Bu nazariyaga ko’ra har bir mamlakat undagi mavjud sharoitlar va resurslar o’ziga xosligiga tayangan holda ma’lum bir tovarni eng kam xarajatlar hisobiga (yoki vaqt birligida bu tovarni eng ko’p) ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Shunday ekan mamlakat mutlaq afzallikka ega bo’lgan tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va ushbu tovarning o’z iste’molidan ortiqcha qismini sotadi hamda boshqa tovarlarni sotib oladi. Chunki bu tovarlar ularni ishlab chiqarishda mutlaq afzallikka ega bo’lgan davlatlarda ancha arzon ishlab chiqarilgan bo’ladi. Natijada har ikki davlat ham kam resurs sarflab ko’proq mahsulotga ega bo’ladi. Masalan, O’zbekiston asosan paxta mahsulotlarini etishtirishga ixtisoslashganligi uchun boshqa mahsulotlarga nisbatan ko’prots shunga e’tiborni qaratish lozim. Chunki, O’zbekiston qishloq xo’jaligi, ob-havosi va qolavsrsa, butun respublika sharoiti paxta etishtirishga moslashgan va unga kam miqdorda mehnat va moliyaviy resurslarni sarf qilib, yuqori hosil olish texnologiyasiga ega. Shuningdek, boshqa mamlakatlar ham o’zi ixtisoslashgan sohaga ko’proq e’tiborni qaratishsagina dunyo bo’yicha ko’proq mahsulot ishlab chiqariladi va xalqaro savdoda ham katta muvaffaqqiyatlarga erishish mumkin. Demak, shu yo’l bilan dunyo aholisining talablarini maksimum qondirish imkoniyatiga erishiladi.
Ammo qaysidir mamlakat hech qaysi mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda mutlaq afzallikka ega bo’lmasligi mumkin. Bu esa shu mamlakat hamma tovarlarni chetdan keltiradimi degan savolni tug’diradi. Agar shunday bo’lsa importni bu mamlakat qaysi mablag’lar hisobiga moliyalashtiradi. Bu savolga javob berish borasida mutlaq afzallik nazariyasi boshi berk ko’chaga kirib qoladi.
D. Rikardo A. Smitning «Mutlaq afzallik» nazariyasini yanada mulohaza qilish natijasida ushbu nazariya umumiy qoidaning bir qismi ekanligini isbotlab berdi. D. Rikardo «Siyosiy iqtisodning boshlanishi va soliqlar» nomli asarida klassik nazariyani boshi berk ko’chadan olib chiqadi. Uning fikricha, mamlakatlar ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashda yoki ko’proq afzallikka ega bo’lgan yohud kamroq zaiflikka ega bo’lgan mahsulot ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashsalar maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunday vaziyatlarda ikki mamlakat o’rtasidagi savdo ko’proq imkoniyatlar olib keladi.
Har bir mamlakat o’zi ixtisoslashgan mahsulotlarni ishlab chiqaradi va shu orqali yutuqlarga erishadi. Uning mulohazalari “Nisbiy afzallik nazariyasi”da o’z echimiga ega bo’ldi. Masalan, Portugaliyada ishlab chiqarilgan movut va Angliyada ishlab chiqarilgan vino individual xarajatlarga ega bo’lsin. Shuni hisobga olgan holda D. Rikardoning “Nisbiy afzallik nazariyasi”ni qo’llaymiz:
Ishlab chiqarish uchun zarur bo’ladigan mehnat birligi miqdori;