Bojxona organlari soliq organlari va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti organlari bilan birgalikda ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan davlat korxonalari va tashkilotlari tomonidan import qilinayotgan tovarlarning narxini oshirib ko‘rsatish holatlari bo‘yicha muntazam ravishda monitoring o‘tkazadi. Bojxona omborlarida uch yildan ortiq saqlanib kelinayotgan molmulklar bojxona organlari tomonidan ushlab qolinadi va ular uch oy davomida talab qilib olinmagan hollarda sud qarori asosida davlat foydasiga undiriladi, keyinchalik belgilangan tartibda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan sotiladi yoki yo‘q qilinadi. Bojxona organlari tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va ularning tashqi savdo faoliyati qonuniyligini tekshirish maqsadida tovarlar va transport vositalari erkin muomalaga chiqarilgandan so‘ng ularning bojxona nazoratini oshiradi.
Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridagi chegara bojxona postlarini zamonaviy inspeksion-ko‘rik majmualari va boshqa bojxona nazoratining texnik vositalari bilan jihozlash belgilandi.
Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridagi chegara bojxona postlarini zamonaviy inspeksion-ko‘rik majmualari va boshqa bojxona nazoratining texnik vositalari bilan jihozlash belgilandi.
Temir yo‘l chegara bojxona postlari davlat chegarasida temir yo‘l sostavlari qkesishish joylariga ko‘chirilib, ushbu joylarda bojxona va boshqa turdagi davlat nazoratini amalga oshirish uchun zarur infratuzilma tashkil etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Sh. Mirziyoyev . Tanqidiy tahlil, qa’tiy tartib-intizom va shahsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo’jallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi. Xalq so’zi 16 yanvar 2017 yil.
М.Xolmedov va boshqalar. «O’zbekiston Respublikasida bojxona rejimlarini qo’llash asoslari», Т.:Iqtisodiyot va huquq dunyosi , 2015 y.
Mamatov М. Milliy iqtisodiyotda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning nazariy asoslari, Iqtisodiyot va ta’lim, 2015 y., № 4
www.president.uz – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
www.president.uz – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
www.customs.uz – O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati portali
www.lex.uz – O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik Portali
www.advice.uz rasmiy sayti
www.ebook.tsue.uz – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti veb-sahifasi