Mamlakatimizda bojxona xavfsizligi - Turli nayranglarni qoʻllagan holda moʻmay daromad ilinjida bojxona nazoratini chetlab oʻtishga boʻlgan urinishlar, xususan, yurtimizga turli hayvonlarni tegishli ruxsatnomalarsiz noqonuniy tarzda olib kirmoqchi boʻlgan qonunbuzarlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.
- 2022-yil 30-avgust kuni Toshkent xalqaro aeroportiga Misr davlatidan uchib kelgan fuqarolarning qoʻl yuklari oʻrnatilgan tartibda rentgen uskunalari orqali tekshirilganida, yoʻlovchilardan birining yuklari bojxonachilar eʼtiborini tortdi.
- Oʻtkazilgan tekshiruv natijasida, fuqaro M.S. Yashirincha 56 bosh tirik timsoh bolalarini tegishli hujjatlarsiz yurtimizga yashirincha olib kelayotgani fosh boʻldi.
- Maʼlumotlarga koʻra, mazkur timsoh bolalarining umumiy qiymati 918,5 million soʻmni tashkil qiladi.
Davlat bojxona qoʻmitasining “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari poytaxtimiz aeroportida tilla taqinchoqlarni yashirincha olib kirishning gʻayrioddiy usulni fosh qilishdi. Davlat bojxona qoʻmitasining “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari poytaxtimiz aeroportida tilla taqinchoqlarni yashirincha olib kirishning gʻayrioddiy usulni fosh qilishdi. “Instanbul-Toshkent” reysi boʻyicha parvozini yakunlagan yoʻlovchilardan biri bojxonadan “yashil” yoʻlak orqali harakatlanar ekan, uning bezovtalanishi bojxona xodimlarining diqqatini tortdi. Shundan soʻng, unga tegishli bagaj belgilangan nazorat-rentgen uskunasi orqali koʻzdan kechirilganda, bagajdagi sharbat tayyorlash qurilmasining tasviri ekranda shubhali aks etdi. - Qarangki, qurilmaning temir asosli tag qismi maxsus uskuna yordamida kesib ochib koʻrilganida, uning ichiga jami 799 gr. ogʻirlikdagi qimmatbaho tilla taqinchoqlar yashirilganligi fosh boʻldi.
Jadvaldan ma’lumki, Qishloq xo’jalik mahsulotlari 2021-yilga nisbatan 13 taga, oziq-ovqatlar 8 taga kam miqdorda noqonuniy olib o’tishga urinishgan. Ammo, qolgan sohalarda, xususan, mineral o’g’itlar, tamaki, dori-darmonlar, rangli metallar, neft mahsulotlari olib kirish bo’yicha qonunbuzarliklar o’tgan yilgiga qaraganda ancha ko’p sodir etilgan. - Jadvaldan ma’lumki, Qishloq xo’jalik mahsulotlari 2021-yilga nisbatan 13 taga, oziq-ovqatlar 8 taga kam miqdorda noqonuniy olib o’tishga urinishgan. Ammo, qolgan sohalarda, xususan, mineral o’g’itlar, tamaki, dori-darmonlar, rangli metallar, neft mahsulotlari olib kirish bo’yicha qonunbuzarliklar o’tgan yilgiga qaraganda ancha ko’p sodir etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |