Xalqaro reklama


-mavzu. Xalqaro reklama fanining predmeti, metodi va vazifalari



Download 244,49 Kb.
bet3/36
Sana25.03.2023
Hajmi244,49 Kb.
#921728
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
халқаро

1-mavzu. Xalqaro reklama fanining predmeti, metodi va vazifalari
Xalqaro reklama tushunchasi va uning mohiyati.
Xalqaro reklama faoliyati turlari.
Xalqaro reklamaga nisbatan qonunchilikda belgilab qo‘yilgan talablar.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Ma’ruza, tushuntirish, suhbat, savol-javob.
Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; Q10; Q11; Q12; Q13
1. Reklama tushunchasi, uning mohiyati va vazifalari
Reklamani tarixan ishlab chiqaruvchining (sotuvchining) iste’molchiga tovarlarni xarid qilishi uchun ta’sir ko‘rsatishga intilishida maqsadli yo‘naltirilgan ta’sir ko‘rsatish vositasi sifatida ta’riflash mumkin. Marketing bo‘yicha adabiѐtlarda reklamaga berilgan ko‘plab ta’riflar mavjud. Reklama so‘zining kelib chiqishi latin tili bilan bog‘liq: italyan tilidagi «reclamare» so‘zi qichqirish ma’nosini anglatadi. Reklama ingliz tilida «advertising» atamasi bilan belgilanadi, bu bildirish, xabar qilish ma’nosini anglatadi hamda iste’molchining e’tiborini mahsulotga (tovarga, xizmatga) jalb qilish va ushbu tovar ѐki xizmatni xarid qilish borasida tavsiyalar, takliflar, maslahat va chaqiriqlar tarqatish sifatida talqin etiladi. Reklama bo‘yicha ko‘p sonli nashrlarda uning turlicha ta’riflari keltiriladi: iste’molchini ushbu ishlab chiqarish korxonasi, savdo korxonasi ѐki boshqa turdagi korxona taklif etaѐtgan tovar ѐki xizmat bilan tanishtirish; ommaviy axborot vositalari va boshqa aloqa turlari orqali biron-bir tovar ѐki xizmat foydasiga amalga oshiriladigan pullik, bir yo‘nalishli va shaxssiz murojaat; manbasi ko‘rsatilgan holda axborot tarqatishning pullik vositalari orqali amalga oshiriladigan gaxssiz kommunikatsiya shakllari; tovar va xizmatlarni sotish, ularga talab shakllantirish maqsadida turli xildagi tovar va xizmatlarning iste’mol xususiyatlari haqida axborot berish; ma’lum bir homiy tomonidan g‘oyalar, tovarlar va xizmatlarni shaxssiz tarzda taqdim etish va ilgari surishning har qanday puli to‘langan shakli; reklama beruvchidan ochiq kelib chiqadigan va u tomonidan sotuvni oshirish, mijozlar doirasini kengaytirish, ovozlar olish ѐki shaxsan ma’qullashni qo‘lga kiritish maqsadida puli to‘langan, shaxs, tovar, xizmatlar ѐki jamoatchilik harakati 6 haqidagi bosma, qo‘lѐzma, og‘zaki ѐki tasvir shaklidagi xabarlar berish; g‘oyalar ѐki xizmatlarni ma’lum bir homiy nomidan shaxssiz taqdim etish va ilgari surishning har qanday pullik shakli (Amerika marketing assotsiatsiyasi ta’rifi) va b. Ta’riflarning bunday xilma-xilligida reklamaning mohiyatini tushunshga ikkita bir-biriga tamomila qarama-qarshi bo‘lgan ѐndashuvni qayd etib o‘tish mumkin. Tor ma’noda reklama ostida faqat pullik, bir yo‘nalishli, shaxssiy va bivosita ifodalanadigan, muayyan tovar foydasiga tashviqot yurgizadigan murojaatlar tushuniladi. Keng ma’noda potensial iste’molchiga har qanday murojaat reklama hisoblanadi. Shunday qilib, reklama ta’riflaridan uning asosiy belgilarini ajratib ko‘rsatish mumkin: ( u pulli hisoblanadi; ( u OAV ѐki maxsus e’lonlardan foydalangan holda amalga oshiriladi; ( u aniq belgilangan reklama beruvchiga ega bo‘ladi; ( u tovarlar ѐki xizmatlar haqida xabardor qiladi va ularga tashviqot qiladi. Mashhur marketolog Filip Kotler, reklamaga quyidagicha ta’rif beradi: «Reklama kommunikatsiyaning shaxsan bo‘lmagan shakllaridan bo‘lib, u mablag‘ bilan ta’minlash manbai aniq ko‘rsatilgan holda, haq to‘lanadigan axborot tarqatish vositalari orqali amalga oshiriladi. Reklamaning sotish reklamasi, siѐsiy reklama, diniy reklama va boshqa turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Reklama faoliyatining turlarini quyidagicha tasniflash mumkin (1.1-jadval). Reklamaning kuchi va ahamiyati jahon tajribasidan ma’lum. U, avvalmbor, ixcham, badiiy ifodalangan shaklda berilgan hissiy bo‘ѐqlarga ega bo‘lgan va tovarlar va xizmatlar haqidagi eng muhim faktlar hamda ma’lumotlarni potensial xaridorlar ongi va diqqatiga yetkazadigan axborotni mujassamlashtiradi. Shu bilan birga ta’kidlash lozimki, reklama har doim axborotdir, lekin axborot esa har doim ham reklama bo‘lavermaydi.
1.1-jadval Reklama faoliyatining turlari Reklama faoliyatining maxsus sohalari Reklama predmeti Iqtisodiѐt Ishlab chiqarish, savdo, moliya, ishchi kuchini taklif qilish, ish izlash Maishiy xizmatlar Maishiy turmush va dam olish buyumlarini tikish, tayѐrlash Intellektual (aqliy)xizmatlar Ta’lim, tibbiѐt, kitoblar, matbuot, bashorat, turizm Tomoshalar Sirk, teatr, konsertlar Din Missionerlik chaqiriqlari, diniy plakatlar, diniy marosimlarga takliflar Siѐsat Saylovlardagi nomzodlarni tashviq qilish, mitinglar, namoyishlar, manifestatsiyalar (ommaviy yurishlar) shiorlari Huquqshunoslik Yo‘qolganlar haqida xabarlar, jinoyatchilarni qidirish, sud jaraѐnlariga taklif qilishlar Xayriya Xayriya marosimlari haqidagi xabarlar, ehson qilishga chaqirishlar Fan va ekologiya Ma’rifiy yo‘nalishdagi reklama, varaqalar, plakatlar, prospektlar, bukletlardagi ommalashtirish Oilaviy va shaxslararo munosabatlar Nikoh haqidagi e’lonlar, tanishuvga, birgalikda saѐhatga, ish boshlashga taklif qilish Sotish reklamasi xaridorlarga sotish xizmati ko‘rsatish sifatini oshirishga ko‘maklashishi kerak. Reklama ѐrdamida xaridorlar o‘zlariga zarur tovarlarni tez topadilar, o‘zlari uchun qulay bo‘lgan holda va kam vaqt ketkazib ularni sotib oladilar. Bunda tovarlarni sotish tezlashadi, sotish xodimlari mehnatining samaradorligi oshadi, xarajatlar kamayadi. 8 O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 25 dekabrda qabul qilingan 723-I-son «Reklama to‘g‘risida»gi Qonunida quyidagi asosiy tushunchalar keltiriladi. Reklama — bevosita ѐki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida yuridik ѐki jismoniy shaxslar, mahsulot, shu jumladan tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi va texnologiyalar to‘g‘risida har qanday shaklda va har qanday vositalar ѐrdamida qonun hujjatlariga muvofiq tarqatiladigan maxsus axborot Noaniqligi, ikki xil ma’noni anglatishi, bo‘rttirib yuborishi, yashirib ketishi oqibatida, reklamani tarqatish vaqti, joyi va usuliga nisbatan qo‘yilgan talablarni va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablarni buzishi natijasida reklamadan foydalanuvchilarni chalg‘ituvchi ѐki chalg‘itishi mumkin bo‘lgan, shaxslarga, shuningdek davlatga zarar va ma’naviy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan reklama noto‘g‘ri (insofsiz, bilaturib ѐlg‘on) reklama hisoblanadi Vakolatli davlat organlari reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligini aniqlagan taqdirda, qonunbuzar mazkur organlarning qaroriga binoan va ular ko‘rsatgan muddatda aksilreklama berishi shart. Aksilreklama berish shuningdek, ixtiѐriy ravishda ѐki sudning qaroriga binoan amalga oshirilishi mumkin. Aksilreklama berishni amalga oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar qonunbuzar tomonidan qoplanadi. Agar qonunbuzar aksilreklamani reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organ belgilagan muddatda bermasa, mazkur organ qonunbuzarning reklamasini u aksilreklamani bergunga qadar to‘liq ѐki qisman to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilishga hamda reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan shaxs bilan shartnoma tuzgan taraflarni bundan xabardor qilishga haqlidir. Aksilreklama raddiya berilaѐtgan reklama e’lon qilingan ayni o‘sha ommaviy axborot vositalarida, ayni o‘sha muddat, makon, joy va tartibdan foydalangan holda beriladi. 9 Aksilreklamaning mazmuni qonunbuzarlik holatini aniqlagan va uni tuzatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan tegishli davlat organi bilan kelishiladi. Ayrim hollarda bu organning qaroriga binoan aksilreklama beriladigan ommaviy axborot vositasi, muddati, joyi va tartibi o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Shunday qilib, qonunda reklamaga keng ta’rif beriladi. Unda shuningdek, reklamaga qo‘yiladigan quyidagi talablar ham keltiriladi: O‘zbekiston Respublikasi hududida reklama O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida ѐki reklama beruvchining xohishiga ko‘ra boshqa tillarda tarqatiladi. Belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari), bosma usulda terilgan bo‘g‘inli belgilar (logotiplar) asli qaysi tilda bo‘lsa, shu tilda keltirilishi mumkin; qonuniylik, aniqlik, ishonchlilik, reklamadan foydalanuvchiga zarar, shuningdek ma’naviy zarar yetkazmaydigan shakllar va vositalardan foydalanish; ishlab chiqarilishi ѐki realizatsiya qilinishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan mahsulot to‘g‘risida axborot tarqatish; jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeiga qarab, boshqa holatlarga ko‘ra kamsitish ѐki o‘zga shaxslarning mahsulotini badnom etish; qonun hujjatlarining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan, fuqarolarning sog‘lig‘i ѐki haѐtiga va atrof muhitga zarar yetkazuvchi ѐxud zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan, shuningdek xavfsizlik vositalariga e’tiborsizlik tuyg‘usini uyg‘otuvchi harakatlarga da’vat qilish; majburiy sertifikatlashtirilishi zarur bo‘lgan ѐki ishlab chiqarilishi ѐxud realizatsiya qilinishi uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) bo‘lishi talab etiladigan mahsulotni tegishli sertifikati, litsenziyasi bo‘lmay turib reklama qilish; agar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, boshqa mahsulot reklamasida qo‘llaniladigan umumiy yechim, matn, tasvir, musiqali ѐki ovozli ohanglarni aynan takrorlash (taqlid ѐki o‘xshatma qilish); jismoniy shaxsning nomi ѐki tasviridan uning roziligisiz foydalanish; pornografiyani tarqatish. axborot 10 mazmunining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xorijiy so‘z va iboralardan foydalanish; mahsulot davlat organlari ѐxud ularning mansabdor shaxslari tomonidan ma’qullanganligini ko‘rsatish; ishtirok etish uchun muayyan mahsulotni olish sharti qo‘yilgan rag‘batlantiruvchi lotereya, tanlov, o‘yin ѐki shunga o‘xshash boshqa tadbir o‘tkazishni tadbirning tashkilotchisini, uni o‘tkazish qoidalari va muddatlarini, bunday tadbir haqidagi axborot manbaini, mukofotlar ѐki yutuqlar miqdorini, ularni olish muddatlari, joyi va tartibini ko‘rsatmagan holda reklama qilish; mahsulotni tovar belgisi ѐki xizmat ko‘rsatish belgisi reklama qilish taqiqlangan ѐxud reklama qilishga nisbatan tegishli cheklovlar ѐki talablar belgilangan mahsulotning tovar belgisi ѐki xizmat ko‘rsatish belgisi bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil ѐxud unga aynan o‘xshash bo‘lgan boshqa mahsulotning reklamasi ko‘rinishida reklama qilish taqiqlanadi. Xulosa chiqarish mumkinki, reklama kimning nomidan qilinaѐtgani aniq ko‘rsatilgan holda pullik ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshiriladigan kommunikatsiyalar shakilni, shuningdek, biznesdagi vaziyatni aks ettiradigan marketing vositasini ifodalaydi.
Mutaxassislar tomonidan berilgan barcha ta’riflarda reklamaning quyidagi tavsifnomalari alohida ajratib ko‘rsatiladi.
1.Shaxssiz xarakter. Kommunikativ signal potensial xaridorga reklama qilinaѐtgan tovar sotuvchisidan emas, balki har xil turdagi vositachilardan kelib tushadi (ommaviy axborot vositalari, turli xildagi reklama vositalari).
2.Reklama murojaatining sotuvchidan xaridorga bir tomonlama yo‘naltirilganligi. Oluvchining javob tariqasidagi reaksiyasi sezilarli vaqt oralig‘iga kechikishi mumkin.
3.Reklama samarasini o‘lchash nuqtai-nazaridan noaniqlik. Kommunikatsiyalarda qaytuvchan aloqa ehtimoliy va noaniq xarakterga ega. Xarid fakti (sotuvchi, tabiiyki, xaridordan xarid 11 haqida qaror kutadi) subyektiv xarakterga ega bo‘lgan ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘ladi. 4.Jamoatchilik xarakteri. Reklama qilinaѐtgan tovar qonuniy va umum e’tirof etilgan ekanligi taxmin qilinadi. Reklama e’lonida homiy, reklama beruvchi, reklama uning hisobidan va uning nomidan amalga oshiriladigan subyekt aniq belgilangan bo‘ladi. Avvalboshdan, o‘z-o‘zidan ma’lum bo‘lgnidek, reklama kommunikatsiyalari manbasi – uning uchun to‘lovni amalga oshiradigan shaxs ekanligi taxmin qilinadi. Reklama xolislik, beg‘arazlikka da’vo qilmaydi. Umum e’tirof etilganki, reklama murojaatida asosiy e’tibor reklama qilinaѐtgan tovar ѐki firmaning ustuvorliklariga qaratiladi.
5.Ko‘zga yaqqol tashlanib turishlik va nasihat qilishga moyillik. Reklama dalillarining ko‘p marta takrorlanishi iste’molchiga psixologik ta’sir ko‘rsatadi va uni xaridga undaydi.
1.2. Reklamaning maqsad va vazifalari Reklamaning maqsadlari belgilangan vaqt davomida maqsadli doiraga axborot ta’siri ko‘rsatish natijasida hal etiladi. Ular asosiy va ikkinchi darajali, yakuniy va oraliq, iqtisodiy va ijtimoiy, axborot va kommunikativ va h.k. bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining «Reklama to‘g‘risida»gi Qonunida reklamaning maqsadlari sifatida birinchi o‘rinda, reklama auditoriyasining yuridik va jismoniy shaxslarga, tovarlar, g‘oyalar va tashabbuslarga qiziqishini shakllantirish va qo‘llab-quvvatlash, ikkinchidan esa – ularning amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash belgilab berilgan. Bu esa, o‘z navbatida, marketing va reklama faoliyati yo‘nalishlarini tanlashni anglatadi. Bu yerda birinchi navbatda quyidagi savollarga javob berish kerak: kim reklama iste’molchisi hisoblanadi, bozorda qaysi reklama xizmatlarini taklif etish kerak, ularni kim, qayerda, qachon va qanday narxda ko‘rsatadi? bu savollarga javoblar reklama faoliyati yo‘nalishini: reklama xizmatlari assortimentini shakllantirish; bunday 12 xizmatlarga talab va taklif konyunktura ko‘rsatkichlarini aniqlash; reklama harakatini tashkil qilish va boshqarish; reklama xizmatlari harakatlanishini (reklama vositalari, kanallari, medirejalashtirish uchun ko‘rsatkichlar tanlashni) belgilab beradi. Reklamaning asosiy maqsadlari – xabardorlikni tashkillashtirish, axborot taqdim etish, ishontirish, eslatish, xarid haqida qaror qabul qilishga ko‘ndirishdir. Reklamaning yakuniy maqsadlari iste’molchilar xulq-atvorida kutilaѐtgan reaksiyaga erishishdan iborat: bilishga oid (taniqlilik, mashhurlik, marka nufuzliligi va h.k.); emotsional (tan berish, moyillik, estetik qoniqish va h.k.); xulq-atvor (sinov tariqasida xarid qilishga undash, iste’mol qizg‘inligini oshirish, savdo markasiga sodiqlikni kuchaytirish va b.). Reklamaning bosh maqsadi – mijozga shunday ta’sir ko‘rsatish kerakki, u xarid paytida aynan reklama qilinaѐtgan mahsulotni xarid qilsin. Reklama maqsadlari aniq belgilangan va bajarish mumkin bo‘lgan marketing rejalariga bog‘liq yud, agarda ular reklama samaradorligini oshirishni nazarda tutadigan bo‘lsa – miqdoriy ko‘rsatkichlar orqali belgilanadi. Masalan, reklama kommunikativligini oshirish uchun markaning 80% maqsadli doirada taniqliligini ta’minlash ѐki 55% iste’molchilarda markaga munosabatni o‘zgartirish maqsadi qo‘yiladi. Iqtisodiy samaradorlik kattaroq bo‘lishi uchun reklama qilinaѐtgan tovar sotuvini 30%, tovarning haѐtiylik davri 1,5 yilga teng bo‘lgan muddatda sotuv suratining 15% o‘sishi maqsad qilib qo‘yiladi. Reklamaning iqtisodiy maqsadi quyidagi yechimlarni ko‘zda tutadi: ( tovar sotuvini qo‘llab-quvvatlash va kengaytirish ѐki savdo aylanmasini oshirish; ( ushbu tovar ѐki xizmat turiga ehtiѐj shakllantirish; ( aynan ushbu tovarni aynan ushbu firmadan xarid qilishga undash; ( muayyan markali tovarga talabni rag‘batlantirish va sotuvni rag‘batlantirish; 13 ( imtiѐzli bitimlar, sotib yuborish, narxlarni arzonlashtirish haqida e’lonlar berish; ( yangi tovar ѐki xizmatni bozorga chiqarish muddatini qisqartirish; ( potensial xaridorlarni magazin va ko‘rgazmalarga tashrif buyurishga undash; ( tovarni yangi o‘rovda taqdim etish. Kommunikativ maqsadlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: iste’molchini yangi tovar, yangi marka ѐki yangi korxona bilan tanishtirish; tovarning mashhurlik darajasini oshirish; tovar iste’molidagi urf-odatlarga ta’sir ko‘rsatish; iste’molchilarni axborot bilan ta’minlash (masalan, narxlarning o‘zgarishi haqida); belgilangan yo‘nalishda imidjni o‘zgartirish (tovarni modernizatsiya qilish, jalb etuvchanlikni oshirish); odamlarni magazinga tovar xarid qilish istagisiz ham olib keladigan qiziquvchanlikni uyotish; mahsulot xarid qilishga ulgurgan boshqa odamlardan namuna olish istagini uyg‘otish; tovarga sodiqlikni qo‘llab-quvvatlash; korxona va uning tovari haqidagi fikrlarni yaxshilash; o‘z tovarlarini raqobatlashuvchi tovarlar orasidan ajratib ko‘rsatish. Reklamaning vazifalari tovarlar va xizmatlar haqida, ularning xususiyatlari va sotish shartlari, ishlab chiqaruvchi firmalar haqida xabardor qilishdan iborat. Ular muayyan reklama maqsadlarini bajarish davomida bosqichma-bosqich hal etiladi. Reklamaning asosiy vazifalari uch guruhga ajratiladi: ( tijorat vazifalari – sotuvni rag‘batlantirish, savdoning o‘sishi, foydaning ortishi, tovar aylanmasining tezlashuvi, foyda keltiradigan hamkorlar izlab topish; ( notijorat vazifalari – siѐsiy maqsadlarni amalga oshirish, ma’naviy negizlarni mustahkamlash, tabiatni asrash, kasallanishlarni pasaytirish, diniy tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash va b.; ( imidj bilan bog‘liq vazifalar – tovar va firma obrazini, firma va uning mahsulotlari nufuzliligini shakllantirish. 14 Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, asosiy vazifalar tijorat vazifalari, ya’ni reklamaning iqtisodiy vazifalari hisoblanadi, notijorat vazifalari esa ikkilamchi rol o‘ynaydi. Boshqalar esa reklama jamoatchilik missiyasini birinchi navbatda takror ishlab chiqarish jaraѐni samaradorligini oshirishni rag‘batlantirish, odamlarni oqilona iste’mol qilishga yo‘naltirish, ularning madaniy va ta’lim darajasini oshirishga ko‘maklashish yo‘li bilan bajaradi. Reklama har qanday muayyan vazifani bajarishda barcha ishtirokchi tomonlarning manfaatlarini umumlashtiradi. Jamiyat uchun foydali bo‘lgan narsalar tashkilotlar va alohida shaxslar uchun ham foydali bo‘ladi. Masalan, iste’molni oqilonalashtirishdan butun jamiyat ham, uning alohida a’zolari ham bir xilda manfaatdor bo‘ladi. Shu bilan birga reklama vazifalarini afzal ko‘rish reytingi bo‘yicha savdoning o‘sishi eng yuqori ustuvorlikka ega - 51,8%, undan keyin quyidagilar keladi: tovar imidjini yaxshilash - 51,5%, bozorda xabardorlikni shakllantirish - 48,9%, savdo personalini qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash - 45,8%. Reklama vazifalarini qo‘yishda tovar markasining tovar toifasidagi pozitsiyasini, tovarning haѐtiylik davri bosqichi va uzunligini, iste’molchilarning tovar haqida xabardorlik darajasini, tovar bozori konyunkturasini hisobga olish zarur. Umuman olganda, reklama bozorda quyidagi vazifalarni hal etadi: tovar ѐki xizmatning taniqli bo‘lishiga xizmat qilish va unga nisbatan ishonchni mustahkamlash; tovarning ulgurji va chakana savdogarlar tomonidan qabul qilinishini ta’minlash va uning tarqatilishiga ko‘maklashish; muayyan markali tovarga talabni rag‘batlantirish; raqobatchilarning markali tovarlari bilan qarshi kurash; yangi tovarni (xizmatni) bozorga chiqarish muddatlarini qisqartirish; yangi g‘oya, hodisa, bayramni ommaviylashtirish; so‘rovlarni rag‘batlantirish yo‘li bilan sotuvning o‘sishini ta’minlash; sotuvchining ishonchi komilligini mustahkamlash; tovarni yangi o‘rovda taqdim etish; imtiѐzli bitimlar ѐki takliflar haqida e’lon qilish; yangi tovar (izmat) mohiyatini tushuntirib 15 berish; imidjni takomillashtirish ѐki nufuzni o‘zgartirish; potensial xaridorlarni magazin, ko‘rgazma va yarmarkalarga tashrif buyurishga undash. Reklamaning asosiy vazifalari sotuvchi bozorining rivojlanish bosqichiga qarab o‘zgaradi (1.2-jadval). 1.2-jadval Bozor rivojlanishining turli bosqichlarida reklama hal etadigan vazifalar Bozorning rivojlanish bosqichi Reklama vazifalari Bozorni tayѐrlash Iste’molchilarni xabardor qilish, potensial iste’molchilar shakllantirish, tovar ishlab chiqaruvchilar haqida tasavvur uyg‘otish Yangi tovarlar joriy qilish Reklamani kuchaytirish hisobiga potensial xaridorlar sonini oshirish, xaridlarni rag‘batlantirish, sotuv joylari haqida xabardor qilish, tovar ishlab chiqaruvchiga nisbatan kerakli munosabatni shakllantirish, ya’ni korxona imidjini yaratish Tovarlarni ommaviy sotish Erishilgan savdo darajasini qo‘llab-quvvatlash, xaridorlar doirasini barqarorlashtirish, tovarlar chiqarishni hisobga olgan holda savdoni kengaytirish Boshqaga o‘tkazish Eslatish, tovarlarni almashtirish yo‘li bilan ustuvorliklarni aniqlash, xaridorlarni qayta yo‘naltirish Tovar savdosini rag‘batlantirish maqsadida tarqatiladigan tovar haqidagi axborotlardan tashqari, reklama boshqa muhim vazifalarni ham bajaradi, chunonchi: ishlab chiqaruvchi korxona, uning tarixi, nufuzi, ishlab chiqaradigan mahsulotlari, yutuqlari va mijozlari haqida bilimlarni tarqatish; reklama beruvchi korxona foydasiga qaror qabul qilishga ta’sir etuvchi shaxslarga ta’sir ko‘rsatish; mijozlar bilan muzokaralar paytida xizmat xodimlariga ѐrdam berish; jamoatchilik tomonidan korxonaga nisbatan ijobiy munosabat shakllantirish; reklama beruvchining mahsulotlariga nisbatan noto‘g‘ri tushuncha mavjud bo‘lgan hollarda uni bartaraf qilish; mahsulot sotib olgan kishilarda ijobiy hissiѐtlarni qo‘llab-quvvatlash, ularda to‘g‘ri tanlovni amalga 16 oshirgani haqida ishonchni qo‘llab-quvvatlash; servis haqida, ya’ni korxona xaridorlar haqida ular mahsulotni xarid qili bo‘lganidan so‘ng ham qayg‘urishi haqida ma’lumotlar tarqatish; ishlab chiqaruvchi korxona mustahkam va ishonchli ekanligi, zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni aniq va shubhasiz bajarishini ko‘rsatish; mahsulot sinovlari va xaridorlarda ijobiy taassurot qoldirish uchun uning sifatlari yaxshilangani haqida hikoya qilish.
1.3. Reklamaga qo‘yiladigan umumiy talablar Jamiyatning reklamaga qo‘yiladigan talablari reklama faoliyatini tartibga solishda ifodalanadi. Reklamani tartibga solish tarixan XIX asrning boshlarida vujudga kelgan reklama klubini tashkil qilish bilan bog‘liqdir. Bunga reklama faoliyatini fundamental ilmiy asoslab berish xizmat qilgan. Klublar assotsiatsiyalarga birlashgan va 1924 yil Uemblen shahrida (Angliya) bo‘lib o‘tgan qurultoyda Reklama klublari butunjahon ittifoqi tashkil qilingan va u ikki xil – ta’lim va nazorat yo‘nalishishida faoliyat yurita boshlagan. Bir tomondan, u klub a’zolarining professional darajasini oshirishga yo‘naltirilgan ta’lim aksiyalarini ishlab chiqqan va amalga oshirgan, boshqa tomondan esa – ma’lum darajada ommani aldanib qolishdan himoya qilish maqsadida reklama faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirgan. 1938 yil Xalqaro reklama assotsiatsiyasi (IAA) ta’sis etilgan bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida reklama beruvchilar, reklama agentliklari va ommaviy axborot vositalarini birlashtirgan yagona butunjahon tashkiloti hisoblanadi. Bugungi kunda IAA 60 mamlakatda 58 ta bo‘linmaga ega (jumladan, Rossiyada). 1990-yillarda Rossiyada mamlakat reklamachilarini birlashtirgan ilk jamoat tashkilotlari tashkil qilindi. Eng nufuzli tashkilotlar qatorida – Rossiya kommunikativ agentliklar Assotsiatsiyasi (AKAR), reklama beruvchilar Assotsiatsiyasi, Xalqaro reklama assotsiatsiyasining (IAA) Rossiya bo‘linmasi, Mintaqalar reklama federatsiyasi (RFR) va boshqalarni alohida ajratib 17 ko‘rsatish mumkin. 1995 yilning fevralida Reklama bo‘yicha jamoatchilik kengashi tashkil etilgan bo‘lib, 2000 yilning fevralida u Rossiya reklama kengashigabil (RSR) aylantirildi. Kengashning asosiy maqsadlari reklama bozorining o‘zini-o‘zi tartibga solish tizimini shakllantirish, reklama bo‘yicha mintaqaviy kengashlar faoliyatini muvofiqlashtirish, reklama bilan bog‘liq qonunchilik ishlab chiqish da ishtirok etish hisoblanadi. Bunugni kunda Rossiya Federatsiyasida Xalqaro reklama assotsiatsiyasi, Rossiya reklama agentliklari assotsiatsiyasi, Reklama ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash Fondi, Reklama bo‘yicha jamoatchilik kengashi va boshqalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Rossiya Federatsiyasida reklama faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qonun hujjatlari quyidagilar hisoblanadi: («Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasining Qonuni №267-II Qabul qilingan sana 30.08.2001; («Reklama to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasining Qonuni №723-I Qabul qilingan sana 25.12.1998; («Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Qonuni №221-I Qabul qilingan sana 26.04.1996; («Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori №225 Qabul qilingan sana 12.10.2005; («Reklama to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori №243 Qabul qilingan sana 26.06.2000; (Reklamani joylashtirish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va 18 raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining qarori №1024 Qabul qilingan sana 06.04.2001 «Reklama to‘g‘risida»gi Qonun mamlakatda reklama faoliyatining asosiy tamoyillarini belgilab berib, reklama yaratish, tarqatish va olishda yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarni tartibga solishga xizmat qilgan. Xususan, unda noto‘g‘ri (insofsiz, bilaturib ѐlg‘on) reklama uchun javobgarlik belgilab qo‘yilgan, reklama jaraѐni qatnashchilarining huquq va majburiyatlari, reklama sohasida davlat tomonidan tartibga solish mexanizmi ko‘rsatilgan. Qonun ijtimoiy voqealarni, siѐsiy partiyalarning, diniy tashkilotlar va jamoat birlashmalarining manfaatlarini aks ettiruvchi va (ѐki) ularni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan axborot bilan bog‘liq munosabatlarga tatbiq etilmaydi. O‘zbekiston Respublikasida reklamaga nisbatan qonunchilikda quyidagi talablar belgilab qo‘yilgan: reklama qaysi shaklda taqdim etilishidan qat’i nazar u maxsus bilimlar va texnik vositalarsiz oson tanib olinadigan bo‘lishi lozim; O‘zbekiston Respublikasi hududida reklama O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida ѐki reklama beruvchining xohishiga ko‘ra boshqa tillarda tarqatiladi; majburiy sertifikatlashtirilishi zarur bo‘lgan ѐki ishlab chiqarilishi ѐxud realizatsiya qilinishi uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) bo‘lishi talab etiladigan mahsulotni tegishli sertifikati, litsenziyasi bo‘lmay turib reklama qilishga yo‘l qo‘yilmaydi; reklamada intellektual mulk obyektlaridan foydalanishga faqat qonunchilikda belilangan tartibda ruxsat etiladi; reklama qonun hujjatlarining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan, fuqarolarning sog‘lig‘i ѐki haѐtiga va atrof muhitga zarar yetkazuvchi ѐxud zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan, shuningdek xavfsizlik vositalariga e’tiborsizlik tuyg‘usini uyg‘otuvchi harakatlarga da’vat qilmasligi lozim. Iste’molchiga ta’sir ko‘rsatish butun reklama jaraѐni uning haѐt tarzi, zamonaviy jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va axloqiy vazifalari bilan qalin aloqada tashkil etilishi lozim. Reklamada 19 hattoki reklama qilinaѐtan tovar undan bir necha marta yaxshi bo‘lsada, raqobatchilar tovarini kamsitishga yo‘l qo‘yilmaydi. Noaniqligi, ikki xil ma’noni anglatishi, bo‘rttirib yuborishi, yashirib ketishi oqibatida, reklamani tarqatish vaqti, joyi va usuliga nisbatan qo‘yilgan talablarni va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablarni buzishi natijasida reklamadan foydalanuvchilarni chalg‘ituvchi ѐki chalg‘itishi mumkin bo‘lgan, shaxslarga, shuningdek davlatga zarar va ma’naviy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan reklama noto‘g‘ri (insofsiz, bilaturib ѐlg‘on) reklama hisoblanadi. Yashirin reklama iste’molchining idrokiga uning o‘zi anglamagan holda ta’sir o‘tkazadigan, shu jumladan maxsus video ilovalardan (qo‘sh ovozli ѐzuvdan) foydalanish yo‘li bilan hamda boshqa usullar bilan ta’sir o‘tkazadigan reklamadir. Yashirin reklamadan radio-, tele-, video-, audio- va kino mahsulotda, shuningdek boshqa mahsulotda foydalanishga va uni o‘zga usullar bilan tarqatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Reklamani yashirin deb topish to‘g‘risidagi qarorni vakolatli davlat organi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qiladi. Amaliѐt shuni ko‘rsatadiki, reklamada amaldagi me’ѐrlarning qo‘llanishi turli xarakterdagi qonun hujjatlarining ko‘pligi, ularning reklama vositalari va alohida tovar turlariga nisbatan talablari keragidan ortiqchaligi va qarama-qarshiligi, ayrim qoidalarning turlicha talqin qilinishi, ayrim ifodalarning reklama faoliyati keng doiradagi qatnashchilari uchun tushunarli emasligi, professional maslahatlar berish tizimining yo‘qligi tufayli ancha qiyindir. Huquqiy hujjatlarning qoidalari reklama faoliyatining boshqa qatnashchilaridan farqli ravishda reklama iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish tomon qaratilgan. Amaliѐtda esa reklama iste’molchilarining bu himoyalanganlik holati birinchi navbatda, huquqiy madaniyatning pastligi sababli to‘liq ma’noda amalga oshirilishi mumkin emas. Noto‘g‘ri reklama holatlari ularni uzatishga jalb qilingan ommaviy axborot vositalarida muammolar vujudga kelishiga xizmat 20 qiladi. Obro‘-e’tiborni saqlashga hattoki «reklama e’lonlarining mazmuni uchun reklama beruvchi javobgar hisoblanadi» turidagi ogohlantirishlar ham ѐrdam bermaydi. Faqat qonunchilik va raqobatgina reklama faoliyatini tartiga soluvchi asosiy omillar bo‘lib xizmat qiladi. Reklama nimanidir va’da qiladi, lekin iste’molchi uni «cho‘qib» reklama beruvchiga murojaat qilganda bu va’da faqat ayrim cheklovlar ilan ѐki iste’molchi qaysidir qo‘shimcha harakatlarni amalga oshirishi shartlarida bajariladigan bo‘lib chiqadi. Reklama faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar reklama amaliѐti Xalqaro kodeksida baѐn qilingan mos keluvchi odob-axloq me’ѐrlariga tayanishlari lozim. Biroq reklamaga qo‘yiladigan talablar nafaqat odob-axloq jihatlarini, balki mafkuraviy, axborot va estetika jihatlarini ham qamrab oladi. Masalan, reklamaga marketing talablari quyidagi tushunsalar bilan belgilanadi: ko‘rgazmalilik, taniqlilik, va’da qilish, maqsadli yo‘naltirilganlik.


Xalqaro reklama nima?
Jahonda yiliga reklamaga o‘rtacha 500 mlrd. dollar sarflanadi. Reklama darajasi va sifati aholining daromadlari va korxonalarning kredit salohiyatiga bog‘liq.
Xalqaro reklama kommunikatsiya shakli sifatida davlatlarni bir-biriga yaqinlashtirish jarayoniga katta ulush qo‘shadi. Har qanday davlatning ichki bozoriga xorijiy tovarlar, g‘oyalar va qiymatlar kela boshlagani sari odamlar bir-birlarini yaxshi tushuna boshlaydilar. Globallashuv, texnologiya va internet rivojlangani sari xalqaro reklama gullab-yashnayveradi.
Xorijda o‘z reklamasini joylashtirmoqchi bo‘lgan firmalar bir qator muammolarga duch keladi. Misol uchun eng katta dunyoviy bozorlardan biri bo‘lgan Xitoyni olaylik. Bu mamlakatning qanday o‘ziga xos xususiyatlari bor? Sanab o‘taylik:
Aksariyat Xitoyliklarning daromadi yuqori emas;
Yirik xaridlar kommuna qarori bilan amalga oshiriladi, ayrim hollarda xarid bir yilga cho‘ziladi;
Bu yerda reklama uchun efir va matbuot tansiqligi seziladi;
Matbuot reklamasi ustun;
Matbuotda va efirda reklama uchun maydon va vaqt chegaralangan;
Sport dasturlaridagi reklama katta muvaffaqqiyatga ega, chunki xitoyliklar bunday dasturlarni sevib tomosha qiladilar, o‘qiydilar va eshitadilar. 
Xalqaro reklamani qanday amalga oshirish zarur?
a) Xalqaro (baynalmilal) tizimi (2,3,4 mamlakat).
Avvaliga xorijdagi faoliyat kompaniya vatanidagi asosiy shtab-kvartira tomonidan nazorat qilinadi va muvofiqlashtiriladi. Joyidagi faoliyati kengaygani sari o‘z harakatini mahalliy reklama kompaniyalari bilan muvofiqlashtirish ehtiyoji tug‘iladi. Shu tariqa xalqaro reklama tizimi yuzaga keladi.
b) Ko‘p mamlakatlarda tegishli bo‘lgan reklama tizimlari firmalar taraqqiy etgan sari turli mamlakatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritadigan va jahonning u yoki bu mamlakatida shakllangan sharoitlar negizida o‘z biznesini istiqbolli rivojlantirishga qobil mamlakatlararo haqiqiy korporatsiyalarga aylanishi mumkin. Ular faoliyatining mohiyati dunyoning barcha bozorlari ishida to‘liq va integratsiyalashgan holda qatnashish hisoblanadi.
Odatda mamlakatlararo milliy faoliyatning muhim qonuni bo‘lgan xorijdagi savdo-sotiq ishlari o‘z mamlakatidagi savdo-sotiqqa nisbatan tezroq o‘sadi. Masalan, AQShdagi 25 ta yirik mamlakatlararo milliy korparotsiya 53 % daromadini chetdan oladi.
Mamlakatlararo milliy korporatsiyaning marketing faoliyati odatda kuchli markazlashgan nazorat va muvofiqlashtirish bilan xarakterlanadi. Masalan, «Koka-kola» kabi firma mamlakat milliy korporatsiyasi bo‘lish bilan bir qatorda u xalqaro korparatsiya ham hisoblanadi, chunki u o‘z mahsulotlarini dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida sotadi. Faoliyati shtab-kvartirada muvofiqlashtiriladi va mahsulotning standart gammasiga va yagona andozadagi marketing tizimiga ega. «Koka-kola» prezidenti bu strategiyani: «Yagona qarash, yagona ohang – yagona savdo-sotiq» deb ataydi.
Global marketing va reklama ayrim olimlarning hisoblashicha, ayrim tovarlar, chunonchi «Koka-kola» global tovarning ideal namunasidir. Boshqalar aksincha fikrda. Masalan, «Ted Beyts» firmasining raisi Bill Trages shunday deydi: «Men reklamani mamlakatning ko‘zgusi deb hisoblayman. Eng samarali reklama e’lonlari muayyan joyning imo-ishorasini, mimikasi, nozikliklari va boshqa o‘ziga xosliklarni aks ettiradi. Shu munosabat bilan reklamani andozalash – muhokama obyekti bo‘la olmaydi». Reklama global bo‘lishi mumkinmi, degan savol hanuzgacha ochiqligiga qolmoqda. «Ko‘pgina mutaxassislar singari men reklama muvaffaqqiyatli bo‘lishi uchun milliy madaniyatning ajralmas qismi bo‘lishi lozim, deb hisoblayman» (B/a. 671-b.).
Agentlikni tanlash.
Reklama beruvchi quyidagi agentliklarni tanlashi mumkin:
xalqaro (yoki butunjahon) agentligi;
mahalliy xorijiy agentlik;
eksport agentligi;
o‘z mamlakatidagi oddiy agentlik yoki firma doirasidagi reklama xizmati.
Xalqaro agentliklar. Faqatgina ko‘pgina mamlakatlarda ofislari yoki shaxobchalari bo‘lgan yirik agentliklargina yaxshi yo‘lga qo‘yilgan xalqaro reklamani yaratishga qodir. Yirik mamlakat reklama kompaniyasini rejalashtiruvchi firmalar odatda xalqaro agentliklar bilan hamkorlik qilishadi. Xorijdagi ofislar odatda bir necha tillarni, ayniqsa mahalliy tillarni biladigan xodimlarga ega. Amerika reklamasini boshqa tillarga so‘zma-so‘z o‘girish kamdan-kam hollarda muvaffaqiyatli chiqadi. Shu boisdan reklama bo‘yicha ajnabiy mutaxassislar reklamaning negiziy konsepsiyasiga o‘zgartirishlar, mahalliy iste’molchilar e’tibor berishi mumkin bo‘lgan verbal va vizual elementlarni qo‘shishlari mumkin.
Mahalliy ajnabiy agentliklar. Mahalliy agentliklarni ishga jalb qilganda ularning professional darajasiga, OAV bilan aloqasiga iste’molchilarning mahalliy texnologiyasini bilishiga e’tibor berish lozim. Ko‘pgina tovarlar uchun mahalliy agentliklar zarur darajada samarali bo‘lishi mumkin. Basharti bir emas, bir nechta mahalliy agentliklardan foydalanilsa, bu holda ularning o‘zaro harakatini aniq muvofiqlashtirishdagi roli keskin o‘sib ketadi.
Eksport agenligi. Ayrim ichki reklama agenliklari tovarlarni xorijda reklama qilishga ixtisoslashgan bo‘ladi. Ular eksport agentliklari deb ataladi. Odatda ular boshqa mamlakatlarning agentliklari bilan hamkorlikda ishlaydi. Bu o‘rinda ixtisoslashuv muhim ahamiyat kasb etadi, chunki reklama mintaqa aholisi tushunadigan tilda beriladi.
O‘z mamlakatidagi reklama agentliklari va bo‘limlari. Xorijda qimmatli reklama, reklamalar berishga qurbi yetmaydigan ko‘pgina yirik bo‘lmagan firmalar o‘z mamlakatidagi mavjud biror-bir ajnabiy reklama agentligida reklamasini muvaffaqiyatli joylashtiradilar. Agentliklar bunday vazifani yaxshi uddalaydilar. Bunday ijrochi firmalar internet orqali yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri reklama joylashtiriladigan mamlakatdagi mahalliy byurolar orqali ularni qiziqtirgan axborotni olib berishlari mumkin. Agar reklama o‘zining reklama xizmatida (umuman olganda, bunga bormagan yaxshi) joylashtiriladigan bo‘lsa, o‘zini-o‘zi yoki rahbariyatni ortiqcha maqtab yuborishga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Xalqaro reklamada ijodiy strategiya
Xalqaro reklama ijodiy strategiyasining uch qismi quyidagicha:
Bozor auditoriyasi;
OAVni tanlash,
Reklama matni.
Bozor auditoriyasi.
a) Umumiy ta’rif. Iste’molchiga bir qator omillar ta’sir qiladi: til, muhit, urf-odatlar, ehtiyoj, imkoniyat va hokazo. Mamlakatning iqtisodiy ahvolini e’tiborga olish zarur: turmush darajasi, mamlakat farovonligi va bu farovonlikning aholi qatlamlariga taqsimlanishi darajasi; joriy bitimlar hajmi aholining yetakchi mashg‘uloti va kasbi. Odamlar kam ishlab topadigan mamlakatlarda qimmatli tovarlarga talab ham past.
Misol uchun, kompyuter ishlab chiqarilmaydigan mamlakatlarda diskovodlar, mikroprotsessorlar kabi kompyuter butlov qismlarini sotish uchun keng bozor haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas. Boshqa tarafdan bunday mamlakatlar arzon import kompyuterlari uchun yaxshi bozor bo‘lishi mumkin.
b) Siyosiy ahvol. Ayrim mamlakatlarning hukumati o‘z fuqarolari ustidan qattiq nazorat o‘rnatishgan. Qanday tovarlarni reklama qilish mumkin-u qandaylarini reklama qilish mumkin emasligiga, qaysi ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, reklamada nima haqida gapirish mumkin ekanligi ham nazorat ostida.
Masalan, Skandinaviyada tovarni bezak buyum yoki farovonlik belgisi sifatida reklama qilish xavfli. Ayrim sotsialistik mamlakatlaridagi siyosiy ahvol ta’siri tufayli bunday reklama didsizlik hisoblanadi.
v) Marketing tadqiqotlarining muhimligi. Xalqaro bozorni o‘rganish paytida ma’lumotlarni kim va nima uchun to‘plaganiga, axborot yig‘ishning qanday usullari qo‘llanilganiga, axborot manbai ishonchli va aniq ekanligiga, ma’lumotlar eskirmaganligiga e’tiborni qaratish lozim. Xorij bozorini tadqiq qilish o‘z mamlakatidagi nisbatan qimmatga tushadi. Muayyan mamlakat shart-sharoitlarini inobatga olmaydigan firma o‘z savdosini xavf ostiga qo‘yadi.
OAVni tanlash.
Dunyoning barcha joylarida efir OAVlari xukumatga tegishli bo‘lib, hukumat reklamani ham nazorat qiladi. Rivojlanayotgan ko‘pgina mamlakatlarda kinoteatrlardagi reklama ommaviylashgan.

Download 244,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish