Xalqaro reklama


-mavzu: Turli mamlakatlarda reklama faoliyatini o‘ziga xos xususiyatlari



Download 244,49 Kb.
bet26/36
Sana25.03.2023
Hajmi244,49 Kb.
#921728
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
Bog'liq
халқаро

5-mavzu: Turli mamlakatlarda reklama faoliyatini o‘ziga xos xususiyatlari

  1. AQSH va Kanadada reklamaning o‘ziga xos xususiyatlari

  2. Yevropa mamlakatlarida reklamaning o‘ziga xos xususiyatlari

  3. Dunyoning boshqa mamlakatlarida reklamani rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Ma’ruza, aqliy hujum, namoyish etish, suhbat, tushuntirish, kutish hamkori, Pinbord
Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; Q10; Q11; Q12; Q13
AQShda reklamaning rivojlanishi Amerika qit’asida reklama e’lonlarini chop etishga ixtisoslashgan dastlabki nashr ―Boston Nyus-letter‖ gazetasi (1704 yil) bo‘ldi. 1729 yilda Benjamin Franklin tomonidan ta’sis etilgan ―Gazett‖ ko‘plab reklamalarni nashr qilardi. Umuman, AQShda reklamaning ravnaq topishi Benjamin Franklin nomi bilan bog‘liq. ―Gazett‖ adadining ko‘pligi bilan bir qatorda, mustamlaka Amerikasidagi barcha nashrlar orasida eng ko‘p reklama e’lonlari chop etiladigan ommaviy axborot vositasi hisoblangan. 1844 yilning iyul oyida mashhur ѐzuvchi Edgar Po muharrirlik qilgan ―Sajeri Messenjer‖ jurnalida ilk jurnal reklamasi paydo bo‘ldi. Ma’lumki, gazetalar o‘sha vaqtda muayyan hudud asosan shaharlarda tarqatilgan. Jurnallarning butun mamlakatda tarqatilishi uchun ularda reklama e’lonlarining berila borilishi umummilliy reklamani yo‘lga qo‘yishga imkon bergan. 1839 yilda fotografiyaning paydo bo‘lishi reklama matnlarining ishonchli va haqqoniy suratlar bilan to‘ldirilishini ta’minladi. 1844 yilda telegraf ixtiro qilinishi eng olis hududlarning ham markaz bilan aloqa bog‘lashini yo‘lga qo‘yishga xizmat qilgan. Natijada reklama bebaho raqobat usullari, marketing funksiyalaridan biriga aylandi. Reklama bilan bo‘lim va vakolatxonalarning keng tarmog‘iga ega bo‘lgan maxsus firma hamda agnetliklar, shuningdek, sanoat va savdo kompaniyalarining yirik korxona, nashriѐt va 24 hokozolarning reklama bo‘limlari shuug‘ullana boshladilar. Reklama agentliklari o‘z faoliyatlarida dastavval gazeta sahifalarini sotib olish va ularni reklama beruvchilarga katta foyda olish hisobiga qayta sotish bilan shug‘ullanganlar.Masalan, 1841 yilda Filadelfiyada noshirlar bilan gazeta va jurnallar sahifalarini sotib olishga shartnoma tuzib, keyin bu sahifa maydonlarini reklama beruvchilarga sotgan. O‘sha vaqtlarda reklama matnlarini reklama beruvchilar tayѐrlashgan. Keyinchalik esa reklama agentliklari e’lonlar matnlarini o‘zlari tayѐrlay boshlaganlar. Reklama e’lonlarini rejalashtirish, matnlarni tayѐrlash va reklama kampaniyalari o‘tkazish bilan shug‘ullana boshlagan ilk agentlik ―Ayѐr va uning o‘g‘li‖ nomi bilan 1890 yilda tashkil etilgan. 1920 yilning 2 noyabrida AQShning Pensilvaniya shtati Ritsburg shahrida reklama tarqatishning yangi, qudratli vositasi – radio paydo bo‘ldi. Bu bilan mamlakat va jahondagi yangiliklarni bevosita sodir bo‘lgan joydan tarqatish imkoni tug‘ildi, insonlar barcha ko‘ngilochar tadbirlar: adabiѐt,musiqa,teatr,sportdan bahramand bo‘la boshladilar. Kommunikatsiya vositalarini rivojlantirishda eng muhim voqea 1941 yilda - ilk televideniye eshittirishi boshlanganida ro‘y bardi. Ikkinchi jahon urushidan keyin televideniye reklamasidan foydalanish jadal sur’atlar bilan kechdi. 1955 yilda rangli televideniyening paydo bo‘lishi esa, reklama ta’sirchanligini oshirishda yangi ufqlarni ochdi. XX asrning 70-yillarida reklama strategiyasiga yangicha ѐndashila boshlandi. Bu ―mavqeli‖ (―pozitsion‖) reklama nomini oldi. Yangi strategiyaga ko‘ra, reklamada tovarning iste’mol xususiyatlari va nufuzining ahamiyati e’tirof etilishi bilan birga, bu tovarning iste’molchi tasavvurida raqobatchilarning mahsulotlariga e’tibor bilan qaralishi kerakligi ta’kidlanadi.Ushbu davr strategiyasiga xos reklama kampaniyasi sifatida ―Folksvagen ‖ning ―Mo‘jazlik haqida o‘yla!‖ murojaatini keltirish mumkin. Reklama va milliy mentalitet. Aksariyat hollarda reklama beruvchi joylashtirilgan mamlakat milliy aholisining mentaliteti bilan hisoblashmog‘i lozim, aks holda u qiyin holatga tushib qolishi mumkin.
Dunyo reklama tarixidan misollar keltiraylik.
«Koka-kola» ilk bor Xitoy bozoriga chiqqanida, firma nomi xitoy iyerogliflari bilan tarjima qilingan, natijada u «plastilin itbaliqning chiqishi» degan ma’noni bergan edi.
«Prokter end Gembl» firmasi katta patli sochiqlarni taxlayotgan uy bekasi aks etgan reklama roligini almashtirishga majbur bo‘lgan. Sababi xitoyliklar katta patli sochiqlarni ishlatmas, ularning nima uchun kerakligini ham bilishmas ekan.
«Tong» – AQShda apelsin sharbatining o‘rnini bosuvchi ichimlik sifatida mustahkam joy oldi. Ammo, Fransiyada nonushtada apelsin sharbati ichilmagani uchun kunduzi jaziramada salqinlashtiruvchi yaxna ichimlik sifatida sotila boshlandi. Protestantlik madaniyati, axloqi hukmron bo‘lgan AQShda og‘iz bo‘shlig‘ini toza tutish, nafasni xushbo‘ylash, tishlarni yaraqlatish odob hisoblanadi. Protestant axloqshunoslari bot-bot «Pokizalikka intilish – Xudoga intilishning o‘zi demakdir», degan gapni takrorlashni xush ko‘rishadi. Boshqa tomondan ko‘pgina janubiy Yevropa davlatlarida tana parvarishiga haddan tashqari e’tibor berish maqbul emas deb hisoblanadi. Bu o‘ziga bino qo‘yish, axloqsizlik sanaladi. Shu boisdan ba’zi Yevropa mamlakatlarida har uch kishidan biri kuniga tishini yuvadi.
Yevropa dezodorantlar savdosini o‘rgangan «Jillet Interneshnl» kompaniyasi avval boshdanoq tabiiy terlashning oldini olishga mo‘ljallangan dezodorantlarga ko‘pchilik yomon munosabatda bo‘layotganini aniqlaydi.
«Pepsodent» tish pastasining Janubiy-Sharqiy Osiyodagi reklama kompaniyasi inqirozga uchradi. Chunki reklama matni odamlarga tishlari qordek oppoq bo‘lishini va’da qilgan edi. Vaholanki, bu joylarning madaniyatiga ko‘ra qoraygan va sarg‘aygan tishlar obro‘-e’tibor ramzi sanalar ekan.
«Djeneral Fudz» firmasi amerikacha kofe qaynatish usuliga nemislar kiborlarcha qarab kelishini bilguncha «Maksvell Xaus» firmasi Germaniyada eng yaxshi amerika kofesi sifatida reklama qilib keldi.
Germaniyada «Imperial» margarini reklamasi ham muvaffaqiyatsiz chiqdi. Reklama roligida iste’molchilarning boshlari ustidan g‘oyibdan podshohlik tojining paydo bo‘lishi tasvirlanar edi. Nemislar esa azaldan demokratik an’analari bilan g‘ururlanib kelishgan, monarxiyaga burgan ishorani o‘zlari uchun haqorat deb qabul qilishgan.
«Mattel Tayz Interneshnl» firmasi ham o‘z xatolaridan saboq chiqarib olishiga to‘g‘ri keldi. Firma bir necha yillar mobaynida Yaponiyada o‘zining mashhur Barbi qo‘g‘irchoqlarini sotishga urinib ko‘rdi, biroq yutuqlar arzimas edi. Bir necha muvaffaqiyatsiz urinishlardan so‘ng firma qo‘g‘irchoq ishlab chiqarish litsenziyasini «Takara» firmasiga sotdi. «Takara» so‘rov o‘tkazib, Barbining ko‘kragi haddan tashqari katta, oyoqlari uzun ekanligini aniqladi. Firma qo‘g‘irchoq tayyorlash texnologiyasini qayta qarab chiqdi, yo‘l-yo‘lakay moviy ko‘zlarni qora ko‘zlar bilan almashtirdi va ikki hafta davomida ikki milliondan ortiq qo‘g‘irchoq sotdi.
Lotin amerikasida soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash keng tarqalgan hodisadir, shuning uchun respondentlardan o‘z daromadlari haqida hattoki uzoq muddat foydalanadigan buyumlari haqida to‘liqroq ma’lumot olishga urinish befoydadir. Ular ba’zi tadqiqotchilarni soliq inspektorlari sifatida qarshi olishgan.
Yaponiyada dezodorantlarni sotish hamisha katta muammo. Ularning aytishlaricha yaponlarning badanlari o‘ziga xos hid chiqarmaydi, buning sababi kam oqsilli parhez emish.
Saudiya Arabistonida xonadonda uzoq muddatli tovarlarni, masalan, fotoashyolarni va avtomobillarni (ayollar avtomobil ruliga o‘tirishga haqlari yo‘q) xarid qilish haqidagi qarorni erkaklar qabul qilishadi. Ayollar esa oziq-ovqatlar, pardoz buyumlari, kiyim-kechaklar, uy-ro‘zg‘or buyumlarini sotib olishga qaror qilishlari mumkin. Shopping (Shopping – do‘konga guruh bo‘lib yoki oilaviy borish, degani) ijtimoiy hodisa shu boisdan arablar tovarlarni guruh qilib sotib olishadi.
«Ekosan» korporatsiyasi Yaponiyada o‘z benzinini «Enko» savdo belgisi xususiyatlari bor deb sotardi. Korporatsiya benzinga talab nihoyatda sust bo‘lganini tushunolmay garang edi. Yuzaga kelgan vaziyatni tekshirish uchun Yaponiyaga yuqori malakali eksportlar jo‘natiladi. Yaponlarning avtomobilga bo‘lgan qiziqishlarini, mamlakatda benzin iste’moli haqidagi statistik ma’lumotlarni, yoqilg‘i quyish shaxobchalaridagi vaziyatlarni zarur darajada tadqiq etishgan ekspertlar bu masalada bir guruh yaponlarni so‘rovga tutishga ahd qildilar. Ingliz tilini biladigan birinchi respondent ularga juda aniq javobni berdi. Ekspertlarga «Yenso» so‘zi firma nomi, yapon tilida «o‘chib qolgan avtomobil» degan ma’no anglatishini aytdi.
«Parker Pen» firmasi Lotin Amerikasida «Agar «Parkeringiz» bo‘lsa, sizni hech kim yo‘ldan urolmaydi!» shiori ostida o‘z mahsulotlarining kampaniyasini boshlaydi. Oxir-oqibatda «Parker»ning o‘zi noqulay ahvolga tushib qoldi. Ma’lum bo‘lishicha, «yo‘ldan urmoq» so‘zi ispanchada «Homilali bo‘lib qolish» degan ma’noni berar ekan.
Saudiya Arabistonida spirtli ichimliklar va cho‘chqa go‘shtini iste’mol qilish man etilgan, ular reklamada ko‘rinishi mumkin emas. Bu yerda hattoki multfilmlarda cho‘chqalarni, yumshoq o‘yinchoqlarni, puldonlarni ko‘rsatish mumkin emas. Har qanday muqaddas ramzlarni, chunonchi Makka va Xoch fotosuratlarini namoyish qilish ta’qiqlangan. Reklama personajlari faqat arab millatidagi odamlar bo‘lishi kerak, ayollar ishtirok etgan reklama taqiqlanadi. Bu yerda teleradio dasturlari ham man etilgan.



Download 244,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish