Xalqaro reklama


-mavzu. Xalqaro reklamani rivojlantirishning zamonaviy yo‘nalishlari



Download 244,49 Kb.
bet23/36
Sana25.03.2023
Hajmi244,49 Kb.
#921728
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36
Bog'liq
халқаро

4-mavzu. Xalqaro reklamani rivojlantirishning zamonaviy yo‘nalishlari

  1. Xalqaro reklamaning paydo bo‘lish sabablari.

  2. Xalqaro reklamani tarqatishning ayrim vositalarini rivojlanish tendensiyalari.

  3. Xalqaro reklamani rivojlantirish shakllari, usullari va zamonaviy yo‘nalishlari.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Ma’ruza, namoyish etish, aqliy hujum, tushuntirish, suhbat
Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; Q10; Q11; Q12; Q13
Reklamaning dastlabki shakllari milodgacha bo‘lgan qadimiy davrlarda ham mavjud bo‘lgan. Bizgacha yetib kelgan, hozirda Buyuk Britaniya muzeyida saqlanaѐtgan ilk reklama murojati Misrda papirusga bitilgan kulni sotish haqidagi ѐzuv hisoblanadi . Matnda: ―Uning ikki qulog‘i ham yaxshi eshitadi, ikkala ko‘zi ko‘radi. Uning oz taomga qanoatliligi, halolligi, itoatkorligini kafolatlayman ‖, deyilgan edi. Ammo qadimda tosh ѐki metallga emas, balki devorlarga tirnab ѐki bo‘ѐq bilan ѐzilgan reklama ѐzuvlari ko‘proq ommalashgan. O‘tmish tadqiqotchilari ularni graffiti (italyancha ―graffito‖-―tirnalgan‖ so‘zidan) matnlari deb atashadi.Ko‘hna Yunoniston va Rimda reklama e’lonlari ѐg‘och taxtachalar,mis parchalari,suyakka o‘yib ѐzilib, maydonlar,odamlar to‘planadigan boshqa joylarda baland ovozda o‘qib berilgan. Reklama o‘tmishda ham jamiyat haѐtida katta o‘rin egallay boshlaganida turli e’lon hamda bildirishlarni uyjoylarning devorlarida betartib ѐzmaslik uchun ularga mo‘ljallab maxsus devorlar-―ambuslar‖qurilgan. Miloddan avvalgi 73 yilda vulqondan otilgan suyuqlikka botib qolganligi sababli o‘zining asl qiѐfasini saqlab qolgan eng ko‘hna Pompey shahri ,biz uchun bir yarim mingtadan ko‘proq reklama murojaatlarini saqlab qolgan.Ularda jamiyat haѐtining va inson turmushining deyarli barcha sohalari-siѐsiy,iqtisodiy,ijtimoiy masalalar ,tomoshalar,turli xizmat turlari haqidagi reklamalar aks etgan. Yevropa mamlakatlarida qirolning farmonlarini.shaharlarda mahalliy ma’murlarning bo‘yruqlarini e’lon qiladigan maxsus jarchilar bo‘lgan.Bundan tashqari, jarchilar savdo uyushmalari (gildiyalari) tomonidan ham maxsus ѐllangan. XIII asrda Fransiyada jrachilar e’lon qilgan xabarlar, reklama materiallarining to‘plami - ―Parij jarchilari‖ Gilyom de Vilnev tomonidan tayѐrlangan. Umuman, bu jarchilarning Parij shahri maydon va ko‘chalari haѐtidagi o‘rni katta bo‘lgan. Jarchilar ovoza qilaѐtgan har bir taom, meva ѐki buyumlar uchun alohida so‘zlar,ohanglar ishlatishgan.ya’ni o‘ziga xos nutq va musiqa obrazlarini yaratishgan. 1608 yilda esa Angliya ham ―London jarlari‖ kitobi nashr etilgan. Unda keltirilgan misollardan birida shunday deyilgan: ―Diqqat! 24 ѐshli qiz haqida biron narsa xabar qilish mumkin bo‘lgan har bir erkak ѐki aѐl jarchiga buni ma’lum qiling va bu xizmatingiz mukofotlanadi‖. Reklama tarixi dastlab qayerda paydo bo‘lganligi: G‘arbdami ѐki Sharqdami, bunga aniq javob berish mushkul. Ammo biz mavjud tarixiy manbaalarga va tadqiqotlarga asoslngan holda, reklama, savdo-sotiq maqsadlarini ko‘zlagan axborot tarqatish vositasi sifatida Sharqda paydo bo‘lgan, deb hisoblaymiz. Ammo reklama fan sifatida, aynan Yevropada rivojlandi. 1450 yilda Gutenberg tomonidan matbaa dastgohining ixtiro qilinishi ommaviy kommunikatsiya vositalarining tizimini, shuningdek, reklamani ham rivojlantirishda yangi davrni boshlab berdi. Ilgari bir necha kun va mashaqqatli mehnatni talab qiluvchi matnlarni tayѐrlashni matbaa dastgohlari ѐrdamida tez bajarish imkoniyati tug‘ildi. 1465 yilda Italiyada ilk bosmaxonada paydo bo‘lgan bo‘lsa, 1468 yilda Shveytsariyada,1470 yilda Fransiyada, 1473 yilda Belgiya, Vengriya va Polshada, 1476 yilda Angliya, Chexiya va Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham matbaa dastgohlari ishga tushdi. 1472 yilda ilk marta reklama e’loni chop etildi. Diniy kitob sotuvga chiqarilgani haqidagi ushbu matn Angliya cherkovlaridan biriga osib qo‘yilgan edi. Shifokor Teofrast Renotno Yevropada bosma reklamaning asoschisi hisoblanadi. U 1630 yilda parijda ―Fransuz gazetasi‖da reklama e’lonlarini chop etadigan idora tashkil etgan. Bu gazetada e’lon qilingan ilk reklama materialida o‘g‘irlangan 12 ot qayerga yashirilganligini ma’lum qilganlar uchun mukofot berilishi ko‘rsatilgan edi. Matbaachilik rivojlanib borgani sari gazetalarda asosan savdo-sotiqqa doir e’lonlar ko‘plab chop etilishi bilan bir qatorda, shahardagi bino devorlarida qo‘lda ѐzilgan e’lonlar hamda bosmaxonalarda tayѐrlangan varaqalar ham ѐpishtirila boshlandi.

Download 244,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish