Jahon banki tashkilotlari – Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) va Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU) bilan hamkorlik katta axamiyatga ega. Ularni bitta markaziy masala: rivojlanayotgan mamlakatlarda mexnat unumdorligini oshirish va xalqaro turmush sharoitini yaxshilash yo‘li bilan ularda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga yordam berish vazifasini birlashtirdi. Butun dunyodagi xususiy investorlar bilan yaqindan hamkorlik qiluvchi va rivojlanayotgan mamlakatlarning tijorat korxonalariga mablag‘ ajratuvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK), shuningdek notijorat tavakkalchilikka qarshi kapital mablag‘ni sug‘urta qilish yo‘li bilan rivojlanayotgan mamlakatlarga bevosita chet el investitsiyalarini jalb qilish maqsadida tuzilgan Investitsiyalarini kafolatlash xalqaro agentligi (IKXA) ham ana shu maqsadni ko‘zlaydi.
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB), Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK), Investitsiyalarini kafolatlash xalqaro agentligi (IKXA) va Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU) birgalashib Jahon banki guruhini tashkil qiladi.
Ana shu 4 tashkilotdan eng kattasi va eskisi 1945-yilda tuzilgan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) dir.
XTTB resurslarining katta qismini Yevropa, Yaponiya va AQSh sarmoya bozorlaridan o‘rtacha va uzoq muddatli qarz olish hisobidan jalb qiladi.
XTTB yo‘li bilan O‘zbekistonga, hususan, seleksiya tadbirlari vositasida paxta yetishtirish usullarini zamonaviylashtirib, uning jahon bozoriga chiqishiga ko‘maklashishi va unumdorlikni oshirish uchun baza yaratish maqsadida 66 mln. dollar berilyapti. Bundan tashqari muassasalarni isloh qilishni davom ettirish uchun 120 mln. dollar ajratish mo‘ljallangan.
Xalqaro moliya korporatsiyasining loyixalari O‘zbekistonda XMKning loyixalari amalga oshirishdagi roli asosan loyihadan oldingi tadqiqotlarni o‘tkazishdan, texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlashda qatnashishidan va chet ellik sheriklarini jalb qilishdan iborat.
Investitsiyalarini kafolatlash xalqaro agentligi (IKXA) - Jahon banki xuzurida 1988-yildagina tuzilgan eng Yangi tuzilmadir. Uning asosiy vazifasi notijorat tavakkalchilikdan kelib chiqish mumkin bo‘lgan zararlarda investorlarga beriladigan kafolat hisobiga, shuningdek, sarmoya oqimini yo‘naltiruvchi va rag‘batlantiruvchi qulay investitsiya muhitini va axborot bazasini yaratishda ko‘maklashuvchi a’zo mamlakatlarga maslahat xizmati ko‘rsatish yo‘li Bilan rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini mustahkamlash maqsadida investitsiyalar oqimiga yordam berishdir.