Xalqaro moliya munosabatlari


-bob. X A L Q A R O K R E D I T VA I N V E S T I T S I Y A



Download 11,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/171
Sana26.04.2023
Hajmi11,55 Mb.
#932099
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   171
Bog'liq
Xalqaro Moliya munjsabatlari. Ataniyazov J.X

12-bob. X A L Q A R O K R E D I T VA I N V E S T I T S I Y A
M U N O S A B A T L A R I N I N G R I V O J L A N I S H I
12.1. Xalqaro kredil. lining funksiyalari va tamoyillari.
12.2. Xalqaro kreditning asosiy shakllari.
12.3. Tashqi iqtisodiy faoliyatni uzoq muddatli moliyalashti- 
rish shakllari.
12.4. Xalqaro iizing operalsivalari.
12.5. Xalqaro kreditning valuta-moliyaviy va to‘lov shartlari.
12,1. Xalqaro kredit, uning funksiyalari va tamoyillari
Xalqaro kredit bu lovar va valuta ko‘rinishidagi mablag‘larni 
qaytarib bcrishlilik, muddatlilik, foiz to ‘lashlilik shartlari asosida 
berish bilan bog‘liq bo'lgan xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi 
ssuda kapitali harakatidir.
Xalqaro kredit munosabatlarining subyektlari sifatida tijorat 
banklari, markaziy banklar, davlat organlari, yirik korxonalar, 
mintaqaviy va xalqaro moliya-kredit tashkilotlari qatnashadi.
Xalqaro kreditning v u /ag a keUshiga sabab b o ‘lib, ish- 
lab chiqarishning milliy doiradan chiqishi, xo‘jalik aloqalari 
baynalminallashuv jaravonining tezlashishi, xalqaro kapitallar- 
ning markazlashuvi hamda ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va 
kooperatsiyalashuvi hisoblanadi.
Xalqaro kredit kapital ishlab chiqarishning dastlabki bos- 
qichlarida vujudga kelgan va kapitalni ja m g 'arish n in g asosiy usul- 
1 a rid an biri bo'lgan.
Xalqaro kreditning asosiy manbalari b o ‘lib korxonalarning 
bo‘sh turgan pul mablag‘lari, bank va kredit tashkilotlariga jalb 
qilinadigan davlat va xususiy sektorning pul ja m g ‘armalari hiso b­
lanadi.
M ahsulotlarni takror ishlab chiqarish jarayonida xalqaro 
kreditga obyektiv zarurat yuzaga keladi va u xo'jalik subyektlarida 
rnablag‘larning doiraviy aylanishiga, m ahsulotni ishlab chiqarish 
va sotish xususiyatlariga, tashqi iqtisodiy bitim larning hajmi va


muddatidagi farqlarga, iqtisodiyotda ishlab chiqarishni kengayti- 
rishga m o ‘fjallangan yirik kapital qo'y ilm alarin i amalga oshirish- 
ga b o g li q b o ‘ladi.
Xalqaro kredit tamoyillari. Xalqaro kredit m unosabatlarini 
tashkil qilish quyidagi tamovillarga asoslanadi:
1. Qaytarib berishlilik: agar olingan mablagMar qaytarilmasa, 
pul kapitalini qaytarib bermaslik shakli n am oyon b o ‘ladi, ya’ni 
moliyalashtirish yuzaga kcladi.
2. M uddatlilik, ya’ni kredit sh artn o m asid a ko‘rsatilgan mud- 
datd a kreditning qaytarilishini t a ’minlash.
3. T a’m inlang an lik , ya’ni olingan kreditni to la s h n i kafolat- 
langanligi.
4. Maqsadlilik, y a’ni ssudani aniq obyektlarga yo"naltirishni 
ko'zlash va uni birinchi navbatda kreditor davlatning eksportini 
rag ‘batlantirish uchun qo llash .
5. Foiz to ‘lashlilik.
X alq aro k red itn in g tam oyillari u n in g b o zo r iqtisodiyoti qo- 
n u n la ri b ilan aloq alarin i t a ’m inlaydi, b o zo r subyektlari va dav­
la tn in g joriy h a m d a strategik vazifalariga erishishi uch u n ish- 
latiladi.
Xalqaro kreditning funksiyalari. Xalqaro kredit xalqaro iqti- 
sodiy aloqalarda ssuda kapitallari harakatini o ‘ziga xos xususi- 
yatini nam oyon etib, quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish talablarini qondirish 
uchun ssuda kapitallarini m am lakatlar o ‘rtasida qayta taqsimlash. 
Ssuda kapitallari xalqaro kredit m exanizm i orqali foydasi ko‘proq, 
d aro m ad liroq bo‘lgan tarm oqlarga intiladilar. Shu orqali kredit 
milliy darom adni o ‘rtacha daromadga tenglashishiga imkoniyatni 
yuzaga keltiradi va uning massasini oshishiga olib keladi.
2. H aqiqiy p ullarni kredit pullarga alm ash tirish , naqdsiz 
toMovlarni rivojlantirish va te zlash tirish h a m d a naqd valuta 
a y la n m a s in i xalqaro kredit operatsiyalari bilan alm ash tirish 
o rq ali xalqaro h iso b -kito b lar m u o m alasidag i sarf-xarajatlarni 
iqtisod qilish. X alqaro kredit asosida x alq aro hisob-kitoblar-
293


uing kredit vositalari — veksellar, cheklar, shu ju m la d a n , b ank 
o Ltkazm alari, depozit sertifikatlari va boshqalar yuzaga keldi. 
S^uda kapitalining xalqaro iqtisodiy m unosabatlardagi m u o m a- 
lasi vaqtini tejash k ap italn ing ishlab chiqarish m aqsadlarida 
foydalanilish davrini uzaytiradi va sh u n in g asosida, ishlab 
ch iq arish n i kengaytirish va foydaning o ‘sishini t a ’m inlashga 
x izm at qiladi.
3. 
K apitalning jam lan ish i va m arkazlashishini tezlashlirish. 
Xorijiy kreditlarni jalb qilish tufayli q o ‘shim cha qiym atning 
kapitalga aylanish jarayoni tezlashadi, shaxsiy ja m g ‘arm alar 
chegarasi kengayadi, bir davlat ladbirkorlarining kapitallari 
boshqa davlatlarning raablag‘lari qo‘shilishi oqibatida ko‘payadi. 
Xalqaro kredit avvaldan yakka korxonalarni aksionerlik ja m i- 
yatlariga aylanishiga, yangi firm alar va m onopoliyalarni paydo 
bo ‘lishiga xizmat qiladi. K redit boshqa m a m lak a tla rn in g kapi- 
tali, m ulki va mehnutidarv belgilangan m e ’yorlarda foydalanish 
irnkoniyatm i beradi. Yirik kompaniyalarga taqdim etiladigan 
imtiyozli xalqaro kreditlar va kichik ham da o ‘rta hajmdagi fir- 
m alarni ja h o n ssuda kapitallari bozoriga ch iqishining qiyinligi 
ja h o n d a kapitalni bir joyga to ‘planishi va m arkazlashuvining 
kuchayishiga olib keladi.
Xalqaro kredit funksiyalarining ahamiyati katta va u milliy 
va jahon xo‘jaligi rivojlanishiga qarab o ‘zgarib turadi. Hozirgi 
sharoitda xalqaro kredit iqtisodiyotni tartibga solish funksiyasini 
bajarmoqda va o ‘zi liam tartibga solinish obyekti b o ‘lib hisoblan- 
moqda.
Ishlab chiqarishni rivojlantirishda xalqaro kreditning roli. 
Xalqaro kredit o ‘z funksiyalarini bajarishda ikkiyoqlama — ijobiy 
va salbiy rol o ‘ynaydi.
Xalqaro kreditning iqtisodiyotdagi ijobiy roli uni takror ish­
lab chiqarishning rivojlanishini t a ’m inlashda va kengaytirishda 
namoyon bo‘ladi. Xalqaro kredit tashqi iqtisodiy aloqalar rivojla­
nishiga turtki bo‘lib xizmat qiladi. Xalqaro kredit ishlab chiqa­
rishni baynalminallashuviga va ayirboshlashuviga, jaho n bozorini
294


tashkil topishiga va rivojlanishiga, xalqaro m ehnat taqsim otining 
chuqurlashuviga olib keladi.
Xalqaro kredit ta k ro r ishlab chiqarish jarayonini quyidagi 
yo‘nalishlar orqali jadallashtiradi.
Birinchidan, kredit m a m lak a tn in g tashqi iqtisodiy aloqalarini 
rag £batlantiradi, shu orqali bozor konyunkturasini ko‘taruvchi 
talabni yuzaga keltiradi. Tashqi savdoda kredit inunosabatlari 
alohida o ‘rin egallam oqda. Ayniqsa u /o q davr m obaynida tay- 
yorlanadigan, iste’mol q ilinadigan va bahosi baland lovarlar uchun 
bu ju d a aham iyatli. M ahsulotlarning bahosi va ja h o n savdosida 
m a sh in a va asb o b -u sk u n alar ulushining oshislii eksportyorlarni 
h a m , im portyorlarni h a m tashqi savdo krcditlariga bo'lg an qizi- 
qishlarini o rttirm oq d a.
Hozirgi zarnon sharoitida kreditor m am lakatd an eksport yet- 
kazib beruvchi «bog'liqlik» kreditining salmog'i oshdi. Kredit- 
lanayotgan davlatning tovarlarini sotib olish uch u n qilinadigan 
xarajati qarzning sharti bo'lib hisoblanmoqda. Xuddi shu orqali 
xalqaro kredit kreditor m am lakat firm alarining raqobatbar- 
doshligini oshirishga xizmat qiladi.
lk k in ch id an , xalqaro kredit chet el xususiy investitsiyalari 
u chun qulay m uhitni yuzaga keltiradi, chunki odatda kreditor 
m am lakat investorlariga imtiyozlar berish majburiyatlarini o ‘z 
zim m asiga oladi; infrastrukturani tashkil etish, shu ju m la d a n , 
chet el va q o 'sh m a korxonalarning faoliyat ko‘rsatishi, xalqaro 
kapitalga aloqasi bor milliy korxona va b an k larn in g pozitsiyasi 
kuchayishiga yordam beradi.
U chin ch id an , kredit m am lak atn ing tashqi iqtisodiy aloqala- 
riga xizm at qiluvchi xalqaro hisob-kitob va valuta operatsiyalari- 
ning to'xtovsizligini t a ’minlaydi.
To‘rtinchidan, kredit m am lakat tashqi savdo operatsiyalarini 
iqtisodiy samaradorligini oshiradi va tashqi iqtisodiy faoliyatning 
boshqa turlari rivojlanishiga turtki b o iad i.
Xalqaro k red itn in g iqtisodiyotdagi salbiy o ‘rni b o zo r iqti- 
sodiyotini rivojlantirishda u n in g qaram a-qarshiligi kuchayishida
295


namoyon b o ia d i. Iqtisodiyotida nomutanosiblik chuqurlashadi, 
kredit-tovarlarni qayta ish lashini tezlashtiradi, marnlakatlar 
o'rtasida ssuda kapitallarini qayta taqsimlaydi h am d a iqtisodiy 
ko‘tari 1 ish va pasayish davrlarida ishlab chiqarishni ju d a tcz- 
lashtiradi. Xalqaro kredit ijtimoiy ishlab chiqarishdagi no m u - 
lanosiblikni kuchaytiradi, bu n in g oqibatida darom adli tarm o q lar 
rivojlanishi osoiilashadi, shu bilan birgalikda chet el kapitali jalb 
qilinm agan tarm oqlarning rivojlanishi sekinlashadi.
Xalqaro kredit m am lak atlarnin g iste’mol m ahsulotlar bozor- 
lari, kapital investitsiya jarayonlari, xomashyo manbalari, ilmiy- 
texnik taraqqiyot sohalarida raqobatni yaratuvchi vosita hisobla- 
nadi. K orxonalar ushbu kreditdan xomashyo m anbalarini sotib 
olish, m ahsulot sot ish hajmini va kapital investitsiya jarayonla- 
rini kengaytirish maqsadlarida faol foydalanadilar. Jahon ssuda 
kapitalfari bozorida pul muomalasi va kredit, valuta tizim i, to ‘lov 
balanslari ham da milliy va ja h o n iqtisodiyotlarining beqarorligi- 
ni kuchaytiradigan «qaynoq» pullar ham harakatda bo'Iadi.
Tashqi kredit siyosati kreditor m am lakatning jah on bozoridagi 
o 'rn in i m usiahkamlashga xizmat qiladi. Bunda:
Birinchidan, xalqaro kreditdan uni qarz sifatida olgan mamlakat 
daromadlarini qarz bergan mamlakatga olib o'tishda foydalaniladi. 
Shu bilan birga ssudani har yilgi foiz to‘lovlari bilan m a ’lum bir qis- 
mini qaytarilishi jamiyatning sof daromadi miqdorini ko‘payishiga, 
ishlab chiqarishning o‘sishini ta ’minlovchi ja m g ‘armalar tashkil 
topishiga, shu ja m g ‘armalarning tashkil topish manbalariga, urau- 
m an qarxdor mamlakatga salbiy ta ’sir eladi.
Ikkinchidan, xalqaro kredit qarz oluvchi mam lakat tom oni- 
dan kreditor marnlakatlar uchun qulay iqtisodiy va siyosiy m uhit 
yaratishni taqozo etadi.
Yetakchi marnlakatlar o ‘z o'rnini yanada m ustahkam lash 
uchun banklar, hukumatlar, xalqaro va regional valuta-kredit va 
moliya tashkilotlari orqali vaqti-vaqti bilan ularga mos kelmagan 
siyosat yuritayotgan davlatlarga nisbatan kredit diskriminatsiya- 
sini va kredit blokadasini qo'llashadi.
296


Kredit diskriminatsiyasi bu kredit olishda, undan foydala- 
nishda yoki xalqaro kreditni to ‘lashda m a ’lum bir qarz oluvchi- 
larga iqtisodiy va siyosiy bosim ni yuzaga keltiruvchi og‘ir vamu- 
rakkab sh artlarnin g qo^yilishidir.
Kredit diskrim inatsiyasining asosiy metodlari bo‘lib, kredit 
b o ‘yicha cheklashlar, foiz stavkasini, komission yig‘im larni oshi- 
rish, ku tiim ag an dan kreditdan foydalanishni to ‘xtatish yoki kredit 
sum m asin i kam aytirish h am da iqtisodiy va siyosiy xarakterdagi 
chora-tadbirlarni q o ‘llash hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xalqaro k reditdan foydalanishda 
u n in g ikkiyoqlam a roli nam oyon b o ‘ladi, bir to m o n d an u mam- 
lak atlarn in g o ‘zaro foydali aloqalarini rivojlantirsa, boshqa t o ­
m o n d a n raqobat kurashi vositasi b o ‘lib xizm at qiladi.

Download 11,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish