Davlatning chet eldagi xarajatlarining ortishi. Turli siyosiy va iqtisodiy maqsadlarni ko’zlagan hukumatning tashqi xarajatlari milliy iqtisodiyot uchun og’ir yuk hisoblanadi. Uning to’lov balansiga bilvosita ta’siri mamlakatning iqtisodiy o’sish, ishlab chiqarish sur’atlarining o’zgarishi, milliy iqtisodiyotning eksport tarmoqlaridan resurslarni olib qo’yish, epsportni kamayishi va h.k. orqali sodir bo’ladi. - Davlatning chet eldagi xarajatlarining ortishi. Turli siyosiy va iqtisodiy maqsadlarni ko’zlagan hukumatning tashqi xarajatlari milliy iqtisodiyot uchun og’ir yuk hisoblanadi. Uning to’lov balansiga bilvosita ta’siri mamlakatning iqtisodiy o’sish, ishlab chiqarish sur’atlarining o’zgarishi, milliy iqtisodiyotning eksport tarmoqlaridan resurslarni olib qo’yish, epsportni kamayishi va h.k. orqali sodir bo’ladi.
- Kapitalni kirishi va chiqib ketishi. Kapitalni chiqishi va kirib kelishi to’lov balansiga ikki tomonlama ta’sir qiladi.Xususan,kapitalni chiqishi uning passivini oshiradi.Bunda, eksport tarmoqlarini modernizatsiyalash uchun foydalanish mumkin bo’lgan mablag’larni o’ziga jalb etadi (ya’ni tortib oladi).Shuningdek, kapital eksporti ma’lum bir davrdan so’ng dividend va foiz, foyda ko’rinishida mamlakatga xorijiy valyutada mablag’larni kirib kelishini ta’minlaydi.
- Xorijiy kapitallarni mamlakatga kirib kelishi importyor mamlakat to’lov balansiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki, tarmoqlarga xorijiy kapitalni kiritish natijasida tarmoqlarning iqtisodiy samaradorligi ortsa, undan olingan daromad tashqi qarzlarni so’ndirishga yo’naltiriladi. Aks holda esa, u to’lov balansiga salbiy ta’sir etishi mumkin.
- Inflyatsiya. Inflyatsiyamamlakatto’lov balansiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Mamlakat ichida narxlarning ortishi mahalliy tovarlar raqobatbardoshligini kamaytiradi, ularning eksportini qiyinlashtiradi, tovarlar importini kuchaytiradi, chet elga kapitalning chiqib ketishi “qochishi” sodir bo’ladi.
- Favqulotda holatlar. Hosilning yo’qolishi, stixiyali (o’z-o’zidan sodir bo’lgan) qashshoqlik, tabiiy ofatlar va h.k. kabi favqulotda holatlar mamlakat to’lov balansiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
- Savdo cheklovlari. To’lov balansigamamlakatlarning bir-biriga nisbatan qo’llayotgan diskriminatsiyalari, protektsionistik harakatlari, xususan mamlakatlarning o’zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlik munosabatlariga qarshilik qiluvchi bojxona to’siqlari to’lov balansida o’zgarishlar sodir bo’lishiga olib keladi.
Toshkent moliya instituti
“Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi
katta o‘qituvchisi G.T. Baymuratova
gulirayhon_baymuratova@mail.ru
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |