Vertikal moliya-sanoat guruhlari – bu, qazib olishdan boshlab xom-ashyoni qayta ishlashdan tortib ishlab chiqarishgacha va tayyor mahsulotni sotish, uni shaxsiy ta’minot va transport tarmog‘i orqali iste’molchilarga etkazib berishgacha bo‘lgan yagona texnologik davrda birlashgan va mahsulot ishlab chiqarishning turli bosqichlarini amalga oshiruvchi ishtirokchi korxonalarni birlashishidir. Vertikal birlashgan guruhlarni tuzishning maqsadi bo‘lib, bitta markazdan ishlab chiqarish-taqsimlash davrini nazorat qilish orqali bozorga samarali ta’sir ko‘rsatishga intilish hisoblanadi.

Moliya-sanoat guruhining ishtirokchilari mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha uzoq muddatli ishlab chiqarish aloqalariga ega bo‘ladilar. Guruhning negizini yirik ishlab chiqarish-texnologik majmualar tashkil etadi.
http://smallbusiness.chron.com
Bu guruhlar turli xildagi sanoat tarmoqlaridagi korxonalarni, savdo, transport va moliyaviy tashkilotlarni ifodalovchi birlashmalardir. Bu guruhlarda ishlab chiqarish bir nechta bosqichlarda sodir bo‘ladi. Markaziy kompaniya faqatgina qonun talabini bajarish maqsadida tuzilgan. Agarda oligarxiya kompaniyalaridan birortasi ustunlik qiluvchi sifatida shakllansa, unda markaziy kompaniya guruhlarning ustunlik qiluvchi kompaniyalarini nazorat qiluvchi xolding kompaniyasi bo‘lishi mumkin.

Moliya-sanoat guruhlarining ushbu tashkiliy tuzilmasi eksportga yo‘naltirilganligi hamda unga kiruvchi bankning xizmat ko‘rsatish darajasining yuqoriligi bilan boshqalaridan ajralib turadi. Bunday banklar o‘zining moliya-sanoat guruhlariga to‘liq qarashli bo‘lgan holda ko‘p miqdordagi mijozlarni jalb etib boshqa banklar orasida etarlicha ahamiyatli o‘rin egallaydi.