xo‘jalik yurituvchi subyektlar — O‘zbekiston Respublikasining eksport qiluvchilari va import qiluvchilari;
eksport qiluvchilar — yuridik shaxslar, shuningdek, yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar — tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksportiga O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bilan tashqi savdo bitimlari (kontrakt, invoys) tuzgan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari;
eksport kontrakti — tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportiga eksport qiluvchi bilan O‘zbekiston Respublikasining norezidenti o‘rtasida tuzilgan xo‘jalik shartnomasi, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq eksport kontraktlariga tenglashtirilgan kontraktlar (barter kontraktlaridan tashqari);
Do'stlaringiz bilan baham: |