eksport birja (yarmarka) kontrakti — birja (yarmarka) savdolarida tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportiga eksport qiluvchi bilan O‘zbekiston Respublikasining norezidenti o‘rtasida tuzilgan kontrakt;
qayta ishlash (respublika hududida) bo‘yicha kontrakt — tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash va ularni qayta ishlash mahsulotlari tarzida olib chiqish nazarda tutilgan eksport qiluvchi bilan O‘zbekiston Respublikasining norezidenti o‘rtasida tuzilgan kontrakt;
ishlar (xizmatlar) eksporti — eksport qiluvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining norezidentiga ishlar bajarilishi (xizmatlar ko‘rsatilishi), ular bajarilishi (ko‘rsatilishi) joyidan qat’i nazar;
Do'stlaringiz bilan baham: |