Xalqaro moliya bozorining nazariy jihatlar


II BOB. Xalqaro moliya bozori va uning evolutsiyasi



Download 63,17 Kb.
bet6/9
Sana25.03.2022
Hajmi63,17 Kb.
#509217
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5296640457831355780

II BOB. Xalqaro moliya bozori va uning evolutsiyasi
2.1 Xalqaro moliya bozorini tartibga solish usullari va
mexanizmi

Xalqaro moliya bozorini tartibga solishdan ko‘zlangan asosiy maqsad quyidagilardan iborat: — moliya bozori barcha sektorlarini moliyaviy barqaror bo‘lishiga ko‘maklashish (foiz stavkalarini, moliyaviy, investitsion va sug‘urta faoliyatidagi risklarni tartibga solish); — inflyatsiyasiz iqtisodiy o‘sishni ta'minlash (targetirlangan inflyatsiya, valuta kurslari va pul massasini tartibga solish); — tarmoqlararo va davlatlararo kapital harakatini (pul oqimini) ta'minlash (valuta kurslari va to‘lov balansini tartibga solish); — moliya bozori barcha sektorlarida moliyaviy xavfsizlik tizimini shakllantirish. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliya bozorini rivojlanishiga qarab, uning ishtirokchilari faoliyatini ikki xil tartibga solish amaliyoti taraqqiy topgan, ya’ni ular davlat va bozor munosabatlariga mos yoki bozor orqali tartibga solish shakllari hisoblanadi. Moliya bozorini bozor orqali tartibga solish iqtisodiyotning qiymat va talab-taklif qonuniga asoslanadi. Moliya bozorida ushbu qonunlarning amal qilishi raqobat muhitida jahon iqtisodiyoti ehtiyojlariga mos ravishda xalqaro moliyaviy oqimlarni ta'minlab beradi. Iqtisodiy agentlar alohida moliyaviy vositalar narxining (kursi yoki foiz stavkasi) o‘zgarishi, shakllanishi orqali ularni sotib oluvchilarning talablarini va ularga bo‘lgan taklifni aniqlaydilar. Bunda xalqaro moliya bozori o‘zini-o‘zi tartibga soluvchi tizim sifatida namoyon bo‘ladi.
Iqtisodiyot sektorlaridagi turli bozorlarga o‘xshab, moliya bozori ham o‘z-o‘zini tartibga solish imkoniyatiga qaramasdan mutlaq barqaror tizim sifatida namoyon bo‘lmaydi, turli sharoitlarda tizimning turli kamchiliklari oshkor bo‘ladi. Moliya bozori ko‘plab subyektiv omillar, ya’ni siyosiy, ijtimoiy, informatsion, madaniy va boshqa omillar ta’sirida har doim ham o‘z-o‘zini tartibga solish qobiliyatiga ega emas. Bunday holatda davlat aralashuvi talab etiladi. Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, xalqaro moliya bozori rivojlanishining zamonaviy bosqichida ham monetarizm va keynschilik tamoyillaridan birgalikda foydalanib, jarayonlarni tartibga solish maqsadga muvofiqdir. Moliya bozorini davlat va bozor orqali tartibga solinishi o‘zaro bir-birini to‘ldirib boradi. Birinchidan, raqobat asosida bozorda rivojlanish uchun rag‘bat paydo bo‘ladi (monetarchilarlar g‘oyasi), ikkinchidan moliya bozorini bozor orqali tartibga solishda yuzaga kelgan ziddiyatlarni oldini olishda davlat turli chora-tadbirlari bilan ishtirok etadi (yangi keynschilik g‘oyasi). Iqtisodiy inqirozlar, urushlar, siyosiy nizolar, iqtisodiyotning to‘laligicha beqarorligi sharoitida davlat orqali tartibga solish katta o‘rin tutsa, moliyaviy-iqtisodiy holatni yaxshilash, modernizatsiyalash, innovatsiyalarni yaratish uchun moliya bozorini erkinlashtirish, raqobatni kuchaytirishga katta e'tibor beriladi, bu esa tartibga solishning bozor mexanizmi orqali ta’minlanadi. Bozor mexanizmi orqali moliya tizimini tartibga solish bo‘yicha hukumat doimo o‘z nazoratini olib boradi, zarur bo‘lganda unga ko‘mak beradi, sharoit yaratadi. Moliya bozorini davlat va bozor mexanizmi orqali tartibga solish usullarini quyidagi mantiqiy juftliklarga birlashtirish mumkin: — iqtisodiy tizim xususiyatiga ko‘ra: bevosita (mazkur bozorning barcha segmentlariga bir xilda ta’sir etuvchi hukumat, halqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan farmon, farmoyish va qarorlar, qonuniy-huquqiy, me’yoriy hujjatlar qo‘rinishida) va bilvosita (xalqaro moliya bozorida iqtisodiy shart-sharoitlar qanchalik erkin bo‘lsa, shunchalik ushbu bozorga bilvosita ta'sir etish darajasi kengayib boraveradi, ya’ni iqtisodiy agentlar manfaatiga qaratilgan tartibga solish usullari bozor qonuniyatlari orqali amalga oshiriladi. Masalan, Markaziy banklarning ochiq bozor, xorijiy valutalar bilan bogiiq intervensiya, svop operatsiyalari, hisob (qayta moliyalash) stavkasini o‘zgartirish, majburiy zaxira me’yorlarini o‘zgartirish, REPO va h.k. kabi) usullar; — bozor turi, koiami va uning segmentlariga ko‘ra: umumiy (bozorning barcha segmentlariga birdek ta’sir etuvchi) va maxsus (bozorning alohida bir segmentiga ta'sir etish uchun qoilaniladigan) usullar; — amal qilish muddatiga ko‘ra: tarkibiy (o‘rta va uzoq muddatli, slrategik maqsadlarni amalga oshirishga moijallangan) va joriy (bozorga operativ (tezkor) ta’sir etishga moijallangan, taktik) usullar. Shuni ham ta’kidlash lozimki, yuqoridagi barcha usullar moliya bozorida sinxron tarzda, ya’ni bir-biriga mos holda o‘zaro birbirini toidirib ishlaydi. Xalqaro moliya bozoridagi investitsiyalar oqimini tartibga solishda xalqaro moliya tashkilotlari, davlatlararo tashkilotlar hamda nodavlat institutlari muhim o‘rinni egallashadi. Bunday tashkilotlarga quyidagilarni kiritish mumkin: — BMTning maxsus tashkilotlari (XVF, jahon banki guruhi, YuNCTAD - BMTning savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi, YuNIDO — sanoat rivojlanishi bo‘yicha tashkilot, xalqaro savdo palatasi, xalqaro fond birjalar federatsiyasi); — qimmatli qog‘ozlar komissiyasi bo‘yicha xalqaro tashkilot; — moliya bozori ustidan nazorat organlarining xalqaro tashkiloti; — kreditorlarning Parij va London klublari; — mintaqaviy moliyaviy tashkilotlar. Xalqaro moliya bozorini tartibga solishda huquqiy asos bo‘lib xalqaro konvensiyalar va kodekslar, xalqaro investitsion kelishuvlar hamda XVF, Jahon banki guruhi, YuNCTAD hujjatlarida chet el investorlarining ma’lum bir faoliyat bilan shug‘ullanish qoidalari belgilangan turli xil yo‘riqnomalar hisoblanadi. Shunday qilib, hozirgi davrda xalqaro moliya bozorini tartibga solish usullarini mantiqiy izchil tizimi amal qilmoqda. Xalqaro moliya bozorida asosiy tartibga soluvchi organlar sifatida hukumat va xalqaro moliyaviy institutlarni, ya’ni XVF, jahon banki guruhi, xalqaro qarzdorlik masalalarini hal qiluvchi klublar, mintaqaviy banklar, xalqaro, hududiy, mahalliy investitsion va sug‘urta kompaniyalari, fond va valuta birjalari, alohida mamlakatlarning markaziy banklari, davriy ravishda tashkil etiladigan xalqaro moliyaviy-iqtisodiy anjumanlar va konferensiyalarni ko‘rsatish mumkin. Xalqaro moliya bozorini tartibga soluvchi usulni joriy davr uchun eng maqbulini tanlab olish bozor segmenti va iqtisodiy tizim turiga, iqtisodiyotning beqarorlik darajasiga bog‘liqdir. Bozordagi holatni aniqlash uchun xalqaro moliyaviy tashkilotlar kundalik moliyaviy monitoring olib borishadi. Hozirda moliya bozorini tartibga soluvchi u yoki bu usulni qo‘llash elektron aloqa vositalari yordamida o‘tkaziladigan monitoring natijalariga bog‘liq bo‘lmoqda. Moliyaviy inqiroz davrida moliya bozoriga bo‘lgan ishonchni tiklash va mustahkamligini oshirish uchun uni tartibga solish mexanizmlarining samaradorligini oshirish zarurati ortib boradi. Xalqaro moliya bozorini tartibga solish mexanizmlari o‘z taraqqiyot yo‘lida uch bosqichni bosib o‘tgan: 1) 1867—1944-yillar — xalqaro moliya bozori o‘zini-o‘zi tartibga solish rejimida faoliyat yuritgan; 2) 1944—1976-yillar — xalqaro moliya bozori qat’iy tashqi bevosita tartibga solish rejimida amal qilgan;
3) 1976-yildan hozirgi vaqtgacha — o‘zini-o‘zi tartibga solish va tashqi tartibga solish rejimlari uyg‘unligida faoliyat yuritmoqda. Bugungi kunda xalqaro moliya bozorini tartibga solish oltinriing rasman demonetizatsiyalanishi, bozorni tartibga solishning bevosita va bilvosita usullarining qo‘llanishi, erkin suzib yuruvchi kurslar rejimi orqali tartiblash, XVF va boshqa xalqaro tartibga soluvchi organlar, kattalik davlatlari sammitlaridagi turli qarorlar va kelishuvlarni o‘zida aks ettirmoqda.



Download 63,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish