Xalqaro menejment


Yollashdan keyingi tayyorgarlik



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/67
Sana24.09.2022
Hajmi1,36 Mb.
#850098
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   67
Bog'liq
xqvc6y4FNemWk4VrcthXS69P2hMaMWsSTmr087wi

Yollashdan keyingi tayyorgarlik.
Ko’pgina xodimlar kompaniyaning ayrim 
mamlakatdagi maqsadlarini uning global maqsadlaridan ustun qo’yadi, yoki xalqaro 
operatsiyalarni amalga oshirish borasida yetarli tayyorgarlikka ega bo’lmaydi. 
Yondashuvlardan biri xodimlarni chet elda ishlash, xususan til va davlatni o’rganish 
uchun maxsus tayyorlashni o’z ichiga oladi. Boshqa yondashuv esa xalqaro biznes 
kurslarini universitetlarda menejerlarni tayyorlash jarayoniga kiritishni nazarda 
tutadi.
 
9.4. Mehnat bozoridagi farqlar 
 
Chet davlatlarda ishlab chiqarishni yo’lga qo’yayotgan kompaniyalar ma’lum 
qoidalar asosida shu davlatda kechayotgan jarayonga qarab mahsulotlarni ikkilamchi 
turlarini ham ishlab chiqaradilar. Kompaniyaga qanday va qancha mutaxassislar 
kerakligini oldingi tajribalardan aniqlanadi. Ushbu tajribadan kelib chiqib kompaniya 
har bir xodim qaysi mansabni egallashi lozimligi haqida tasavvur hosil qiladi. 
Optimal texnologiyalar. 
Chet eldagi filiallarda, ayniqsa rivojlanayotgan 
davlatlarda tashkiliy tuzilishdan nusxa ko’chirish borasidagi urinishlar havf-xatarlar 
keltirib chiqaradi. Birinchidan, ish xaqi yuqori darajada bo’lgan davlatda qo’l 
mehnatini uskunalar bilan almashtirishning iqtisodga ijobiy ta’siri ishchi kuchi 
ortiqcha bo’lgan mamlakatda zarar keltirishi mumkin. Ishlab chiqarishning 
mehnattalab usuli yuqori ishsizlik muammosini va oddiy xalq noroziligini 
yumshatishga xizmat qiladi. Ko’pgina munozarachilar tasdiqlashicha, ko’pmillatli 
kompaniyalar ko’p hollarda mehnatsig’imli emas kapitalsig’imli ishlab chiqarishni 
tashkil qiladi, bu esa rivojlanayotgan mamlakatlardagi ishsizlik muammosini hal 
etishga yordam bermaydi. “Optimal texnologiyalar” atamasi ma’lum muhitda 
foydalanish uchun maqsadga muvofiq bo’lgan texnologiyani bildiradi. Bu tushuncha 
sanoati rivojlangan mamlakatlarda rentabel xisoblangan texnologiyaga nisbatan 
rivojlanayotgan mamlakatlarda mehnattalab bo’lgan texnologiyani anglatadi. 


99 
Shubhasiz, sanoati rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarish bazasini tashkil etish 
tendentsiyasi insonlar mehnatini tejashga qaratilgan. 
Ishchi kuchining xalqaro harakatchanligi darajasi. 
Ko’pgina sanoati 
rivojlangan davlatlarda ishchi kuchi yetishmovchiligi muammosi mavjud bo’lib, u 
chetdan immigrantlar oqimi hisobiga hal etiladi. Biz xalqaro migratsiya bilan bog’liq 
aniq axborotlarga ega emasmiz, chunki ko’p sonli immigrantlar noqonuniy yo’llar 
bilan kirib keladi. Biroq ayrim ma’lumotlarga ko’ra Iordaniya, Yaman, Pokiston va 
Misr kabi mamlakatlar ishchilarining o’z uyiga yuborayotgan pullarining miqdori bu 
mamlakatlar eksportidan ortiqdir. 
Ko’p mamlakatlarda, masalan Yangi Zellandiyada Fidji va Tongo orollaridan 
kelgan ishchilarga qisqa muddat, ya’ni 3-6 oy ishlashga ruxsat berilgan. Boshqa ko’p 
hollarda esa ishchilar oilasini uzoq muddatga tashlab ketadilar va o’zga 
mamlakatlarda ko’p pul topgandan so’ng uyga qaytish maqsadida qolib ketadilar. 
Ularning uyga qaytishi ba’zi rivojlangan mamlakatlarda muammo tug’diradi. 
Masalan, 70-yillar o’rtalarida ispaniyalik ishchilar o’z uylariga qaytgani uchun 
Fransiya sezilarli ravishda ishchi kuchi yetishmasligiga duch kelgan. AQSh esa 80-
yillar oxirida koreys olimlar va muxandislaridan mahrum bo’ldi. Yana bir muammo 
chet ellik immigrantlar sonini cheklash bilan bog’liq davlat choralarining qabul 
qilinishidir. Bundan tashqari sanoati rivojlangan davlatlarda mahalliy ishchilar uchun 
ish o’rinlarini saqlab qolish maqsadida chet ellik ishchilarni mamlakatdan chiqarib 
yuborishga qaratilgan faoliyat olib boruvchi guruhlar mavjud. 
Bandlikdagi o’zgarishlar.
Ko’pmillatli kompaniyaning kapital, texnologiya va 
boshqaruvchi xodimlarni safarbar etish qobiliyati dunyoning turli chekkalarida 
ishchi-migrantlarga talabni qondirish imkoniyatini beradi. Yirik foydali qazilmalar 
konlariga ega yoki ilgari o’zlashtirilmagan hududlarda zavod, fabrikalar tashkil qilish 
uchun kompaniyalar chetdan katta miqdorda ishchi kuchi olib kirishi, uy-joy qurishi, 
aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish tizimini tashkil etishi zarur. Hatto aholi 
yashaydigan joylarda uy-joy muammosi mavsumiy ishchilarni jalb qilishda 
qiyinchilik tug’diradi. 
Ishchi kuchi oqimi va turli mamlakatlar ishchi kuchidan foydalanish mehnat 
sohasida qo’shimcha muammolar keltirib chiqaradi. Masalan, XX asr boshida 
AQShda ko’p sonli chet ellik ishchilar sanoat korxonalarida, temir yo’l va qurilishda 
ishlagan. Bir millatga mansub ishchilar guruhlarga birlashib, o’z tarjimonlari bilan 
mehnat qilganlar. Odatda har bir guruh ma’lum bir ishni bajargan. Uy-joy va 
oshxonalar har bir guruhga alohida berilgan, bu separatistik qarashlarning 
chuqurlashishiga olib kelgan. Bunday qarashlar hozirgi kunda ham G’arbiyYevropa 
mamlakatlarida mavjud. 

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish