Xalqaro menejment


 Xalqaro kompaniyalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solinishi



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/67
Sana24.09.2022
Hajmi1,36 Mb.
#850098
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   67
Bog'liq
xqvc6y4FNemWk4VrcthXS69P2hMaMWsSTmr087wi

 
5.2. Xalqaro kompaniyalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solinishi 
 
Qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro kompaniyalar faoliyatini huquqiy tartibga 
solish ikki yo’l bilan: milliy-huquqiy va xalqaro huquqiy usullar bilan amalga 
oshiriladi.
Milliy-huquqiy tartibga solish milliy huquq tizimi me’yorlari va institutlarini 
(ma’muriy, fuqarolik va b.) qo’llashdan iborat. Ko’p davlatlarda xorijiy firmalar 
faoliyatiga taaluqli investitsion qonunlar va kodekslar ko’rinishida maxsus 
qonunchilik shakllangan. Ularning asosi – qabul qiluvchi mamlakatda xorijiy 
investitsiyalarning qoidalari, shartlari va huquqiy kafolatlaridir. 
Qabul qiluvchi mamlakatda xorijiy firmalar faoliyatiga tegishli milliy 
qonunchilikka ko’p mamlakatlar xorijiy investorga qabul qiluvchi mamlakat milliy 
rejimini, ya’ni xorijiy investor huquqlarini milliy korxonalar huquqlariga 
tenglashtiruvchi sharoitlarini taqdim etuvchi nizomni kiritadilar. Bundan tashqari, 
xorijiy investorning qo’shimcha tavakkalchiligini qoplash uchun qabul qiluvchi 
mamlakatning milliy qonunchiligi xorijiy investor uchun qo’shimcha imtiyozlar va 
ustunliklarni ko’zda tutadi.
Ko’p davlatlar qonunchiligida xorijiy investorlarga notijorat tavakkalchiliklar 
(chet el xususiy mulkni milliylashtirish, terrorizm, foyda repatriatsiyasiga ta’qiq, 
tashqi to’lovlarga moratoriy) bo’yicha kafolatlar mavjud. Bunda investitsion 
bahslarni xalqaro arbitraj institutlarida ularning tartib qoidalarini qo’llash bilan hal 
qilish ko’zda tutiladi.


54 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.05.2003y. 205-sonli 
«To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga 
doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Qarori bilan "Chet ellik investorlar 
huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida"gi O’zbekiston 
Respublikasi Qonuniga muvofiq va respublikaga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy 
investitsiyalarni jalb qilish uchun yanada qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, xorijiy 
investitsiyalarni ishonchli huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmini barpo 
etish, mana shu asosda mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilash 
maqsadida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga xorijiy investorlarni va 
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilishni ta’minlash 
vazifasi yuklatilgan va quyidagi huquqlar berilgan: 
- xorijiy investorlarni va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni 
javobgarlikka tortishning asosliligini zarur hujjatlar, shu jumladan, jinoiy, fuqarolik, 
xo’jalik va ma’muriy ishlar materiallari bilan tanishish yo’li bilan o’rganib chiqish; 
- vazirliklar, idoralar va nazorat organlari, shuningdek mahalliy hokimiyat va 
boshqaruv organlari rahbarlariga qonun xujjatlarining aniqlangan buzilishlari, qonun 
buzilishini va unga olib keluvchi shart-sharoitlarning sabablarini bartaraf qilish 
to’g’risida belgilangan muddatlarda bajarilishi majburiy bo’lgan taqdimnomalar 
kiritish; 
- mansabdor shaxslar tomonidan xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar 
ishtirokidagi korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi hollari 
aniqlangan hollarda, shuningdek adliya organlarining qonuniy talablari mansabdor 
shaxslar 
tomonidan 
bajarilmagan 
taqdirda 
aybdor 
mansabdor 
shaxslarni 
javobgarlikka tortish to’g’risidagi masalalarni tegishli organlar oldiga qo’yish; 
- xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning 
huquqlarini buzayotgan nazorat qiluvchi hamda mahalliy hokimiyat va boshqaruv 
organlarining harakati yoki qarorlarini to’xtatib qo’yish; 
- jinoiy, fuqarolik, xo’jalik va ma’muriy ishlar bo’yicha xorijiy investorlar va 
xorijiy 
investitsiyalar 
ishtirokidagi 
korxonalarning 
huquqlari 
va 
qonuniy 
manfaatlarini buzuvchi sud hujjatlarini davlat boji to’lamasdan qayta ko’rib chiqish 
to’g’risida sud instantsiyalariga takliflar bilan murojaat qilish; 
- xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning o’z 
huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to’g’risidagi murojaatlarini tekshirish 
uchun tegishli mutaxassislarni jalb etish. 
Xalqaro huquqiy tartibga solish davlatlararo kelishuvlardan iborat. U 
ikkitomonlama va ko’ptomonlama asosda amalga oshiriladi. Xorijiy investitsiyalarni 
rag’batlantirish va himoya qilish haqidagi ikkitomonlama xalqaro shartnomalar 
xorijiy investitsiyalar statusini aniqlaydi va bir-birining sarmoyalari uchun qabul 
qiluvchi mamlakatning milliy rejimini o’zaro taqdim qiladi. Bu shartnomalar 
investitsiyalarni siyosiy tavakkalchiliklardan himoyalash to’g’risidagi nizomlar va 
baxslarni hal qilish tartibini o’z ichiga oladi. Ko’pgina kapital eksport qiluvchi 
davlatlar xalqaro ikkitomonlama kelishuvlarga qo’shimcha ravishda kapital 
chiqarishni rag’batlantirish uchun o’z fuqarolari va huquqiy shaxslar xorijiy 
investitsiyalarini sug’urtalashning davlat tizimlarini tashkil etishdi.


55 
Ko’p tomonlama xalqaro-huquqiy tartibga solish ko’ptomonlama universal 
shartnoma-kelishuvlar asosida amalga oshiriladi. Unda BMT tizimi muassasalari va 
integratsion birlashmalar (EI, NAFTA, ASEAN va b.) ishtirok etadi. Xorijiy 
tadbirkorlik 
masalalari 
bo’yicha eng mashhur ko’ptomonlama universal 
konventsiyalarga 1965 yil “Qabul qiluvchi mamlakatlar va xorijiy xususiy 
sarmoyadorlar o’rtasida investitsion bahslarni hal qilish haqida”gi Vashington 
konventsiyasi kiradi.
Bu konventsiyaga binoan unga qo’shilgan davlatlar va investorlar bahslarni hal 
qilish uchun Xalqaro ta’mirlash va taraqqiyot banki (XTTB) qoshida investitsion 
bahslarni muvofiqlashtirish bo’yicha Xalqaro markazga murojaat qilishi mumkin. 
Ko’rsatilgan muassasaga murojaat etishning shart-sharoiti bo’lib, ularning bahsni 
kelishtiruvchi tadbir yoki arbitraj sudi yordamida hal qilishga yozma roziligi 
hisoblanadi. 
1985 yil Seul konventsiyasi asosida XTTB qoshida xorijiy xususiy 
investitsiyalarni sug’urtalash bo’yicha Xalqaro agentlik (XXISXA) tashkil etilgan. 
Bu tizim bo’yicha sug’urtachi – XXISXA sug’urtalanuvchi – xorijiy investor bilan 
imzolangan shartnomaga muvofiq siyosiy havflar vujudga kelgan taqdirda 
sug’urtalanuvchi sug’urta shartnomasida ko’rsatilgan miqdorni to’lash majburiyatini 
oladi. Sug’urtalanuvchi o’z navbatida sug’urtachiga har yili sug’urta to’lovini to’lash 
majburiyatini oladi.
90-yillar oxirida Butunjahon savdo tashkiloti (BST) doirasida savdo bilan 
bog’liq xorijiy investitsiyalarni tartibga soluvchi tizim – TRIMS (Trade Related 
Investment Matters) shaklida xorijiy investitsiyalarni ko’ptomonlama xalqaro-
huquqiy tartibga solish keng tarqaldi. TRIMS doirasida milliy hukumatlar 
faoliyatining muhim jihatlari qatorida quyidagilarni muvofiqlashtirish amalga 
oshiriladi:
- xorijiy investorlar bilan qo’shma korxonalarda ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlarda milliy korxonalar mahsuloti ulushi (bu ushbu mahsulotlarni bojxona 
to’lovlaridan ozod qilish sharti sifatida qaraladi); 
- xorijiy investor korxonasining u bilan qo’shma milliy korxona uchun 
mahsulotida import komponentlar ulushi ko’rsatilgan korxona mahsulotining eksport 
hajmiga teng bo’lishi haqidagi talab; 
- xorijiy investor tashkil qilgan korxonalarda eksport hajmini cheklash. 
BST doirasida xalqaro kompaniyalar va milliy hukumatlar sarmoyaviy 
faoliyatini tartibga solishning yana bir yo’nalishi bo’lib Xizmatlar bo’yicha bosh 
kelishuv (GATS) hisoblanadi. Bunday maxsus kelishuvni qo’llash zaruriyati tez o’sib 
boruvchi xizmatlar sohasi va ishlab chiqarish eksporti ko’pincha telekommunikatsiya 
va aloqa sohasida buxgalterlik va auditorlik faoliyat turlarida, axborot ma’lumotlarini 
qayta ishlash va dastur ta’minoti sohalarida xalqaro kompaniyalarning xorijda 
maxsus ishlab chiqarish filiallarini tashkil qilishini ko’zda tutishi sababli vujudga 
keldi. 

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish