Xalqaro lizing operatsiyalari
Reja:
1. Xalqaro lizingning iqtisodiy mohiyati va lizing operatsiyalari kelib chiqishlning tarixiy sabablari
2. Xalqaro lizing operatsiyalarining xalqaro moliya munosabatlarida tutgan o’rni
3. Xalqaro lizing operatsiyalarini amalga oshlrishning huquqiy asoslari
4. Xalqaro lizing shakllari
5. Lizingga ixtisoslashgan xalqaro kompaniyalar
6. Xalqaro lizing bo`yicha investitsiya loyihalari
7. Xalqaro lizing operatsiyalarini o`zbekistonda qo`llash va uni rivojlantirish istiqbollari
1. XALQARO LIZINGNING IQTISODIY MOHIYATI VA LIZING OPERATSIYALARI KELIB CHlQISHINING TARIXIY SABABLARI
Hozirgi kunda lizing bilan bog’liq barcha iqtisodiy huquqiy munosabatlarni xo’jalik aloqalarining yangi bosqichiga kiritish an'anaga aylandi. Haqiqatda esa, bunday qarash to’g’ri emas. Tarixiy hujjatlarning guvoxlik berishicha, ijara (lizing) qadim davrlardan ma'lum bo’lgan. Shu boisdan bo’lsa kerak, G’arbda biror-bir qadimiy narsa haqida gapirishganda, ko’pincha «lizing kabi qadimiydir» degan gapni eslashadi.
Lizing so’zi iqtisodiyot uchun yangilik emas, birok qadimda lizing (lease) so’zi amaliyotda foydalanilmagan. Lizingning mazmuni va mohiyatini ochish - Aristotel davrlariga borib taqaladi (taxminan eramizdan avvalgi 384-383-382 yillarni o’z ichiga olgan davrlar). Aristotel shunday degan: «Boylik egalik qilishda emas, balki undan samarali foydalanishdadir». Hozirgi zamon tili bilan aytganda, kishining daromad olishi uchun qandaydir bir mulkka albatta egalik qilishi shart emas, balki undan foydalanishi huquqiga ega bo’lishi va natijada foyda olishning o’zi kifoya qiladi.
Tarixning guvoxlik berishicha, qadimda, lizing biror-bir aniq mulkni ijaraga berish bilan chegaralanmagan. Va bu davrda, nafaqat qishloq xo’jaligi texnologiyasi va xunarmandchilik asbob-uskunalari, balki harbiy aslahalar, qurol-yaroqlar ham ijaraga berilgan. Ma'lumotlarning guvoxlik berishicha, lizing bitimi amaliyotda qo’llanilganligini tasdiqlovchi birinchi hujjat 1066 yilga borib taqaladi. Bunda, kirol Vilgelm normandlarning kema egalaridan, kemalarni Britaniya orollarini ishgol qilish uchun ijaraga olganligi qayd etilgan. Ikki xaftalik vaqt ichida ikki yirik flot (biri norveglar, ikkinchisi normandlar) Angliya kirolligini ishgol qilish uchun etib bordilar. Usha vaqtlarda har ikkala flot juda xaybatli edi. Biroq, na norveglarning kiroli va na normandlarning gertsogi bunday tadbirni moliyalashtirishga iqtisodiy imkoniyati bo’lmagan. Shuning uchun, zarur bo’lgan kemalarni va qurol-aslahalarni olish uchun ijaraning maxsus shakli - ya'ni, «lizing» dan foydalanilgan.
Venetsiyada ham XI asrda lizing operatsiyalariga o’xshash bitimlar mavjud bo’lgan: venetsiyaliklar kema egalariga va sotuvchilarga usha vaqtlar juda qimmat hisoblangan kema yakorlarini ijaraga berganlar. Suzish tugagandan so’ng, "po’lat qimmatliklar" egalariga qaytarilgan va yana ijaraga berilgan. XIX asrning boshlarida Buyuk Britaniyada sanoatning rivojlanishi, asbob-uskunalarning turli xillari ko’payishi oqibatida, lizingga topshiriladigan tovarlar sonining o’sishi yuz berdi. Bunda temir yo’l transporti va kumir sanoatining rivojlanishi asosiy o’rinni egalladi. Ko’mir konlari egalari o’z ishlarini boshlanishida kumirni tashish uchun vagonlar sotib oldilar, birok, tezlikda buning foydasizligini, va xatto, bunday moliyalashtirishning iloji yukligi ma'lum bo’ldi. Ko’mirni qazib chiqarish hajmining o’sishi, yangi shaxtalarning ochila boshlanishi juda ko’plab vagonlarni talab etardi. Kichik korxonalar bunday qulay sharoitdan foydalanib, maqsad qilib kapitallarini shu kabi tarmoqlarga xizmat ko’rsatadigan tarmoqlarga kuyishdi. Ular kumir tashish uchun vagonlarni sotib olib, uni temir yo’l kompaniyalariga ijaraga-lizingga berardilar. Shunday qilib, yagona maqsadi va faoliyati faqatgina temir yo’l va vagonlarni lizingga beradigan kompaniyalar yuzaga keldi. Bitimni tuzish vaqtida lizingdan foydalanuvchiga, lizingning muddati tugaganidan so’ng, unga mulkni sotib olish huquqini berishni ko’zda tutardi. Buning asosiy sabablaridan biri bo’lib, foydalanuvchilarning vagonlarni ishlatishda extiyotkorlik va to’g’ri foydalanishga undash edi, chunki, ular keyinchalik shu vagonlarni sotib olishlari mumkin edi. Bunday bitimlar ijara sotuv bitimi nomini oldi. Ingliz tilida «hine-purchase» iborasi tarjima qilinganda «ijara-xarid» ma'nosini anglatadi. Biroq, birinchi termin kengroq tarqalgandir. Lizing va ijara sotuvi rivojlanishidagi keyingi bosqichlarda lizing bitimlaridan va ijara sotuvlaridan cheklovlarni olib tashlash zaruriyati tugildi.Shu bilan birga, nafaqat Yevropada, balki AQSHda ham turli xildagi texnika va asbob-uskunalar ijarasini moliyalashtirishga talab kuchli edi. Xususiy mulkchilikka tegishli birinchi qayd qilingan ijara bitimi XVIII asr boshida Amerikaning Shimoliy birlashgan shtatlarida qayd qilingan. Bunda ijaraga otlar hamda aravalar berilgan. Buyuk Britaniyada lizing operatsiyalarining faollashuvi, ushbu davlatda temir yo’l transportlari rivojlanishi bilan bog’liqdir. Bunda, investorlar yo’naltirilgan mablag’lar daromadliligini temir yo’l va vagonlarini sotib olishni moliyalashtirish orqali ta'minlaganlar. Asbob-uskunalarni boshqarishni trastlar amalga oshirganlar, ularning orqasida esa, banklar yoki ularni tashkil etgan yirik qo’shma trastlar turgan. Trastlarning sertifikatlari investorlarga sotilgan va investitsiyaning hajmiga qarab ma'lum miqdorda fond olish huquqi berilgan.
Hozirgi zamon lizing munosabatlariga uxshab trast boshqaruvchisi, asbob-uskuna tayyorlovchiga to’lov tulab, so’ngra, shu asbob-uskunadan bitim asosida foydalanuvchidan ijara to’lovini yig’ib olar edi. Ijara to’lovi o’zining hajmi bo’yicha barcha majburiyatlarni koplagan.
XX asr boshlarida junatiladigan tovarlar hajmining ortishi bilan, ko’pgina temir yo’l lizing kompaniyalari vagonlardan foydalanishda monopollik qilish yoki uzoq muddatli boshqarishdan ko’ra, asbob-uskunalarni ishonchli foydalanishga berilishni afzal bildilar. Bu mazkur vositalardan, faqatgina qisqa muddatda foydalanish talab qilinishiga olib keldi. Trastlar qisqa muddatli bitimlar tuzishga harakat qilishardilar. Bitimning muddati tugaganidan so’ng, vagonlar ijaraga beruvchiga qaytarilar, o’z navbatida, u mulkiga egalikni o’z qo’lida saqlab kolar edi. Bunday ijara to’lovlari, haqiqiy yoki operatsion lizing yuzaga kelishiga sharoit yaratdi. Xalqaro statistikaning guvoxlik berishicha, hozirda bunday bitimlar lizing bitimlarining asosiy qismini tashkil qiladi.
Avstriyalik iqtisodchi V. Xoyer o’zining «Yevropada qanday qilib biznes qilish mumkin», deb nomlangan kitobida keltirishicha, lizing suzini birinchi ommaviy tarzda ishlatilishi 1877 yillarga borib taqaladi. «Bell» nomli telefon kompaniyasi o’zining telefon apparatlarini sotish o’rniga ularni ijaraga berishni lozim topgan. Ya'ni, ushbu korxona asbob-uskunani faqatgina ijara to’lovi asosida mijozning uyi yoki ish joyiga o’rnatishni joiz topdi. Ikkinchi jahon urushi davrida, AQSH hukumati rasmiy rentabellik shartnomalaridan faol sur’atlarda foydalandi. Bu ijara biznesi rivojlanishi uchun, rag’batni ta'minlashga yana bir turtki bo’ldi.
Shu davrda, transport vositalari bilan bog’liq biznesda lizing operatsiyalari hajmining oshishi yuz berdi. Avtomobillarni lizingga berish - 1918 yilga borib, keng tarqaldi. Undan so’ng, o’tgan asrning 30-yillarida Genriy Ford avtomobiUar sotish samaradorligini oshirish uchun ijaradan foydalandi. Biroq, avtomobil lizingi biznesining qonuniy tus olishiga Zolli Frenkning xizmatlari katta. U o’tgan asrning 40-yillari boshida avtomobillarni uzoq muddatga ijaraga berishni birinchi bo’lib taklif etgan, Chikagolik savdo agentidir.
Hozirgi davrda, transport lizingidan tushayotgan yalpi daromadlar yiliga 50 mlrd. AQSH dollaridan oshib ketmoqda.
Ijaraga sanoat vositalari yoppasiga berila boshlanishi bilan, ijara munosabatlarida haqiqiy inkilob yuz berdi. Xususan, texnologik asbob-uskunalar, mashinalar, mexanizmlar, kemalar, samolyotlarni ijaraga berish keng rivojlandi. AQSH hukumati bu yutuqni to’g’ri qabul qilib, lizing mexanizmlarini tezlikda qayta ishlab chiqdi va uni rag’batlantirish uchun davlat dasturini qabul qildi.
1952 yilda San-Frantsiskoda tuzilgan «United States Leasing Corparetion» - lizing operatsiyalari asosiy faoliyat turi bo’lib hisoblangan birinchi hissadorlik jamiyatidir. Bu kompaniyaga Genri Shonfeld asos solgan. Avvaliga u kompaniyani faqatgina bitta maxsus lizing bitimi uchun tuzdi. Ammo, Genri Shonfeld lizing bitimini juda istiqbolli ekanligiga tushunib etdi va natijada «United States Leasing Corparetion» vujudga keldi. Lizing operatsiyalari juda qisqa vaqt ichida AQSH chegarasidan chiqib, lizing biznesini rivojlantirishning asosiy tushunchasi hisoblanmish «xalqaro lizing operatsiyalari» yuzaga keldi. Sungra, bunday lizing kompaniyalari boshqa mamlakatlarda o’zlarining bulimlarini ocha boshladilar.
Jahonda xalqaro lizing operatsiyalari keng ko’lamda rivojlangan bo’lsada, mamlakatimizda uning rivojlanishi mustaqillikdan so’ng keng tus oldi. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi moliya bozorida xorijiy kapital ishtirokida bir necha yirik qo’shma lizing kompaniyalari faoliyat yuritmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |