Kredit oluvchining faoliyatini baholash uchun bankning o‘z tajribasi, boshqa banklarning kredit berish malakasi asosiy baza hisoblanadi. «Dun&Bradstreet» xilidagi firmalar yer yuzidagi barcha kredit oluvchilar, har xil kompaniyalar, xo‘jalik va hu- kumat agentliklari haqida moliyaviy va tijoriy ma’lumotlarni be- radi. Hozirgi kunda ko‘plab banklar maxfiy ravishda mijozlar- ning operatsiyalari haqida ma’lumot almashadilar. Bundan tashqari, bank kredit tarixini o‘zida mujassamlashtirgan kredit paketini ham yuritadi. Banklarda ko‘pincha mijoz tanlashda yanglishish natijasida balan-slashmagan likvidlik riski yuzaga keladi. Bunday risklar odatda iqtisodi beqaror bo‘lgan korxonalarni kreditlashga ustunlik berilgan hollarda yuzaga keladi. Balanslashmagan likvidlik riski bank boshqaruvi va xodimlar malakasining sayozligi, bank faoliyati nazoratining sust tashkil qilinishi, risklarni tartibga solishda qo‘llaniladigan usullarning takomillashma-ganligi, ayrim olingan bank operatsiyalari yoki ularning guruhlari bo‘yicha risklar koeffitsiyenti shkalalarini o‘rnatishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar natijasida yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |