Xalqaro kreditni baholashda moliyaviy risk ham muhim o‘rin tutadi. Moliyaviy risk – bu xalqaro kredit berilgan vaqtdan so‘ng kredit olgan mijoz qarzni to‘lay olmaydigan holda, ya’ni to‘lovga layoqatsiz bo‘lgan holda yuzaga keladi. Bunday xavfni baholash uchun bank bir qancha omillarni tahlil qilib chiqadi. Bular xalqaro miqyosda «uchta C»: Character – reputatsiya, xarakter; Cash flow or capacity – pul oqimi va ishlab chiqarish quvvati; Ca- pital – kredit oluvchi kapitali kabi ko‘rsatkichlar bilan hisobla- nadi. Bank xalqaro kredit oluvchining faoliyatini baholashdan ol- din uning jiddiy kompaniyami yoki yo‘qmi, majburiyatlarini bajara oladimi va o‘z biznesi to‘g‘risida yetarli malakaga ega ekanligi haqida ma’lumotlar to‘playdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |