1.3 “O’zbekiston24” va“Uzreport” telekanallarida axborot uzatishning o’zigahosligi ,kanal imidji.
2021 yil noyabr oyi hisobiga ko‘ra, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan ommaviy axborot vositalarining (OAV) soni 1893 taga teng. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakatining “Facebook” qo‘llanmasida keltirilgan.
Qayd etilishicha, 1893 ta OAVdan
• 642 tasi gazeta;
• 482 tasi jurnal;
• 17 tasi axborotnoma-byulleten;
• 37 tasi radio;
• 72 tasi televideniye;
• 5 tasi axborot agentligi;
• 638 tasi internet nashr va veb-saytdir.
Ma’lum qilinishicha, 2016 yilda O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan OAVning soni 1514 ta bo‘lib, bugunga kelib ular 379 ta ko‘paygan.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun, O‘zbekiston so‘z erkinligi bo‘yicha 2017 yilda 169-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2021 yilga kelib 157-pog‘onani qayd etib turibdi.
So’nggi yillarda mamlakatimizda axborot tarqatish va so’z erkinligini ta’minlashda qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mamlakat Prezidenti bu masalaga davlat siyosati darajada qarab, jurnalistika kasbidagi to’siqlarni bartaraf etishda qator chora-tadbirlarni amalda tadbiq qildi. Ushbu soha hodimlari kasb bayrami kuni yollagan tabriklarida ham bu masalaga alohida to’xtalib, quyidagi fikrlarni bildirdi:
«Fursatdan foydalanib, doimo yangilik izlab, yangilikka intilib yashaydigan, jamiyatda yuz berayotgan muhim o‘zgarishlar, ustuvor g‘oya va tashabbuslarning ma’no-mohiyatini odamlarga tezkorlik va xolislik bilan yetkazadigan, hayotning qaynoq nuqtalariga dadil kirib boradigan siz, azizlarga mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan beqiyos hissangiz uchun chuqur minnatdorlik bildiraman», — deyiladi tabrikda.
Davlat rahbari o‘z tabrigida bugungi kunda barcha darajadagi boshqaruv idoralari rahbarlarining OAV vakillari, jurnalistlar bilan muntazam uchrashib, jamiyat hayotiga daxldor muhim masalalarni erkin muloqot asosida keng muhokama etishi yaxshi an’anaga aylanib borayotganini ta’kidladi.
«Biz bunday yondashuvni O‘zbekistonda olib borilayotgan ochiqlik, oshkoralik va demokratik siyosatning eng muhim yo‘nalishlaridan biri deb bilamiz hamda milliy manfaatlarimizga javob beradigan bu yo‘lni qat’iy davom ettiramiz», — deyiladi tabrikda.
Nodavlat elektron OAV, gazeta va jurnallar, nashriyotlar hamda bosmaxonalar soni ortayotgani ta’kidlandi.
Agar 2019 yilda davlat va nodavlat tashkilotlardagi axborot xizmatlarining manbalari — rasmiy veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar 559 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yilda bu raqam 2410 taga yetdi.
Davlat idoralari tomonidan tanqidiy materiallarga javob qaytarish ko‘rsatkichi 2018 yilda 12 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yil yakuniga ko‘ra qariyb 90 foizga yetgan.
Respublikada faoliyat yuritayotgan 1893 ta ommaviy axborot vositasidan 638 tasi yoki 33,7 foizi Internet nashrlari — veb-saytlar sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.
Shavkat Mirziyoyev o‘z tabrigida mamlakatda so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash maqsadida OAVda ro‘yxatdan o‘tkazishda barcha jarayonlar inson omilisiz, elektron shaklda amalga oshirilayotgani bu yo‘ldagi yana bir muhim qadam bo‘lganini qayd etib o‘tdi.
«Bugun avlodlar, ijodiy maktablar, an’analar, tushuncha va tasavvurlar yangilanmoqda. Internet zamoni o‘z talab va qoidalarini ilgari surmoqda. Ana shunday murakkab o‘tish davrida milliy jurnalistikamiz ilgari kuzatilmagan turli sinov va qiyinchiliklarga ham duch kelayotganini e’tirof etish va ularni birgalikda bartaraf qilish haqida o‘ylashimiz lozim», — deyiladi tabrikda.
Prezident mazkur sohada yillar davomida erishilgan eng yaxshi yutuq va an’analarni saqlab qolish, xolislik va haqqoniylik prinsiplariga, qonun talablariga qat’iy rioya qilish, fuqaroning sha’ni va g‘ururi, uning o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lish huquqini hurmat qilish, yuksak professional mahorat jurnalistlar uchun doimo asosiy faoliyat mezoni bo‘lib qolishiga ishonch bildirdi.
Davlat rahbarining shaxsan qo’llab quvvatlovi natijasida malakatimizda aboriy kanallar faoliyati rivojlanib, davlat va nodavlat telekanallarda information dasturlar soni keskin ko’paydi. ( Ammo sifati ham oshdi deyish qiyin)
UzReport telekanali 1999 yildan buyon o‘z ish faoliyatini olib bormoqda deb ko’rsatilgan kanalning rus tilidagi saytida. O‘sha davrda O‘zbekiston mustaqillikning yangi sharoitida mamlakat iqtisodiyotni shakllantirish va xususiy tadbirkorlikni jonlantirishning notinch davrini boshidan kechirayotgan edi. Yangida oyoqqa turayotgan mamlakatga xorijiy investorlar tomonidan faol qiziqish bildirildi. Potensial xorijiy hamkorlarni mamlakatimizda ro‘y berayotgan eng muhim voqealar haqida tezkorlik bilan xabardor qilish zarurati tug‘ildi. Aynan mana shu holat UzReport axborot-tahliliy internet portalini yaratish g‘oyasiga turtki bo‘ldi va u O‘zbekiston haqida tezkor siyosiy va iqtisodiy axborot beruvchi birinchi nodavlat kanalga aylandi.
Yildan yilga UzReport O‘zbekiston haqida ishonchli va dolzarb ma’lumot manbai sifatida ham mamlakat ichida, ham xorijda jadallik bilan mashhur bo‘lib bormoqda. Uning kundalik auditoriyasi bir necha ming foydalanuvchiga yetdi. Uning strukturasi o'sib, rivojlandi, yangi bo'limlar paydo bo'ldi, masalan: qimmatli qog'ozlar bozori, sug'urta, birjalar, sanoat ... Dunyoning eng yirik axborot terminallari ma'lumotlar bazalarini ma'lumotlar bilan ta'minlash bo'yicha shartnomalar imzolandi, jumladan: "Factiva" (a. qo'shma mahsulot " Reuters va Dow Jones), ISI Emerging Markets (Euromoney loyihasi), Asia Pulse va boshqalar. UzReport bir necha bor O‘zbekistondagi eng yaxshi internet-nashr sifatida e’tirof etilgan, uning bir qator kuzatuvchilari va muxbirlari jurnalistika sohasida milliy mukofotlarga sazovor bo‘lgan.
2009-yilda UzReport internet portali negizida UzReport axborot agentligi tashkil etilib, u Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligining 0605-sonli roʻyxatdan oʻtganlik guvohnomasini oldi.
Bugungi kunda UzReport axborot agentligi O‘zbekiston axborot bozorining tan olingan yetakchilaridan biri bo‘lib, quyidagi media resurslarni o‘z ichiga oladi:
UzReport (www.uzreport.news) – O‘zbekistonning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotining turli sohalariga oid kundalik yangiliklarni to‘playdigan O‘zbekistondagi eng yirik tarmoq portallaridan biri. U global qidiruv tizimlarida O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari orasida eng yuqori iqtibos indeksiga ega. U uchta tilda: o‘zbek, rus va ingliz tillarida mavjud. Bir vaqtning o'zida to'rtta domen zonasida ro'yxatdan o'tgan (.uz, .com, .tv va .news). Portal maʼlumotlar bazasida Oʻzbekistonga oid qimmatli maʼlumot va tahliliy maʼlumotlar arxivi (UzReport faoliyatining butun davri davomida toʻplangan), shu jumladan. banklar, birjalar, sug'urta, qimmatli qog'ozlar bozori, iqtisodiyotni rivojlantirish va tadbirkorlik sohasida qabul qilingan qonunchilik va me'yoriy hujjatlar haqida va hokazo. UzReport tashrif buyuruvchilar geografiyasi dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarini o'z ichiga oladi. Kundalik auditoriya bir necha ming foydalanuvchini tashkil qiladi.
2012-yil oktabr oyida UzReport Axborot agentligi O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligidan televidenie tarqatish tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish uchun 0004217-sonli litsenziya oldi. Ushbu litsenziya agentlikka o'z telekanalini yaratish rejalarini amalga oshirish imkoniyatini beradi, unda quyidagilar taqdim etiladi: siyosat, iqtisodiyot, sport, madaniyat va yuqori texnologiyalar yangiliklari; moliya bozori ekspertlarining prognozlari va sharhlari; yetakchi ishbilarmonlar bilan suhbatlar; biznes matbuotiga sharhlar; biznes va umuman jamiyatni rivojlantirishning dolzarb masalalariga bag'ishlangan maxsus dasturlar va boshqalar.
2019 yilda UZREPORT TV kanalida rebrending o‘tkazildi.
Zamonaviy axborot asri talablaridan kelib chiqib, kanal grafik dizayn, logotip va shiorini o‘zgartirdi. Endi ko'rsatuvlar yangilangan vizual shaklda efirga uzatiladi.
Kanal 3-may kuni nishonlanadigan besh yilligi va Jahon matbuoti erkinligi kuni munosabati bilan rebrending o‘tkazdi va axboriy kanal grafik dizayn, logotip va shiorini o‘zgartirdi. Shu sanadan boshlab ko'rsatuvlar yangilangan vizual shaklda efirga uzatiladi.
Kanal logotipi osongina tanib olinadigan vizual identifikatsiyaga ega bo'ladi. U diqqat bilan ishlangan ko'k va qizil ranglar palitrasidan, shuningdek, zamonaviy tasvirlar va minimal elementlardan foydalanadi. Aylanadigan radar voqea va hodisalar doimo diqqat markazida bo‘lishini bildirsa, UZREPORT TV esa yangiliklarni topib, ularni xolis va tezkor yoritib boradi deb izoh keltiradi o’z saytida
UZREPORT TV axborot-tahliliy, ma’rifiy kanal sifatida faoliyat yuritib, davlat va jamiyat, biznes va sport faol vakillaridan iborat doimiy auditoriyaga ega. Telekanalning shiori tomoshabinlardan kelib chiqib tanlandi – “UZREPORT TV – qaror qabul qiluvchilar uchun kanal!”.
Telekanal bosh muharriri Gulnoza Xusanova taʼkidlaganidek: “Rebrending jarayoni yil davomida davom etadi. UZREPORT TV ning nafaqat vizual qiyofasi, balki uning sifatli kontenti ham yaxshilanadi. Ayni paytda yosh, baquvvat va ijodiy jamoamiz yangi loyihalar ustida ishlamoqda. Mavzular dolzarb va xilma-xildir.”
Kanalning o’zbek tilidagi saytida Ў’z faoiliyatini boshlaganlik sanasi quyidagicha ko’rsatilgan: UZREPORT TV xususiy, nodavlat axborot kanali 2014-yil 28-aprelda o‘z faoliyatini boshlagan. Kanal O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib Reuters, Bloomberg, CCTV kabi dunyoning yetakchi axborot agentliklari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan va mualliflik huquqi me’yorlariga qat’iy rioya qiluvchi telekanal ekanligini faxr bilan ta’kidlash mumkin.
Telekanal soatlik UzReport News dasturini (sobiq Novosti 7/24) rus va o‘zbek tillarida kechayu kunduz olib boradi. 2018-yildan boshlab telekanal ko‘rsatuvlari Full HD formatida efirga uzatila boshlandi.
Efir jadvali yangiliklardan tashqari, dolzarb hisobotlar, tahliliy dasturlar, ekspertlar bilan interfaol suhbatlar, shuningdek, ijtimoiy va o‘quv filmlaridan iborat. Jahon hamjamiyati ushbu ko‘rsatuvlarni kanalning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va maxsus platformalari orqali ham tomosha qilishi mumkin.
UZREPORT TV 24-yanvardan boshlab ingliz tilidagi ko'rsatuvlar va yangiliklar dasturlari qayta tiklanganini ma'lum qildi.
E'tiborga molik yangiliklardan yana biri, Amazon media-platformasida striming rejimida uzatiladigan "UZREPORT WORLD"ning test rejimida ishga tushishi hisoblanadi.
"UZREPORT WORLD" - bu UZREPORT telekanalining xorijiy tomoshabinlar uchun mo'ljallangan ingliz tilidagi versiyasi.
"UZREPORT WORLD"da O'zbekistonning noyob tarixi, buyuk allomalari va ulug' shaxslari, diqqatga sazovor tarixiy obidalari, milliy taomlari va madaniy an'analari haqida hujjatli filmlar va televizion dasturlar namoyish etiladi.
Har kungi yangiliklardan tashqari, bir qator eksklyuziv dasturlar, jumladan, davlat organlari va hukumat vakillari, yetakchi xalqaro va nodavlat tashkilotlar a'zolari, shuningdek, milliy ekspertlar bilan suhbatlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
“Uzreport TV” telekanali “Uzreport axborot agentligiga teleko'rsatuvlar tarqatish xizmat huquqini beruvchi O'zbekistoln Respublikasi axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, Aloqa davlat qo'mitasi tomonidan berilgan №0004217 sonli litsenziyasi asosida efirga uzatiladi. Eslatib o'tamiz, bugungi kunda “Uzreport axborot agentligi” biznes-axborotlar maydonida “Uzreport.uz” internet-portali va “Business Report” teleloyihasi bilan faoliyat yuritib kelayotgan edi. Mazkur OAVning maqsadi iqtisodiy va biznes-yangiliklar mavzusidagi axborotlarga yo'naltirilgan.
Telekanalni raqamli TV-tyuneri orqali tomosha qilish mumkin. “Uzreport TV” – “Uzreport axborot agentligi” teleloyihasi hisoblanadi. Telekanal ijodiy jamoasini asosan yoshlar va ilgari davlat televideniesida mehnat qilgan tajribali jurnalistlar tashkil etadi. Misol uchun, Aleksandra Jelixovskaya (“Toshkent” telekanali "Poytaxt" dasturining sobiq boshlovchisi), Gulnoza Husanova(“Yoshlar” telekanali “Davr” dasturining sobiq boshlovchisi).
Dunyo miqyosidagi yangiliklar dasturlari odamlar diqqatini tortuvchi eng yangi va e’tibortalab voqealar bilan boshlanadi. “Bosh yangilik – xedlayner (inglizchadan head line - sarlavha) – yangilik, informatsion dastur odatda nisbatan muhim va tez etkazish kerak bo'lgan xabar” hisoblanadi. “Uzreport TV” dasturi ana shu jihatlarni inobatga olgan holda, o'z dasturlarini tayyorlaydi. Yaъni, tahririyat tomoshabin uchun avvalo qiziqarli bo'lgan xabarlarga eъtibor qaratadi.
Telekanallarning g'oyaviy targ'ibot va tashviqot kuchiga ega ekanligi OAV ichida eng keng auditoriyaning axborotga bo'lgan ehtiyojini qondirishi bilan asoslanadi. Dunyodagi aksariyat davlatlarda aholining deyarli 70-80 foizi o'zi uchun kerakli axborotni aynan televideniedan oladi. XXI-asrda sunъiy yo'ldosh orqali axborot qabul qilish va uzatish jarayoni butun jahon teletarmoqlari imkoniyatlarini nihoyatda oshirib yubordi.
Yangi asrda axborot bilan uning isteъmolchisi o'rtasidagi munosabatlar o'zgarmoqda. Ilgari auditoriya vakillari mavjud ommaviy axborot oqimini qabul qilib olishga ulgurardi. Axborot globallashuvi, audiovizual jurnalistika va internet rivojlanishi bilan umumiy, yaxlit auditoriya degan tushunchalar yo'qola bormoqda. “...telekommunikatsiya, axborot texnologiyalari sohasida ro'y bergan kashfiyot va ixtirolar, axborot olish va tarqatish uchun keng imkoniyatlar ochib beruvchi komp`yuter texnikasi, xalqaro axborot aloqa tizimi, internetning hayotimizga kirib kelishi jamiyatimiz qiyofasini tubdan o'zgartirib yubordi. Endilikda davlat va jamiyatning rivojlanganligi va madaniylashganligi mamlakatda axborot texnologiyalari qay darajada yo'lga qo'yilganligi bilan belgilanadi”.11
Jahon telekanallari orasidagi ayovsiz raqobat ularning har birida o'ziga xos biror jihat bo'lishini taqozo etadi. Yangilik va tezkorlik bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda turuvchi AQSh televideniesi auditoriya isteъmoli darajasidagi, uning ehtiyojini qondira oladigan mahsulotlar – ko'ngilochar dasturlar, seriallar ishlab chiqarishdan charchamayapti. Filologiya fanlari nomzodi A.Karimovning ta’kidlashicha “Hozirda teskari qonuniyat, ya’ni inson axborotni emas, aksincha, axborot o'z iste’molchisini izlash jarayoni kuzatilmoqda”
“O’zbekiston 24” telekani 2017 yil 21-iyul sanasida davlat raxbari tug’ilgan kun sanasiga sovg’a sifatida HD formatda o’z ish faoliyatini boshlagan. Kanalning tashkil etilishi va unga oid qonun hujjatlari haqida uzundan-uzun ma’lumot keltirilishi mumkin edi, ammo kanal saytlari shunchalik faol ishlaydiki, bu borada ikki-uch satrdan ortiq ma’lumot toppish amrimahol. Kanal faoliyatiga oid Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gulbahor Saidg’aniyevaning quyidagi fikrlarini keltirish mumkin.
Mamlakatimizda axborot uzatish, jurnalistika sohasida katta islohotlarga qadam qo‘yildi. Muntazam ravishda rasmiy, ishonchli, aniq ma’lumotlarni kecha-yu kunduz berib borish, aholini mamlakatdagi jarayonlardan xabardor qilish maqsadida Prezident qarori bilan “O‘zbekiston 24” telekanali tashkil etildi. Telekanal mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy va sport sohalarida yuz berayotgan hodisalarni tezkorlik bilan yoritib borishi, shuningdek, telekanalning xorijda ham muxbirlik punktlariga ega bo‘lishi maqsad qilindi. «O‘zbekiston 24» SD va HD formatlarida raqamli efir ijtimoiy paketiga kiritilishi, uning HD formatidagi translyasiyasi mamlakatda ushbu formatga to‘liq o‘tilgunga qadar parallel ravishda UzHD kanalida ham amalga oshirilishi ma’lum qilindi.
O‘sha kundan e’tiboran barcha viloyatlardagi telekanal bo‘limlari ham jiddiy ishga kirishdilar. Kuzatib boryapmizki, kanal doimiy ravishda dolzarb mavzularda o‘tkir materiallarni, ko‘rsatuvlarni tayyorlab efirga bermoqda. Rasmiy ma’lumotlar, suhbatlar, brifinglar, kinofilmlarni qiziqish bilan ko‘radiganlar ko‘p. Tomoshabinni mushohadaga chorlovchi ko‘rsatuvlar ham berib borilmoqda. Ayniqsa, yaqindagina tomoshabinlar e’tiboriga havola qilingan “Ilhaq” filmi ko‘plarda chuqur tassurotlar qoldirdi. Shaxsan o‘zim doimiy ravishda televizorimni “O‘zbekiston 24” ga sozlab qo‘yaman.
Telekanalning barcha xodimlariga, jurnalistlarining mehnatlarini e’tirof etgan holda, katta minnatdorchilik bildirib, doimiy tomoshabin sifatida ayrim mulohazalarimni bildirib o‘tmoqchiman.
Bir necha kun muqaddam ijtimoiy tarmoqlarda bir mavzu keng muhokama qilindi, “O‘zbekiston 24” telekanalining saviyasi borasida ko‘p fikrlar bildirildi. Bu fikrlarning hammasiga qo‘shilib bo‘lmasa-da, umumiy ohangda bildirilgan e’tiroz o‘rinli edi. Asosiy bildirilgan e’tirozlar kanalning axborot uzatish sohasida tutgan yo‘liga nisbatan bildirilgan edi. Darhaqiqat, “O‘zbekiston 24” axborot berish tizimini o‘zgartirishi zarur. Kanalning boshqa aksariyat ko‘rsatuvlari haqida umumiy e’tiroz bildirayotganimiz yo‘q, axborot sohasida ham eng ishonchli, rasmiy manba sifatida hurmat qilamiz. Lekin tezkorlik masalasida oqsayotgani namoyon bo‘lib turibdi. Ba’zan ayrim voqea, xabarlar haqida muddati o‘tgandan keyin ham axborot beriladi. Bu vaqtda qanchadan-qancha boshqa xabarlar oqimi tarmoqlarda oqib kelayotgan, jarayonlar kechayotgan bo‘ladi...
Tanqidiy munosabatlarda tilga olinganidek, go‘yoki jahonda, O‘zbekistonda boshqa hayot oqimi kechayotgandek, “O‘zbekiston 24” da esa tinch, osuda boshqa hayot kechayotgandek tasavvur uyg‘otishi ham mumkin. To‘g‘ri, mamlakatda kechayotgan ijobiy jarayonlarni albatta berish kerak, yutuqlarimizni ko‘rishimiz kerak, odamlarda amaga oshirilayotgan islohotlardan boxabarlik, kelajakka ishonch ruhi paydo bo‘lishi kerak. Shu bilan birgalikda, hayotiy materiallar, kamchiliklarimizni ham ko‘rishimiz kerak. Birov qiyshiq oyna olib bizga tutganidan ko‘ra, to‘g‘ri oynani o‘zimiz olib yuzimizni ko‘raylik.
Bugun axborot asrida yashayapmiz, gazeta-jurnallarda axborot tezkorligida internetga yeta olish imkoniyati yo‘qdir, biroq televideniyeda unga bas kelishga imkon bor. Teng kelganda ham ishonchli, rasmiy ma’lumot berish imkoni bor.
Voqea joyiga borib xabarlar tayyorlash, tezkorlik bilan uzatish ham mumkindir. Lekin bu telekanal tahliliy materialga ko‘proq o‘rin bersa, yaxshiroq natijaga erishiladi. Agar xabar tezkorligi, muhimligi jihatidan ahamiyatini yo‘qotgandan keyin ham efirga uzatiladigan bo‘lsa, kimningdir manfaatiga xizmat qilayotganday tasavvur uyg‘otishi ham mumkin.
Bu kanal ochilganda juda yaxshi maqsadlar qo‘yilgan, 24 soat davomida vatanimizda kechayotgan jarayonlar, yoniq nuqtalardan xabarlar tinimsiz uzatib turilishi nazarda tutilgan. Sohani isloh qilish kerak.
Bugungi kunda televideniye, bizningcha, eng ilg‘or axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatiga ega. Raqamli televideniye joriy etilishi teletomoshabin ekran qarshisida qaysi kanalni qancha minut ko‘rib, keyin chiqib ketganini ham aniqlash imkoniyati yaratildi. Bir kunda kanalni nechta odam ko‘rayotganini bilsa bo‘ladi. Birov ko‘rmayotgan kanallarni yopish fikri, taklifi ham beriladi ba’zan. “O‘zbekiston 24” kanali ana shu imkoniyatdan foydalanib, o‘z reytingini baholashi, agar tomoshabinlari boshqalarnikidan kam bo‘lsa, o‘z ustida ishlashi kerak.
“O‘zbekiston 24” davlat siyosatini to‘g‘ri aks ettiruvchi, vatandoshlar hayotidan hikoya qiluvchi rostgo‘y kanal, biz uning kelajagiga, yagona eng kuchli kanal bo‘lishiga ishonamiz. Balki kadrlar siyosatini o‘zgartirish kerakdir, balki maqsadlarni boshqacharoq qo‘yish kerakdir. Uni takomillashtirish esa davr talabidir.
Gulbahor SAIDG‘ANIYEVA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
“Adolat” SDP fraksiyasi a’zosi
Kanalning faoliyatiga oid yumshatilgan tanqidiy qarashlardan so’ng uning ish uslubi va imidjiga ahamiyat qaratsak. “O’zbekiston24” kanali 24\7 tartibda faoliyat yuritadi va mamlakatdagi asosiy axborot yetkazuvchi davlat kanali hisoblanadi. Axboriy dasturlar kun davomida besh marta o’zbek, rus, ingliz tillarida efirga uzatiladi. Kanalni online shaklda medibay, bileene platformalari orqali hamda rasmiy sayti va boshqa ko’plab saytlar orqali ham ko’rish mumkin. Efirga uzatilgan xabarlarni MTRKA.Uz telegram kanali orqali topish imkoni mavjud. Informatsion dasturda mahalliy,ijtimoiy- siyosiy, xorijiy yangiliklar, prezident faoliyati, qonun-farmonlari, mahsus tashriflariga oid eng so’nggi ma’lumotlar doimiy yetkazilib boriladi. Kanalning asosiy dizaynida och havorang, ko’k va oq ranglardan foydalanilgan. Logotipida ham huddi shu ranglarni ko’rish mumkin. Axboriy dasturlardan “Axborot 24”, “Tahlilnoma” informatsion dasturlari, “Islohotlar amalda” ko’rsatuvi, “Munosabat” tok-shousi” “Xalqaro press klub” jamoasining dasturlarini ko’rish mumkin. Kanalda efirga uzatilgan quyidagi reportajlarga ahamiyat qaratib, tahlil qilamiz:
Reportaj bu reportyorning o’zi guvoh bo’lgan voqea-hodisalarga guvohligini tasdiqlovchi va ularni tomoshabinga tushunarli, qisqa, lo’nda, hukmsiz yetkazuvchi janr ekan, bu janr orqali to’siqlar yengiladi. Tomoshabin bora olomaydigan, o’z ko’zi bilan ko’ra olmaydigan voqealarni, yangiliklarni go’yo o’sha yerda bo’lgandek hissiyot uyg’ota oladigan darajada mahorat bilan reportaj amalga oshirilishi lozim. Bunda sodda va erkin so’zlashuv usuli, qiziqarli ta’rif hamda jumlalar, kerakli kadrlarni namoyish eta olish, voqealarga neytral guvohlik bera oluvchi intervyular yordam beradi. O’zbekistonda asosiy axborot yetkazuvchi davlat kanalllaridan “O’zbekiston24” teleradio kanalidir. Bu kanalning informatsion kanallarida bu janrdan, ya’ni reportaj janridan qanday foydalanilayotganligiga ahamiyat qaratamiz:
“Tahlinoma” dasturining 2022-yil 5-iyun kunidagi sonidan mahsus reportaj nomi: “Таҳлилнома | «Чирчиқ» кимё-индустриал технопарк – юқори қўшилган қийматли маҳсулотлар ишлаб чиқариладиган ўзига хос лойиҳа.”
Poytaxtimizning Chirchiq tumanida texnopark qurib bitirilish arafasida va ayni shu jarayonlardan reportaj amalga oshirilgan. Reportajning umumiy hajmi 11 daqiqayu 30 soniya. Lavhaga navbat beruvchi asosiy boshlovchi Jamshid Umurzoqov 1 daqiqayu 30 soniya reportajga “mazmunli” perixodni o’qib bergan. Bunchalik uzundan-uzoq berilgan ta’rifdan so’ng reportajda qanday ma’lumotlar yetkazilishi juda qiziq. Texnoparkning tomlari-yu ko’chalaridan olingan umumiy kadrlardan boshlangan reportaj bu texnoparkning “ mamlakatimiz Prezidanti tashabbusi bilan qurilayotganligi”ni eslatish bilan boshlanib, bu qaror qachon imzolanganligini namoyish qilish bilan davom etadi ( huddiki bu mamlakatda boshqa birovning tashabbusi bilan ham nimadur amalga oshiriladigandek alohida eslatib o’tilishi juda ortiqch) va 20 soniya shu kabi ma’lumotlardan so’ng mehnat fahriysidan olingan intervyuga navbat beriladi. Bitta reportajning o’zida 6 ta intervyu olingan, shundan 3 nafar odamdan nega intervyu olinganligi umuman noaniq. Chunki bu shaxslar mavzuga butunlay dahli bo’lmagan shaxslar. Faqatgina texnoparkning Janubiy koreyalik rezidenti Usok Shin intervyusidan qandaydir jo’yali ma’lumotlar olish mumkin. Texnopark direksiyasi direktori Jahongir Abdurahmonov bilan reportyorning shaxsiy tanish - bilishchiligi bor menimcha. Chunki bitta insondan 3 marta bir reportajning o’zida intervyu olish umuman aqlga, qoidalarga to’g’ri kelmaydigan narsa. Reportajda foydalanilgan kadrlar gapirishga ham arzimaydi. Nahotki reportyor va operator tomoshabinlarga texnoparkning tomlari qiziq deb o’ylasa. Zavod ichidan ikki, uchta kadrni hisobga olmasa faqatgina tomlar va mashinalar haqidagi reportaj deyish mumkin. Hullas, 11 daqiqayu 30 soniyalik reportajning 9 daqiqasi faqat “suv” gaplardan iborat . Reportyorning “qorasi”ga esa faqatgina boshini qimillatib, tinglab turgan jarayonda ko’z tushish mumkin. Ochig’i bu reportaj kim uchun tayyorlanganligiga umuman tushunish qiyin. Chunki tomoshabinni qiziqtiradigan birontayam ma’lumot keltirilmagan. Hop yangi texnopark qurilibdi, u qachon ochiladi? Aniq nechta ish o’rnini yarata oladi? Qanday kasbdagi hodimlar zarur va qachondan ishga olishni boshlaydi? Maosh qancha qilib belgilanishi mumkin? Oddiy aholini faqatgina shu kabi savollar qizqtiradi. Hali ochilmagan, hech qanday “karomat” ko’rsatmagan texnoparkni maqtash, shu yerda istiqomat qiluvchi aholidan amalga oshirilgan o’zgarishlarni ko’klarga ko’tarib maqtalgan intervyu olish bu endi hech qaysi qolipga, qoidaga to’g’ri kelmaydigan ish. Ahir hali zavod ochilishi bo’lmagan-ku. Har qanday propagandada, har qanday tashviqod, har qanday davlat siyosati uchun xizmat qiladigan kanalda ham logika bo’lishi zarur. Reportajning birinchi eng katta hatosi uning hajmi. Deyarli 12 daqiqalik reportajning kimga, nima keragi bor? Uni kim ko’rishi mumkin? Kimdir ko’rgan taqdirda ham nima ma’lumot olishi mumkin? Yuqorida reportaj janriga juda ko’plab ta’riflar, misollar keltirildi. “O’zbekiston24” kanali reportajlari tengsiz deyish mumkin. Chunki ular hechqaysi ta’rifga, qoidalarga to’g’ri kelmaydi. Kanalning ko’plab reportajlari orasidan aynan mana shu lavhani tanlashimga sabab festivallar, forumlar, ochiq darslar, majlislar haqidagi reportajlaridan anchayin ahamiyatli. Mamlakatda texnopark qurilishi, uning ichida kata bir zavodning ishga tushishi ahamiyatli voqea. U qanchadir insonlarni ish bilan ta’minlashi, qora qozoni qaynashiga sababchi bo’lishi mumkin. Ammo har doimgidek, hududning chindan ishga muhtoj insonlari zavod qachon ishga tushib, qachon ichilar olinganligida bexabar qoladi. Ammo bu zavoq mamlakat Prezidanti tashabbusi bilan qurilbanligidan boxabar qilinadi.
Kanalning yana bir reportajlaridan biriga ahamiyat qaratamiz (https://m.facebook.com/story.php?story_fbid=pfbid0Go1YPv4syh6X8W16qmsVn7WZV2eRnUwUo8ETsh8Y6pkeYuBAgbmZPJr6a6G8LPNql&id=100004793144086) va reglament bo’yicha yanada avjiga chiqamiz. 2022 yilning 17 mayidan 28 may sanasiga qadar bo’lib o’tgan Kann kinofestivalida O’zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi va bu festivaldan tajribali jurnalistlardan biri Navbaxor Karimova oz emas ko’p emas naqt 26 daqiqalik maxsus reportaj amalga oshirgan. “ Har qanday yo’lning boshi orzu oxiri maqsad bo’lsa, bu kutilgan natija sari tashlangan muhim qadam bo’ldi” jumlalari, O’zbekistonning go’zal manzillarining yuqoridan olingan kadrlari bilan boshlangan reportaj yuqorida keltirilgan jumlalar kabi tushunarsiz bo’ldi men uchun. Birinchi tushunarsiz bo’lgan jihat nima uchun ko’rsatuvga ko’plik qiladigan reglament darajasida, 26 daqiqalik qilib tayyorlangani. Deyarli bir hafta Fransiyada bo’lgan kanal hodimlari kun davomida besh marotaba efirga uzatiladigan informatsion dasturlar mobaynida jonli maksimum 2-3 daqiqalik reportajlar amalga oshirsa bo’lmasmidi? 26 daqiqa davomida O’zbekiston pavilionining umumiy ko’rinishi qanday ekanligini bilolmadim. Nega “sakson sakkista” mavzuni bitta reportajga joylashga harakat qilishgan? Lavha mobaynida “goh tog’ga, goh bog’ga, goh cho’l-u biyobonlarga ketib qolingan va albatta o’nga yaqin intervyular. Yana bir e’tiborimni tortgan jihat horijlik respondentlar bilan intervyuda intershum va original ovoz olib tashlanganligi. Bu holatda qanday qilib intervyuga ishonish mumkin? Hammaga yod bo’lib ketgan gaplar, bloger va aktyorlarning “tirjaygan” yuzlari, u yerda bu yerga yurgan kadrlari qanday qilib yangilik, reportaj bo’lishi mumkin?
Maqsad kimningdir ishidan kamchilik topish, yomonlash emas. Ish bor joyda kamchilik albatta bo’ladi. Ammo u ish boshdan oxirigacha hato bo’lmasligi kerak. Agar qilinatotgan kasi-korda foydalilik ish koyfisenti nolga teng bo’ladigan bo’las, yaxshisi qilmagan ma’qul. Shu holatda ham kanal hodimlarining “ burni osmonda” ilmiy ishim mavzusi bo’yicha ko’plab jurnalistlardan intervyu, maslahat olishga harakat qildim va ko’pchilik o’z kasbining professionallari o’z yordamini ayamadi. Lekin “O’zbekiston24” kanalining “daholari” ishlari juda ko’p ekanligini bahonayu-vaj qilib ko’rsatishdi. “ Inson yashash uchun yeyishi, yeyish uchun yashamasligi kerak” degan gap bor. Kanalning qilayotgan ishi insoniyat uchun hech qanday qiymati yo’q hodimlari faqat maosh uchun, yeyish uchun yashayotganlardan deb hisoblashga majburman. Chunki yashash uchun yeyayotgan inson besamar vaqt, soliq to’lovchilarning pulidan olayotgan maoshi uchun bir oz vijdoni qiynalishi, tomoshabinbop mahsulotlar yaratishga hech bo’lmaganda urunib ko’rish lozim.
Yangi O’zbekistonning yangi kanali tomoshabinga hech qanday yangilik bera olmayabdi afsuski. Har kuni bir yangilik qilib hech bir narsani qoyillatmagandan ko’ra, eskilarini barbod qilmagan ma’qul. “ Eski” O’zbekistonning eski “Axborot” informatsion dasturi bilan solishtirganda o’sishdan ko’ra pasayishni ko’rish mumkin. Eng muhimi xalq e’tibor bilan ko’rar edi “Axborot” ni. Nimalargadir ishonar edi, ishontirishning uddasidan chiqar edi sobiq “axborotchilar”. Bugun esa na ishonch bor, na ishontirishga urunish. Ochiqchasiga “tomosha” dan, o’zlari ham tushunmaydigan “ertaklar” dan iborat.
Uzreport telekanali informatsion dasturlar, tahliliy ko’rsatuvlrdan tashqari sport musobaqalarini efirga uzatish orqali ham tomoshabinboplik darajasini oshirgan. Hususan fudbol, boks, UFC sport turlari bo’yicha qator obro’li turnirlar transilatsiyasi kanlga mo’may daromadli reklamalardan tashqari tomashabinlar e’tiborini ham keltirdi. Kanal qoshida sport yo’nalishidagi “Fudboltv” kanali ham o’z faoliyatini boshlagan. Shuningdek “Navbatchilik qismi”, “Maxsus bo’lim”, “No comment”, “Mahallada yayov kezganda”, “Aspekt” kabi turli yo’nalishdagi ko’rsatuvlar tomoshabinlar fikr-mulohazalarini kengaytirish, turli savollarga javob berish vazifasini bajaradi. Barcha ko’rsatuvlarda boshlovchilar imidji o’ziga hos bo’lib, kiyinish va so’zlash uslubiga ega. “Aspect” ko’rsatuvi muallif va boshlovchisi Shuxrrux Majidov siyosiy tahlil janrdagi ko’rsatuvni tayyorlaydi va boshqa boshlovchilardan so’zamolligi bilan ajralib turadi. Journalist shu qadar gapdonki, respondentlarga savol berish jarayonida bir yo’la o’z javoblarni ham berib o’tadi.
Kanalda efirga uzatiladigan yana bir ajoyib ko’rsatuvlardan biri “ Bitmas xazina” loyihasi. Uning muallifi va boshlovchisi Nigora Adhamova eng sevimli jurnalistlarimdan biri. Yuksak bilimi, noodatiy imidji, o’ziga hos stendaplari bilan ajralib turadigan junalist ko’rsatuvi uchun ham eng qiziqarli mavzular va asarlarni tanlaydi. Ko’rsatuv suhbatdoshlari ham bilimli hamda tajribali shaxslar tanlanadiki, bu tomoshabin e’tiborini jalb qila oladi va bilimlari boyishiga xizmat qiladi.
“O’zbekiston24” kanalidagi information dasturlar reportyorlari va boshlovchilari shu qadar ko’pki, ularni alohida eslab qolish mushkul. Tajribali va uzoq yillardan beri faoliyat yuritayotgan jurnalistlardan Jamshid Umrzoqov, Arevat Grigoryan, Islom Karabayev, Nodirxon Baxodirovichlarni Alohida ta’kidlab o’tish lozim.
Kanalda axborot yetkazishning o’ziga hosligi, eng mayda tadbirlarga ham alohida ahamiyat qaratish. Turli xil maktab, davlat idoralari, muassasalar tadbirlari erinmay yoritiladi. Shuningdek, poytaxt va viloyatlarda tashkillashtirilayotgan forum va festivallar alohida mehr bilan, reportyorlar stendaplari bilan yoritiladi.
“Uzreport” telekanali raxbariyati information dasturlarda xabarlar yetkazishda Ў’zgacha uslubdan foydalanamiz deb hisoblashsaga, lavhalar matni boshda kanallardagi axboriy lavhalardan unchalik ham farq qilmaydi ya’ni asosan tadbirlar yoritiladi va tashkilot matbuot xizmati hodimlari tomonidan tayyorlangan press-reliz asosiy manbaa qilib olinadi. Horij va sport xabarlari ( tarjima qilish orqali) batafsilroq yoritilishi bilan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |