Xalqaro islom akademiyasi



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana18.07.2022
Hajmi0,64 Mb.
#824390
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi. Abdusamatova Gulnozaxon1

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


21 
II BOB. O‘ZBEKISTONNING TASHQI SIYOSATIDA XALQARO 
IQTISODIY MUNOSABATLAR
Mamlakatlar rivoji darajasini belgilovchi ko‘rsatkichlar. Iqtisodiy jarayonlarni, mamlakatlarning rivojlanish 
darajasi va o‘zaro murakkab xo‘jalik aloqalarini taxlil etishda xalqaro tajribada qabul qilingan milliy hisoblar 
tizimidan foydalaniladi. Bu makro darajada iqtisodiyot rivojiga oid bo‘lgan va o‘zaro bog‘langan ko‘rsatkichlar 
tizimidir. Milliy hisoblar tizimining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat: Yalpi ichki mahsulot (YAIM) - bu 
ko‘rsatkich ma’lum davlat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarshshg ma’lum davrda yaratgan pirovard 
mahsulotlari va xizmatlarining umumiy xajmini aks ettiradi. Ushbu yakuniy mahsulotni hisoblashda xom ashyo, yarim 
mahsulotlar, boshqa moddalar, yoqilg‘i, elektr quvvati hamda ularni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa 
xizmat turlari (qayta hisob bo‘lmasligining oldini olish uchun) chegirib tashlanadi. Ayni paytda ba’zi mamlakatlarda 
(AQSH va h.k.) yalpi milliy mahsulot (YAMM) ko‘rsatkichidan foydalaniladiki, u YAIMdan farqli o‘laroq qaysi 
mamlakatda yaratilganligidan qat’iy nazar shu millat (mamlakat)ning korporatsiyalari, xususiy shaxslari nazoratida 
bo‘lgan ishlab chiqarish hajmini aks ettiradi. YAMMni aniqlash uchun shu mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan chet 
elliklarning daromadlari (chet el korporatsiyalarining foydalari hamda chet ellik ishchi-xizmatchilarning ish haqlari) 
YAIMdan chegirib tashlanadi, shu mamlakat korporatsiyalari, fuqarolari xorijda ishlab topgan daromadlari qo‘shiladi.
YAIM bilan YAMM ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi tafovut odatda miqdor jihatidan unchalik ko‘p bo‘lmaydi, nari 
borsa qariyb 1% ni tashkil etadi. Shuni e’tiborga olish lozimki, YAIM ko‘rsatkichi milliy hisoblar tizimi asosida 
ishlab chiqiladi. Bu tizim mehnat faoliyatining barcha turlarida mehnat unumli mohiyatga ega, degan qoidaga 
asoslangan (qiymat yaratilishi nuqtai nazaridan). Milliy daromad (MD) ko‘rsatkichi quyidagicha belgilanadi: YAIM 
minus amortizatsiya (shunda sof YAIM hosil bo‘ladi), minus bilvosita soliqlar va plus subsidiyalar. Soliqlar mahsulot 
va xizmatlarning bozor narxlariga tirqaladi. Subsidiyalar narxlarga teskari ta’sir qiladi - bu narxlar ana shu 
subsidiyalar miqdorida pasayadi. MD ko‘rsatkichi ishlab chiqarilgan milliy mahsulot ko‘rsatkichiga deyarli to‘g‘ri 
keladi. Milliy mahsulotning o‘sish sur’ati uzoq muddat nuqtai nazaridan YAIMga deyarli to‘la ravishda muvofiq 
keladi, shuning uchun ham adabiyotlarda asosan YAIM ko‘rsatkichidan foydalaniladi. 
Turli mamlakatlardagi ishlab chiqarish omillari, taraqqiyot darajasining xilma-xilligi iqtisodiy rivojlanish 
darajasini biron-bir yagona ko‘rsatkich orqali baholashga imkon bermaydi. Buning uchun bir qator asosiy 
ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:
1. Yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot yoki milliy daromadning aholi jon boshiga hisobi.
2. Milliy iqtisod tarmoqlari tarkibi.
3. Aholi jon boshiga hisoblaganda asosiy mahsulot turlarini ishlab chiqarish (ushbu tarmoqlarning rivojlanish 
darajasi). 
4. Aholining turmush darajasi va uning sifati.
5. Iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari. Iqtisodiy taraqqiyot darajasini tahlil etishda YAIM, YAMMning 
aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan ko‘rsatkichlari bosh mezon hisoblanadi. Rivojlangan va rivojlanayotgan 
mamlakatlarni aniqlash bo‘yicha xalqaro toifalashda ana shu ko‘rsatkichlar asos qilib olingan. Jumladan, XX asrning 


22 
80-yillari oxiri - 90-yillarning boshlarida yalpi ichki mahsulot aholi jon boshiga hisoblaganda, bir yilda 8 ming 
dollarni va undan ko‘proqni tashkil etuvchi davlatlar rivojlangan mamlakatlar toifasidan joy olgan. Ayrim 
rivojlanayotgan mamlakatlarda (Saudiya Arabistonida) aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIM rivojlangan 
mamlakatlar singari yuqori darajani tashkil etadi, biroq boshqa ko‘rsatkichlar (iqtisodning tarmoqlar tuzilmasi, aholi 
jon boshiga hisoblaganda asosiy mahsulot turlarini ishlab chiqarish va hokazolar) yig‘indisiga ko‘ra bu mamlakatlarni 
rivojlangan mamlakatlar toifasiga qo‘shib bo‘lmaydr. Xalqaro tajribada keng qo‘llaniladigan boshqa bir ko‘rsatkich 
ham bor - bu milliy iqtisod tarmoqlari tarkibidir. Uni aniqlashda tarmoqlar bo‘yicha hisob-kitob qilingan YAIM 
ko‘rsatkichi asos qilib olinadi. Bu o‘rinda avvalo xalq xo‘jaligining moddiy, nomoddiy tarmoqlari o‘rtasidagi nisbat 
e’tiborlidir. Bu nisbat avvalo qayta ishlash sanoati mamlakat iqtisodiyotida qanchalik salmoqli o‘rin tutganligiga qarab 
belgilanadi. Alohida tarmoqdor tuzilmasini tahlil qilish ham muhim ahamiyatga ega. Chunonchi, qayta ishlash 
sanoatining tarmoq tahlili, unda mashinasozlik va kimyo, ya’ni fan-texnika taraqqiyotini ta’minlovchi tarmoqlar 
qanchalik salmoqqa ega ekanligini ko‘rsatib beradi. Yetakchi tarmoqlarning ahamiyati katta.
Masalan, sanoati rivojlangan mamlakatlarda mashinasozlik tarmoqlari va ishlab chiqarishlarining soni 150-
200 va undan ham ko‘proq bo‘lsa, iqtisodiy rivojlanish darajasi nisbatan past bo‘lgan mamlakatlarda bu raqam atigi 
10-15 ni tashkil etadi. Yirik xo‘jalik majmualari yoqilg‘i-energetika, agrosanoat, qurilish, harbiy sanoat va 
boshqalarning tutgan salmog‘i ham tahlil qilinadi. Milliy iqtisodiyot rivojida bosh omil hisoblanuvchi ba’zi asosiy 
mahsulot turlarini ishlab chiqarishga doir ko‘rsatkichlar ham mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasidan dalolat 
beradi; ular mazkur mamlakat ana shu asosiy mahsulot turlariga bo‘lgan o‘z ehtiyojini qay darajada qoplay olishi 
mumkinligini ko‘rsatadi. Bu ko‘rsatkichlar qatorida eng avvalo aholi jon boshiga elektr quvvati ishlab chiqarish qay 
darajada ekanligi e’tiborga olinadi. Elektr-energetika sohasi barcha ishlab chiqarish turlarining rivojida tagzamin 
hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich texnika taraqqiyoti imkoniyatlaridan, xizmat ko‘rsatish saviyasi va hokazolardan dalolat 
beradi. Rivojlangan, sust rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha nisbat hozirgi paytda 500:1, 
ba’zi hollarda esa undan ham ko‘proqni tashkil etadi. Statistika aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat 
mahsulotlarining eng muhim turlari ichida po‘lat eritish hamda prokat, ma’dan qirquvchi dastgoxlar, avtomobillar, 
mineral o‘g‘itlar, kimyoviy tolalar, qog‘oz va qator boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini ham alohida 
e’tiborga oladi. 
Mamlakatda iste’mol mahsulotlarining asosiy turlari: don, sut, go‘sht, shakar, kartoshka kabilarni ishlab 
chiqarish aholi jon boshi hisobiga qanchadan to‘g‘ri kelishi ham boshqa bir muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Ana shu 
ko‘rsatkich BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik tashkiloti - FAO yoki milliy institutlar tomonidan ishlab 
chiqilgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish o‘lchovlari bilan qiyoslab ko‘rilganda, o‘z mamlakatida 
ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan aholi qay darajada ta’minlanayotganligi, iste’moldagi oziq-ovqatning 
sifati va boshqalar ma’lum bo‘ladi. Nooziq-ovqat mahsulotlar: gazlama, kiyim-kechak, poyafzal, trikotaj kabilarni 
aholi jon boshiga ishlab chiqarish ko‘rsatkichi ham turmush darajasidan dalolat beradi.
Uzoq muddatli foydalaniladigan qator mahsulotlar: muzlatgich, kir yuvish mashinalari, yengil avtomobillar, 
videojihozlar, shaxsiy kompyuterlar va hokazolarning mavjud mikdori (yoxud mamlakatda ishlab chiqarish hajmi) 
aholining har 1000 nafariga yoxud o‘rtacha statistik oilaga qanchadan to‘g‘ri kelishiga doir ko‘rsatkich ham shularga 
kiradi. Aholi turmush darajasini aniqlash, odatda, bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan ko‘rsatkichlar: "iste’mol savati" 


23 
(korzina) va "hayot kechirish minimumi" ni belgilash orqali davom ettiriladi. Turmush darajasini aniqlashda quyidagi 
ko‘rsatkichlardan ham foydalaniladi: - mehnat resurslarining ahvoli (o‘rtacha umr ko‘rish, aholining ma’lumot 
darajasi, asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining aholi jon boshiga iste’moli, kaloriyalar, protein hisobiga qancha ekanligi, 
mehnat resurslarining malaka darajasi, har 10 ming aholiga qancha o‘quvchi va talaba to‘g‘ri kelishi, YAIMda ta’lim 
uchun xarajatlar salmog‘i); - xizmat ko‘rsatish sohasining rivoji (har 10 ming aholiga to‘g‘ri keladigan vrachlar soni, 
har 1 ming aholiga to‘g‘ri keladigan kasalxona o‘rinlari soni, aholining uy-joy, maishiy xizmat turlari qay darajada 
ta’minlanganliga va hokazo). Keyingi yillarda jahon tajribasida turmush sifatini aniqlashda mamlakat ijtimoiy 
taraqqiyotiga doir ko‘rsatkichlar (yoki indekslar)dan foydalanilmoqdaki, bular aholining ma’lumot darajasi, o‘rtacha 
qancha umr ko‘rishi, ish haftasining muddati va qator boshqa narsalarni o‘z ichiga olgan ko‘pgina iqtisodiy-ijtimoiy 
ko‘rsatkichlarni jamlab oladi. Iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari guruhi iqtisodiy taraqqiyot darajasini juda aniq 
belgilab beradi, nega deganda u bevosita yoki bilvosita - mamlakatda asosiy va aylanma kapitaldan, mehnat 
resurslaridan foydalanish sifati, holati, darajasidan dalolat beradi. Samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari 
quyidagilardan iborat: 1) Mehnat unumdorligi (sanoat, qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish tarmoqlari va turlari 
bo‘yicha); 2) YAIM birligiga yoki aniq bir mahsulot turiga qancha kapital sarflanishi; 3) asosiy fondlar qaytimi 
koeffitsiyenti; 4) YAIM birligiga yoki aniq bir mahsulot turlariga qancha xom ashyo sarflanadi. Mamlakatning 
iqtisodiy taraqqiyot darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning tashqi iqtisodiy aloqalari shunchalik faol va xilma-xil 
bo‘ladi. Demak, mamlakatning xalqaro iqtisodiy aloqalardagi ishtiroki ham qisman uning iqtisodiy taraqqiyoti 
darajasidan dalolat beradi.
Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi bu yerdan chetga olib chiqilayottan kapital (kapitallarning xalqaro 
harakati)ga oid quyidagi ko‘rsatkichlarda aks etadi:
1. Ushbu mamlakatning chet ellardagi bevosita investitsiyalari (aktivlari) hajmida, uning mamlakat milliy 
boyligi bilan nisbatida. Odatda yuksak iqtisodiy rivojlanish darajasiga erishgan mamlakat o‘zga mamlakatlar 
iqtisodiyotiga kapital kirgizishda katta imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
2. Ushbu mamlakatning chet ellardagi bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) investitsiyalari hajmining o‘z 
hududlaridagi bevosita chet el investiiiyalari hajmiga nisbati. Bu nisbat xalqaro integratsiya jarayonlari qanchalik 
rivojlanib borayotganligini ko‘rsatadi, kapital investitsiya qilingan mamlakatlarning milliy iqtisodiyoti nechog‘lik
Bozor iqtisodiga asoslangan - rivojlangan mamlakatlar, rivojlanayotgan mamlakatlar va bozor iqtisodiga 
o‘tish bosqichidagi mamlakatlar. Bozor iqtisodiga asoslangan - rivojlangan mamlakatlar guruhi 27 mamlakatdan 
iborat. Bu guruh tahlil maqsadlarida o‘z navbatida sanoati eng ko‘p rivojlangan mamlakatlarga bo‘linib, ushbu toifaga 
ular ichida eng ko‘p miqdorda yalpi ichki mahsulot (YAIM) ishlab chiqaruvchi yetti mamlakat kiradi (Iqtisodi o‘tish 
davriga xos mamlakatlar ruhiga Sharqiy Yevropa mamlakatlari, ya’ni Albaniya, Bolgariya, Vengriya, Polsha, 
Ruminiya, Chexiya, Slovakiya hamda Ittifoq barham topgandan keyin yuzaga kelgan yangi davlatlar: Rossiya, 
Ukraina, Belarusiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Armaniston, Moldaviya, 
Ozarbayjon, Gruziya, Boltiqbo‘yi mamlakatlari - Latviya, Litva va Estoniya, shuningdek, Yugoslaviya bo‘linib 
ketgandan so‘ng paydo bo‘lgan yangi mamlakatlar hamda Xitoy va Vyetnam kiradi. Rivojlanayotgan mamlakatlar 
o‘zlarining jug‘rofiy holatiga qarab turli mintaqalarga bo‘linadi. Tahlil maqsadlarida bu mamlakatlar faol to‘lov 
balansi, kapitalni eksport qilish imkoniyatlariga qarab alohida ajratib ko‘rsatiladi.


24 

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish