I Bob Jahon iqtisodiyotida Xalqaro Valyuta Fondining o’rni va ahamiyati
1.1 XVFning tashkil etilishi: zaruriyati va shart-sharoitlari
Rivojlangan xalqaro valyuta-moliya tizimi bir necha bosqichlardan iborat. Bu rivojlanishning muhim tarixiy davri sifatida Bretton-Vud kelishuvi (1944 yil) qaysiki kredit-moliya hamda valyuta munosabatlarini boshqarishda xalqaro-huquqiy asoslarini yaratishda muhim rol o’ynabgina qolmay,ushbu bir biriga bog’liq bo’lgan sohalarda xalqaro boshqaruv mexanizmining yangi bosqichni yaratilishini boshlab berdi
Ikkinchi Jahon Urushining yakunlanishi o’laroq Jahon bozor bilan milliy iqtisodiyotlar o’rtasida yaqin bog’liqlik mavjudligi aniqlandi. Ushbu urushning katostrofik oqibatlari sifatida yevropa regional bozorining izdan chiqishi, shu o’laroq davlatlararo iqtisodiy hamkorlikni sekinlashuvi yoki umuman to’xtatilishiga olib keldi. Shu sababli Iqtisodiy munosabatlarni xalqaro boshqaruvining o’ziga xos, universal shaklini yaratishga ehtiyoj sezildi. Shunday mexanizmlardan biri sifatida Xalqaro Valyuta Fondi tashkil ettildi.
30-yillarda Jahon iqtisodiyotini o’z domiga tortgan Buyuk depressiya paytida XVF singari tashkilotning yaqqol zaruriyati paydo bo’ldi. Ushbu davrda dunyo xalqaro moliya va pul bozoridagi inqirozdan aziyat chekdi. Qog’oz pullarga bo’lgan ishonchsizlik oltinga bo’lgan talabni keskin oshirdi. Bir necha davlatlar oltin standartidan voz kechishga majbur bo’lishdi. Endilikda oltinga nisbatan aniq belgilangan narxning mavjud emasligi, pulning qiymatiga bo’lgan ishonchsizlik oshishiga, buning oqibatida oltin standartidan voz kechgan davlatlar va amalda undan foydalanayotgan davlatlar o’rtasida valyuta almashinuvini juda ham qiyinlashdi. Davlatlar oltin va valyutani jamg’ara boshlashdi, buning natijasida ular pul operasiyalrini hajmi va chastotasini qisqartirdilar. Pul va Tovar qiymati o’rtasidagi tafovut buzildi. Ushbu sharoitda Jahon Iqtisodiyotida iqtisodiy tushkunlik holati ro’y bera boshladi. 1929-yildan 1932-yilgacha Tovar narxi Jahonda 48%ga tushdi, xalqaro savdo hajmi esa 63%ga qisqardi. Ushbu nohush holat Ikkinchi jahon urushinig boshlanishigacha davom etdi.2
40-yillarnig boshida Amerikalik olim G.D.Uayt va mashhur ingliz iqtisodchisi D. M. Keynslar bir paytning o’zida Xalqaro Valyuta tizimi ustidan nazorat olib boradigan xalqaro milliy tashkilotni doimiy asnoda yaratishni taklif bilan qilishdi.Bu tashkilot valyuta almashinuvini aniq va odnoznachniy qiymatini har bir valyutaga nisbat o’rnatgan holda hech bir cheklovlarsiz almashinuvni ta’minlashi kerak edi. 1943-yilning oxirida urush taqdiri hal bo’lgan bir paytda, yangi valyuta tizimi va tashkilotini yaratishning kelishuv jarayoni yanada keskin tus oldi.XVFni tashkil etishda tashabus ko’rsatgan AQSh, Buyuk Britaniya va Kanada kabi davlatlarning ko’p tamonlama kelishuvlar natijasida uning faoliyatining asosiy prinsiplari ishlab chiqildi. Faqatgina xalqaro valyuta tizimini nazorat qilibgina qolmay, ushbu tashkilot yaxshi rivojlanmagan davlatlarga moliyaviy yordam berishi nazarda tutilgan edi.3
1943-yilning dekabrida, XVFning asosiy faoliyatining prinsiplarini yaratishning kelishuv jarayoniga SSSR ham qo’shildi. Sovet hukumati shu singari tashkilotning tuzilishi urushdan so’ng tannazzulga uchragan davlatlarning iqtisodiyotini qayta tiklashga yordam beradi deb hisoblashgan.Keyinchachilik ma’lum sabablarga ko’ra Sovet hukumati ushbu tashabusdan voz kechadi. Nihoyat, Kelishuv jarayoni Birlashgan millatlar tashkilotining 1944-yilning 1-iyulidan 22-iyuligacha Bretton-Vuds shahrida o’tqazilgan xalqaro-valyuta konferensiyasida o’zining nihoyasiga yetdi. Ushbu konferensiyada 44 ta davlatdan nomzodlar ishtirok etib, unda XVFi haqida Kelishuv moddasi va uning ustavlarini bajaradigan‘’investitsion filiali’’ bo’lmish Tiklanish va Taraqiyot Jahon Banki tasis etilib, konferensiyada‘’Halqiluvchi akt’’i qabul qilindi.
1945-yilning 25-dekabrida XVF va TTJB haqida Kelishuvni 29ta davlat tomonidan ratifikatsiyasi qilinganidan so’ng u rasman kuchga kirdi.4
Hozirgi kunda XVFga a’zo davlatlar 188 tani tashkil qiladi. Tashqi siyosatiga ega va XVFni ustaviga asoslanib, uning majburiyat va qonunlarini qabul qilgan har qaysi davlat XVFga a’zo bo’lshi mumkin.
A’zo davlatlar har qanday vaqtda XVFning a’zoligidan chiqishlari mumkin.
XVF- a’zo davlatlar o’rtasida valyuta-kredit munosabatlarini boshqarish hamda ularga valyuta qiyinchiligi, kamomadi davrida ya’ni to’lov balansining defitsiti holatida qisqa va o’rta muddatli kreditlarni xalqaro valyutada ajratish uchun xizmat qiladigan tashkilot hisoblanadi. Fond BMTning maxsus bo’limi bo’lib- xalqaro valyuta tizimida institutsional asos sifatida faoliyat yuritadi.
XVFga a’zo davlatlar har qanday ko’rinishdagi kurs rejimini ( faqatgina oltinga nisbatan bog’lanishdan tashqari) tanlash huquqiga ega: Ayrim davlatlar erkin suzib yuruvchi kurs rejim ma’qul ko’rishsa, boshqalar o’zining valyutasini boshqa bir davlat valyutasiga bog’lashni yoqlasalar, uchinchi guruh davlatlari esa boshqa bir davlat valyutasini o’zinig valyutasi sifatida qabul qilishlari ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |