Rezerv ulushidan yuqori darajadagi kreditlar, kredit ulushi chegarasi miqdorida faqat Fond tomonidan ishlab chiqilgan barqarorlashtirish tadbirlarini o'tkazish sharti bilan beriladi. Bir yillik kredit hajmi 1984 yildan boshlab 100-125% kvota hajmida belgilangan.
Rezerv ulushidan yuqori darajadagi kreditlar - «rezerv kreditlar haqidagi kelishuvi» yoki «stand-by kelishuvi» va kreditlarni kengaytirish haqidagi kelishuv kiradi. XVFga a'zo davlatlar XVF tomonidan kelishilgan shartnoma asosida milliy pullari chegarasi miqdorida chet el valyutasini shartnoma amal qilish muddati ichida xohlagan vaqtda olishlari kafolatlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |